Рейтинг
+94.30
Овозлар сони:
7
avatar

Шоҳ ва шоир  

Мендек вафодор топилмас


Сендек менга бир ёри жафокор топилмас,
Мендек сенга бир зори вафодор топилмас.

Бу шаклу шамойил била худ ҳуру парий сен
Ким, жинси башар ичра бу миқдор топилмас.

Ағёр кўз оллидаку ул ёр аён йўқ,
Ғамхоре кўнгул ичраю ғамхор топилмас.

Эй гул, мени зор этмаки, ҳуснунг чаманида
Кўзни юмуб очқунча бу гулзор топилмас.

Бобур, сени чун ёр деди, ёрлиғ этгил,
Оламда кишига йўқ эса ёр топилмас.

Мирзо Бобур ҳазрат Навоийнинг ҳовлисида яшаган...



Жангу жадаллар ичида юрган ёш ҳукмдор Ҳиротдан келган мактубни ҳаяжонланиб, севиниб қўлига олди. Ушбу мактубни Самарқандга Навоий ҳазратлари ёзиб юборган эдилар, унда буюк шоирнинг Бобур Мирзога билдирган тилаклари акс этганди...
Заҳириддин Бобур бу муборак номани Мовароуннаҳрда кечаётган курашларда Самарқандни қўлга олган кунлари олар экан, севинчи ичига сиғмасди. Боиси, у ҳам эндигина шеърлар ёза бошлаган, гоҳида тахт учун курашлар билан бўлиб, ижод нечанчидир даражага тушиб қоларди. Ана шундай дамларда Бобур фақат сўзнинг боқийлигини ҳис этиб, ҳазрат Навоийнинг давлат амалдорлигидан бежиз истеъфога чиқмаганликларини англагандек бўлди. Бироқ тақдир ёзиғи уни Андижондан Самарқанд тахтига бошлаб келган, бу йўлда кўп қурбонликлар берилганди. Қолаверса, иккинчи бор Самарқандни қўлга киритиб турибди...


( Давомини ўқиш )

Shoh Bobur

Buncha uzun oh tordingiz, oh Bobur,
Muttahamlar dunyosida shoh Bobur.

Andijonu Hindu – yetti iqlimda
Topilmadi Sizga bir dodxoh, Bobur.

Ollohimning dargohlari keng, lekin
Sig’dirmadi Sizni bu dargoh, Bobur.

Kecha uzun, manzil olis, yo’l uzoq,
Sizga faqat yolg’iz oy hamroh, Bobur.

Nonko’r beklar, beoqibat mirzolar,
Kimlar Sizga qazmadilar choh, Bobur

G’urbat bo’ldi oxir toju taxtingiz,
Podshohlar ham yig’larkan-da, voh Bobur!

( Давомини ўқиш )

«...Даҳр аро қолди фалондин яхшилиғ»

Бобурхонлик

Жаҳон  маданияти тарихида бетакрор сиймо сифатида ўчмас ном қолдирган Заҳириддин Муҳаммад Бобур нисбатан қисқа умр кўрди. Ундан «Бобурнома», лирик шеърлар — ғазаллар, рубоий, туюқ ва маснавийлар мерос бўлиб қолди. «Бобурнома» — Бобур ижодининг кўрки.

Бунда Бобурнинг қадами етган эл-юртлар тарихи, географияси, наботот ва ҳайвонот олами, об-ҳавоси, маданий муҳит ва турли тоифа инсонлар тавсифи мужассам. «Бобурнома» — чархнинг «жавру жафо»лари,  шоир кўнглига етказган «дарду бало»лари, тождорлигу «балойи таъна»лар  ифодаси.


Даврон мени ўткарди сару сомондин,
Ойирди мени бир йўла хонумондин,
Гаҳ бошима тож, гаҳ балойи таъна,
Неларки бошимға келмади даврондин.


( Давомини ўқиш )

Shoirlikda shoh, shohlikda shoir – Bobur!

