Тасдиқлаш
Ўзбек -қўнғирот элида ўсган Алпомиш ва Ойбарчинларнинг танглайи чанқовуз билан кўтарилган чоғи уни қўлига олганнинг бари чанқовузнинг тилини ўзининг тилидай сайратиб, дилларни сел қилиб юборади. Чанқовузда бир нағма қиладики, чалаётган ижрочидан бир сўз тинглагандай бўласан. Бир қарашда оддий туюлган темирнинг тилида гўёки инсоннинг қалб кечинмалари сирли равишда фош бўлгандай бўлади. Чанқовузни «бю-бю»лаб ён атрофга шунчаки оҳанг таратмаётганини қачонки бутун вужудинг қулоққа айланганида, қалбингнинг туб-тубида яшнаб ётган меҳринг кўзларингга балққанидагина янада кучлироқ ҳис этишинг мумкин. Юрагингнинг тўрида яшириб юрган, жавобсизликдан азоб чекаётган саволлар чанқовуз жўрлигида ерга қадалган киприкларинг остида ўз ечимини топаверади. Чанқовузнинг мунгли куйи кишининг бутун руҳиятига сингиб, ундаги бор ёмон иллатларни тор-мор қилиб юборади.
11- 12- may kunlari O'zbekiston amaliy san'at muzeyida «Chanqovuz sadosi» musiqa festivali o'tkazildi. Tadbir O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «Terra Termiz» ijodiy-etnografik internet hamjamiyati, Toshkent Fotosuratlar uyi, «ZiyoNET» jamoat ta'limi axborot tarmog'i kabi tashkilotlar tomonidan uyushtirildi.
11 май. «Чанқовуз» куни.
Ma'naviy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar davomida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy taqyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga hos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.
Энтикиб кетасиз. Минг йиллар ўтиб кетгандай туюлдиёв, сиз ҳам шу уйга келин бўлиб тушган эдингиз. Энди эса келин тушаётир. Ота уйингизга сизни олиб кетгани борган куёв жўраларнинг ёр-ёрлари, чилдирма жаранги, ёшгина қизалоқларнинг елдай учишларини эслайсиз. Ота-она ризолигини олиб, бир қадам жойга ҳам бир умрга кетаётгандай дугоналарингиз билан йиғлаб хайрлашганларингиз… Аслида ҳам амма-ю, хола, туғишганларингиз дуолари ижобат бўлиб, борган жойингизда туб бойлаб, палак ёздингиз. Яхши ниятлар билан элнинг тўйларида бел боғлаб хизмат қилдингиз, дардига шерик бўлдингиз. Вақти соати етибдики, дастурхон ёзиб, топганингизни тўйга яратаётирсиз. Дарвоза олдида карнай-сурнай овози, қувноқ чеҳралар, кулгулар...
Одамлардан гоҳида эшитиб қоласан: «Яна қизли бўлибди-я…» Бу қувонч билан эмас, маъюслик билан, ҳатто ачиниш билан айтилгандай туюлади. Шунда онамнинг сўзлари эсимга тушиб кетади: «Қиз — бир сиқим туз, деганлар бекорларни айтишибди! Шу қиз — бир сиқим тузни кўчага чиқиб сўра-чи, бекордан-бекор ким бераркан!… Шукур қилиш керак, шукур!»
Раҳматли энам — қайнонам «Бек боласини бешик асрайди» деган гапни кўп ва хўб айтардилар. Бу гапнинг мағзи бизнинг олис-олис тарихимизга, ундаги ҳамиша барҳаёт урф-одатларимизга, асрлар синовидан тобланиб ўтаётган қадриятларимизга бориб тақалади. Азалдан серфарзанд халқимизнинг ҳар бир уйида бешик муқаддас ҳисобланади. Шу биргина бешик оилада нечта фарзанд бўлса, ўша оиладаги меҳр-муҳаббатнинг янада мустаҳкамланишига асосдир. Бундан ташқари, бешик тўғри келган дарахтдан эмас, балки, инсон руҳан ва жисмонан соғлом ўсиши учун фойдали дарахтлардан ясалади.
Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri bu kiyinish odatidir. Kimning qanday kiyinganligiga qarab, uning did-farosati, moddiy va ma'naviy darajasini hatto kasbini aniqlab olish mumkin. Insoniyat ongida boshqalardan istihola qilish, uyalish, andisha tushunchalari paydo bo'lgandan boshlab ular kiyinishni odat qilishgan.
Biz qadimda ajdodlarimiz ham bizlarning yoshimizda turli-tuman bayramlar, marosimlar o'tkazganliklarini yaxshi bilamiz. Albatta bu bayramlar mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan. Ma'lumki, bahor uyg'onish fasli, tabiatning yangilanishi, gulchechaklarning dunyo yuzini qayta ko'rishi davri. Qadimda bolalar avvalo boychechak, so'ng binafsha, qoqigul, tolbargak ochilib, yaproq yozishini bayram qilishgan.
O'zbekiston agrar-industrial davlat bo'lgani uchun aholi dehqonchilik bilan shug'ullanadi. Aholi dehqonchilik bilan shug'ullangani uchun xalq orasida dehqonchilik haqida aqlan va jismonan xordiq chiqaradigan sayllar, bayramlar paydo bo'ladi. Bu bayramlar yillar o'tib anana va urf-odatga aylanadi. «Qovun sayli» ham azaldan nishonlanib kelinayotgan sayldir. Bu sayl yozning iyul oyida qovun pishgan vaqda nishonlanadi.
Hovli to'yida qishloqdoshlarning, qarindosh-urug'larning katta hashari bilan qurilgan yangi imoratga ko'chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to'y qilingan. Bu to'y ham ko'proq kuz yo qishda o'tkazilgan. Hovli to'y munosabati bilan yanada shinam, ko'rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to'yidan keyingina yangi imorat o'zlashtirilgan, unda yashashga o'rganilgan, kirishilgan. Bu to'y ham nikoh to'yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo'rg'on sanalgan. To'ylarning har qishloqda katta-kichikni yaxshi taniydigan kayvonisi, qo'li engil sartarosh-ustasi, qo'li shirin oshpazi, epchil dasturxonchisibo'lganidek, alohida aytimchi-jarchisi ham albatta bo'lgan. Bu aytimchi-jarchilar zamoniga, joyiga, qishloqlar xududining katta-kichikligiga qarab, piyoda, otda, eshakda, velosiped, motosikl yoki mashinada o'qtin-o'qtin to'xtab, jar solganlar.
Aza marosimi islom dinida biror kishi vafot etganidan so'ng bo'ladigan marosimdir. Bu marosimda vafot etgan odam uchun «Janoza» namozi o'qiladi. Bu namoz hamma musilmonlarga ham o'qilaverilmaydi. Chunki biror kishi o'zini-o'zi o'ldirgan bo'lsa yoki boshqa bir din qabul qilgan bo'lsa unga «Janoza» namozi o'qilmaydi. «Janoza» namozi hamma musilmon odam uchun ulug' farzdir.
Hayitlar qadimiy diniy bayram bo'lib, ularning tarkibiga kirgan ko'pgina marosimlar islomdan oldin ham xalq taomilida bo'lgan. Islom ularni omuxtalab, o'z qonunlarini qo'shib, hayit-bayramlarining umrini uzaytirgan. Hayitning ikki xili mavjud bo'lib, xalqimiz bu bayramlarga azaldan amal qilib keladi. Birinchisi-Qurbon hayiti,Katta hayit deb ataladi. Uning oldidan ikki kun qolganda, arafa kunlari nishonlanadi. Yolg'on arafa, 1 kun qolganda chin arafa, uchinchi kuni esa Hayit bayram qilinadi. Yolg'on va chin arafa kunlari har bir xonadonda is chiqarilib, chalpak, bo'girsoq, talqon, palov qilinadi. Qo'shnilar bir-birlarini Hayit bilan muborakbod etib, xonadonlarga pishiriqlar chiqaradilar. Bolalar va o'smirlar chopqillab yaqin-uzoq xonadon, qarindosh-urug'larni yo'qlashga borib keladilar.