      Bu mumtoz inson tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik siymolaridan biridir.
Dunyoi foniyga kelib, u nisbatan qisqa umr ko'rdi — bor yo'g'i qirq yetti yil hayot kechirdi. Lekin shu suronliumri mobaynida u jahon tarixidan shavkatli o'rin olib ulgurdi.  Umr yo'li boshdan oyoq taqdir imtihonlaridan iborat Z. M. Bobur o'n to'qqiz yoshida tug'ilgan diyorini mangu tark etib, yigirma besh yoshida Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh mamlakatlarining aksariyat qismlarini egallagan ulkan saltanatga asos soldi. Ilohiy qalami bilan u olamning tengsiz adabiy va ilmiy mo'jizalari: «Xatti Boburiy», «Boburnoma», «Mubayyin al-zakot», «Muxtasar», «Harb ishi», «Musiqa ilmi» kabi asar larini yaratishga musharraf bo'ldi.

( Давомини ўқиш )

Бобур - дилбар шахс

 «Одамзот борки, авлод-аждоди. Ватанининг тарихини билишни истайди»,-дейди Президентимиз Ислом Каримов. Мамлакатимиз истиқлолни кўлга киритган дастлабки даврданоқ миллий маънавиятимиз, миллий ўзлигимизни англашга кенг имконият очилди. Биз энди ўтмиш тарихимизни ҳолис ўрганиш ота-бобларимизнинг улуғ ишларидан фаҳрланиш ҳиссини туюшни зарурий вазифамиз этиб белгиладик. Бобур нафақат ўзбек адабиётининг балки жаҳон адабиётининг улуғ номояндаларидан биридир. У ўлмас асарлари билан жуда кўп халқларга манзур булиб, уларнинг мумтозсанъаткорлари қаторидан ўрин олди ва бадиий адабиёт тараққиётига самарали таъсир этди.


( Давомини ўқиш )

«Бобурнома»даги илм –фан, адабиёт ва санъат аҳлларининг асарда учраши

«Бобурнома»даги мовароуннахрлик маликалар ва шох қизлари: Эсон Давлатбегим (Бобурнинг бувиси, она томонидан), Қутлуғ Нигорхоним (Бобурнинг онаси, Юнусхоннинг қизи), Меҳринигорхоним (холаси), Хўб Нигорхоним (холаси), Фотима Султонбегим (Умаршайх мирзонинг хотини), Хонзодабегим (Бобурнинг опаси), Мехрбонубегим (Бобурнинг синглиси), Шахрбонубегим (Бобурнинг синглиси), Ёдгор Султонбегим (Умаршайх Мирзонинг қизи) ва бошқа бир қанча темурийзода маликалар уларнинг наслу насаби хакида маълумотларга дуч келамиз.

( Давомини ўқиш )

Яхши киши кўрмагай ёмонлиғ ҳаргиз



Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг 529 йиллик юбилейи


Заҳириддин Бобур Мирзо темурийлар салтанатининг давомчиси, бобурийлар сулоласининг асосчиси ҳисобланади. У шоҳ ва шоир, тарихчи олим, давлат арбоби, буюк саркарда.Унинг асарларида,  ғазал ва рубоийларида асосан муҳаббат, вафо, садоқат   ҳақида кўп куйланган.

Ҳар ким-ки вафо қилса вафо топқусидир,
Ҳар ким-ки жафо қилса жафо топқусидир
Яхши киши кўрмагай ёмонлиқ ҳаргиз,
Ҳар ким-ки ёмон бўлса жазо топқусидир.

( Давомини ўқиш )

Shoh va shoir Z.M. Boburning 529 yilligi...

Moziyga nazar tashlasak, bilimi, qalami, salohiyati bilan dunyolarni lol qoldirgan  ulug' ajdodlarimiz siymolari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Ularni har qancha ardoqlasak, e'zozlasak kam albatta. Bugun ana shunday buyuk allomalarimizdan biri — shoh va shoirlik jihatini bir ko'ngulga sig'dira olgan, bizga «Boburnoma»day ulkan meros yaratib qoldirgan bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning 529 yilligini keng nishonlamoqdamiz.

Ushbu qutlug' sanani eslab bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bir necha ma'lumotlarni keltirmoqchiman: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Ulug' o'zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To'liq devon tuzgani haqida ma'lumot bor. She'rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g'azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit'a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She'rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta'limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she'riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

( Давомини ўқиш )

Дунёвий муҳаббат куйчиси-Мирзо Бобур

Шоир ўзи яшаган даврда кенг ёйилган зоҳидлик таълимотига қарши чиқади. Бобир шеърларида зоҳидликка қарши кайфият очиқдан-очиқ, қатъий йўсинда баён этилгандир. Шоир реал дунёвий муҳаббат куйчиси, у зоҳиднинг нариги дунё ҳақидаги ваъдаларидан кўра, кундалик ҳаётнинг лаззатини афзал кўради.