Navro'z Sharq xalqlari orasidab bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Ko'p asrlar davomida makedoniyalik Aliksandr, arablar, mo'g'ullar kabi bir qancha bosqinchi qo'shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami Navro'zni yo'q qilib, halok qilib yuborishga harakat qiladilar. Ammo Navro'z barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi. U tabiatning o'zidan kelib chiqqan, kuni tun tenglashgandan so'ng, endi kunlarnin uzayishi, uzluksiz mehnat arafasidagi bayramdir. Uzoq qishdan so'ng ko'kda quyoshning yuz ko'rsatishi, qirda maysa-giyohlarning nish urib chiqishixalqimiz uchun haqiqiy shodiyonaga aylangan. Nega deganda, o'tgan yilgi yig'ilgan g'alla ham, oziq-ovqatlar ham sob bo'lay degan, ilikuzdi paytlarda yana Ona Tabiatning o'zi mehr-muruvvat ko'rsatib, yorug' kunlardan darak bergan. Shu kunlargacha eso-omon etib kelishgan qariyalarning ham tomirlarida qaytadan g'ayrat jo'sh urgan. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas.
O'zbek milliy libosiga ayollar uchun-zar cho'pon, doppi va atlas, erkaklar uchun-do'ppi, cho'pon, belbog' va yaxtak kiradi. O'zbek milliy libosi jahonda o'z o'rniga ega. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mexmonlar O'zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta baxo berishyapti. O'zbek milliy libosi va madaniyati o'zgacha jozibadordir. Milliy libosimiz Sovet ittifoqi davrida kasitilgan bo'lsada mustaqillikdan so'ng libosimizga e'tibor kuchaydi va yuksaldi. Hozirda o'zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o'zbek libosini o'ziga hos jihatlarini namoyon qilishmoqda. O'zbekistonga maxmon bo'lib kelgan sayohatchilar vatanimizni tarixiy obidalarini, memorchilik san'atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e'tibor beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro'zni, hosil bayramini va o'zbekona to'ylarni guvohi bo'ladilar. Estalik sifatida atlas, do'ppi, belbog', cho'pon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg'alarini olib ketadilar.
Ertalabki osh marosimi to’y (sunnat to’yi yoki nikoh to’yi) va aza ma’rakasida (o’limidan keyin 20 kun hamda bir yildan keyin) o’tkaziladi. To’yni o’tkazuvchilar ertalabki oshning kuni va vaqtini avvaldan mahalla yoki kvartal qo’mitasining jamoatchiligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. Shu kunga qarindoshlar. qo’shnilar va tanishlariga taklifnomalar yuboriladi. Bir kun oldin kechqurun «sabzi to’g’rash» marosimi o’tkaziladi, unga odatda qo’shniar va yaqin qarindoshlar keladilar. Sabzi to’g’rab bo’linganidan keyin barcha ishtirokchilar dasturxonga taklif etiladi. Odatda sabzi to’g’rashga artistlar ham chaqiriladi. Ovqatlanish paytida oqsoqollar kelganlar o’rtiasida ishlarni taqsimlaydilar. Ertalabki osh bomdod namoziningtugashi paytigacha tayyor bo’lishi lozim, chunki namozdan chiqqan kishilar birinchi mehmonlar bo’ladi.
Nikoh marosimi an’anaviy tarzda o’zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’oladi va ayniqsa tantanali nishonlanadi. Umumiy xususiyatlari bo’la turib, u turli viloyatlarda o’zgacha tusda bayram qilinadi. Nikoh marosimining asosiy payti kelinning ota-onasining uyidan kuyovning uyiga o’tishi paytidir. To’y kuni kuyovnikida to’y oshi (palov) tayyorlanadi va kelinnikiga yuboriladi, u yerda u dasturxonga tortiladi. Xuddi shunday osh kuyovning uyida ham o’tkaziladi. To’y kuni masjidning imomi ikki yoshga «Xutbai nikoh» ni o’qiydi, shundan so’ng ular xudo oldida er-xotin deb e’lon qilinadi. Imom yoshlarga er va xotinning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.