Ислом таълимотининг асосий ўзакларидан бири «у дунё» жаннат ва дўзах тушунчалари билан боғлиқ. Ислом бу дунёни чин ва ҳақиқат сифатида тан олмайди, аксинча, у фоний — вақтинча, инсон эса унда меҳмон деб, асл дунё — «у дунё» деб тушунтиради.

( Давомини ўқиш )

Zahiriddin Muhammad Bobur: shoh va adib

Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug' shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo'ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin Muhammad Bobur ham o'z o'rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi.

Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san'atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko'pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina «Boburnoma» uning yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir.

Shoh Bobur

Bobur, birinchi navbatda, shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon tarixida eng uzoq yillar(332 yil) hukmronlik qilgan sulola bo'lib chiqar…

( Давомини ўқиш )

Bobur - buyuk shaharshunos olim

«Boburning Hindistonga kelishi tufayli Hindistonda buyuk o'zgarishlar sodir bo'ldi, me'morchilikda va madaniyatning boshqa sohalarida yangicha taraqqiyot yuz berdi.»
J.Neru


O'zbekiston boy tarixiy o'tmishga, o'zbek xalqi ulkan milliy merosga ega. Shubhasiz, ana shunday oltin merosimizdan biri o'zbek xalqining buyuk farzandi, bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur yaratgan shoh asar «Boburnoma»dir. «Boburnoma» tom ma'nodagi ensiklopedik asar. Uning originalligi shundaki, asarda muallif asosan o'zi ko'rgan-kechirgan, bilgan narsalarni yozadi. Eshitgan yoki adabiyotlardan foydalanilgan bo'lsa, albatta, izohlab yozadi. «Boburnoma»dan siyosatchilar, etnograflar, aholishunoslar, geobotaniklar, zoogeograflar, iqlimshunoslar o'zlari uchun kerakli bo'lgan juda ko'p faktik materiallarni ajratib olishlari mumkin. Lekin shuni alohida qayd etishimiz kerakki, u tom ma'noda aholi geografiyasiga va uning ajralmas qismi bo'lgan shaharshunoslikka (geourbanistika) bag'ishlangan asar hamdir. Bobur tasvirlagan hamma voqealar ma'lum bir vaqt va geografik hududda ro'y bergan. U tilga olgan shahar, tuman, viloyat, davlatlar hozir ham mavjud, ko'pchiligining nomi o'zgargan, ba'zilari esa yo'q bo'lib ketgan, ayrimlari kichik qishloq holiga kelgan yoki yirik shaharlarga aylangan.

( Давомини ўқиш )

Bunyodkor Bobur bog'lari

Movarounnahr va Xurosonda madaniyat, adabiyot, xalq xo'jaligi sohalarining turli tarmoqlarida Sohibqiron Amir Temur hazratlari olib borgan olamshumul obodonchiliklarni juda ko'p gapiramiz. Bobokalonimizning farmoyishlari bilan qurilgan muhtasham binoyu madrasalar, karvon yo'llariyu katta-katta ko'priklar, madaniy-maishiy obidalar hamda ko'plab shaharlarda ul zotdan yodgorlik bo'lib qolgan bog'u rog'lar haqida adiblarimiz, salohiyatli yozuvchiyu olimlarimiz o'z asarlarida hikoya qilganlar. Sohibqiron hazratlarining bunyodkorlik yo'lida qilgan ishlari uning avlodlariga an'ana bo'lib qoldi. Bu an'anadan buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur ham chetda qolmagan. Bobur vafotidan keyin qariyb besh asr vaqt o'tishiga qaramay, Boburshoh hazratlari va uning avlodlaridan qolgan tarixiy va madaniy meros hanuzgacha jahon xalqlarini hayratga solib kelmoqda.

Bobur hazratlarining qadamlari yetgan joyda, albatta, bitta iz qolgan. Shulardan biri Afg'oniston poytaxti Qobul shahrida bunyod etilgan ajoyib, tarovati betakror bog' — «Bogi Bobur»dir.

( Давомини ўқиш )

Bobur: shoir ko'ngli va shoh siyosati

«Boburnoma»ning xohlagan sahifasini o'qib, bugun uchun bir ajib xulosa topasiz. Bu samimiy va tiniq, aniq va puxta, qalb ehtirosi-yu aql qudrati boyitib turgan o'zbekona jumlalar zamirida buyuk bir shaxs, kuchli bir tiynat, teran bir nuqtai nazar, qat'iy bir siyrat, bugungi tushunchalar bilan aytganda, yuksak darajada tizimlashgan milliy mafkura bor.

Bobur lashkaru a'yonlari bilan birga Hindistonga yurish qilib, uni egalladi. Albatta, xalq o'z-o'zidan, shunchaki da'vat bilan Boburga ergashib ketavergan emas. Bobur Mirzoning odamlardan ko'zda tutgan qat'iy maqsad va ochiq manfaati shu ediki, kemaga kirganning joni — bir: «Men o'tqa, suvg'a kirsam-chiqsam, betahoshiy (o'zboshimchalik qilmasdan) bular bila (birga) kirgaylar va bila chiqqaylar. Men har sorig'a bo'lsam, alar mening sori bo'lg'aylar». Shundagina maqsad birligiga erishiladi.

( Давомини ўқиш )

"Boburnoma"ning asrori kaliti

Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarini adabiyotshunoslikda adib boshidan o'tkazgan kunlar yilnomasi sifatida baholashadi. Ammo shoir — Bobur she'riyati muallifning ichki dunyosini bor shiddati bilan o'quvchiga yetkazuvchi noyob ma'naviy xazinadir. Bobur ruboiylarida ham olam-jahon ma'no ifodalangan. Ular «Boburnoma» bilan hamohang, uni mazmunan to'ldiradi. Agar Bobur davri, undan oldingi shoirlar ijodida ruboiy janrida an'anaviy ishq, oshiq va ma'shuq, ayrim hollarda ijtimoiy masalalar qalamga olingan bo'lsa, Zahiriddin Bobur ruboiylarida inson ichki kechinmalarining rango-rang jilolari, uning muammolari teran aks etganini koramiz.

Zahiriddin Bobur tabiatidagi hayotdan imkon qadar bahramand bo'lish, uning go'zalligini anglash va nashidasini surish odati kishini hayratga soladi. 12 yoshidan ot ustidan tushmasdan bobosi Amir Temur saltanatini tiklash uchun kurash olib borgan, muhorabalarda bo'lgan shaxs bahor nashidasidan ham bahramandlik baxtini tuyadi:

( Давомини ўқиш )

Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.

Bobur mirzoning turli davrlarda chizilgan portret va minniatyuralari:



( Давомини ўқиш )

Вале сенга қулдурмен

 Бобур инсонга хос бўлган олий хислатларни: содиқлик, дўстлик, муҳаббат кабиларни мақтайди, пастлик, хиёнат, иккиюзламачилик кабиларга қарши чиқиб, яхши хислатли бўлишга чақиради. Инсонлнк фазилатининг асосий хусу- сиятларидан бири гўзаллик, шеъриятни чуқур тушунишликни, яъни инсоннинг чуқур эстетик завқ эгаси бўлиши керак эканини уқтиради. У шеърнинг нозиклигини тушунадиган, шеъриятдан баҳраманд бўла оладиган дўстлар орасида бўлишни истарди:

Ёз фасли, ёр васли, дўстларнинг суҳбати,

Шеър баҳси, ишқ дарди, боданинг кайфияти.

Дўстларнинг суҳбатида не хуш ўлгай баҳси шеър

То билингай ҳар кишининг табъи бирла ҳолати.

Бобир ёрни бутун қалби. билан севади, унга самимий эҳтиром кўрсатади. У севгини, муҳаббатни улуғлайди. Шоҳ бўлса ҳам камтарлик билан севги бобида маҳбубани ўзи- дан устун қўяди:

Сен гулсен-у мен ҳақир булбулдурмен,

Сен шуъласен-у, ул шуълага мен қулдурмен.

Нисбат йўқтур деб ижтиноб айламаким,

 Шоҳмен элга, вале сенга қулдурмен,

Ulug' bobom Bobur 2-qism

    Bobur nafaqat obodonlashtirish ishlarini olib borgan, balki o'sha davrdagi Hindistondagi ayrim nohaq qonunlarga o'zgartirish kiritgan. Masalan, o'sha davrda oilali erkak vafot etsa, hindlarning urf-odatlariga ko'ra yoqib dafn etish marosimida uning xotini ham tiriklayin yoqib dafn etilgan. Bobur bu odatga chek qo'ygan. 
     Yuqorida aytib o'tganimizdek, boburiylar sulolasi ma'rifat homiysi bo'lganlar.Boburning to'ng'ich o'g'li, valiahd Humoyunshoh  ham o'z davrida  juda ma'rifatli inson bo'lgan. U astronomiya, geografiya fanlariga juda qiziqqan, kitoblarni sevib mutolaa qilgan va ularni asrab-avaylab to'plagan. Humoyun ichki ziddiyatlarni bartaraf etish bilan mashg'ul bo'lganiga qaramay, otasidek ma'rifatparvar bo'lgan. U Dehlida qurilgan bir ma'muriy binoni madrasa uchun bergan. 
     Humoyunshon tomonidan qurilgan qal'a ichidagi o'yin kulgi va tomoshaxonani kutubxonaga aylantirishni buyurgan   Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li Akbarshoh davrida ilm-fanga e'tibor juda kuchayadi, maktab madrasalarda ta'lim berish sifati kuchayadi. Agra, Fatexpur, Sekri va boshqa ko'pgina shaharlarda o'quv maskanlari bunyod etilgan. Akbarshohning o'zi ham juda zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo'lgan. 
    Kambag'al beva-bechoralarga muntazam yordam bergan.U shunchalar davlatni oqilona, mahorat bilan boshqarganki, unga «Buyuk Akbar» unvoni berilgan.Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiylar hukmdorlari ichida eng ulug'i deb atashgan. 

( Давомини ўқиш )

Бобур инсонпарварлик ва илм ҳақида

Асл маърифатпарвар Заҳириддин Бобур асарларида, айниқса шеърларида ахлоқ ва тарбияга оид бўлган дидактик характердаги насиҳатомуз фикрлар жуда кўп. Илм- маърифатни қадрлаган ва унга ҳомийлик қилган қомусий олим ва ижодкор ўз шеърларида илмли кишилар камлигидан қайғуради, илмли бўлишга ва уни эгаллашга чақиради. Маърифат киши фаолиятига ёрдам беради, унинг кўнглини ёритади, деган фикрга келади шоир. Илм ўрганмоқ учун «илмга толиб» бўлиш керак, деган ғояни илгари суради. Бу фикрлар айниқса унинг рубоий ва маснавийларида ўз аксини топган.

 
  Ким ёр анга илм толиби илм керак,
 Ўргангали илм толиби илм керак.

 Мен толиби илму толиби илме йўқ,

 Мен бормен илм толиби, илм керак.

( Давомини ўқиш )

"Бобурнома" асарида дидактиканинг ўрни

«Бобурнома» таъсирида Гулбаданбегимнинг «Хумоюн- нома», Шоҳ Жаҳонгирнинг «Жаҳонгирнома» ва биринчи галда XVI-XVIII асрларда буюк мўғул империяси ҳукмдорларининг кейинги ҳамма тарихий ва бадиий мемуарлари ёзилгандир.

«Ҳумоюннома» услубининг содда ва равонлиги, фан- нинг бир қанча соҳалари учун қимматли маълумотларга бой манба бўлгани жиҳатидан «Бобирнома»нинг давоми деса бўлади.

Бобирнинг таъсири кейинроқ Абулғози Баҳодирхон ижодида ҳам аён бўлди.

Дадил айтиш мумкинки, Бобир биринчи марта табиат тасвири ва психологик портретни яратишнинг реалистик усулларини берди, адабийлиги билан фарқ қиладиган халқ тилига жуда яқин янги реалистик усулни яратди. Ниҳоят, Бобур эски ўзбек адабий тили тараққиётига ҳам бебаҳо ҳисса қўшди ва ўзбек насрининг шаклланиш жараёнини охирига етказди.

«Бобурнома» ўзбек ва бутун шарқ адабиётида уйғониш даври реализми тараққиётига катта ҳисса қўшди, бадиий- стилистик усуллар берди. Бобур мазкур асарида ва бутун ижодида у ёки бу воқеа-ҳодисага ўзининг танқидий муносабатини ҳеч бир пардасиз, ошкора билдиради. У ўзига нисбатан ҳам қаттиққўлдир.

( Давомини ўқиш )