создание топика, блога, фотосета или ссылки

Рейтинг
+15.99
avatar

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari

Подробнее ↓

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Tohir Malik

   O'zbek fantastik adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan ijodkorlardan biri Tohir Malik 1946-yil 27-dekabrda Toshkentda ziyolilar oilasida tug'ilgan. Taniqli o'zbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning tog'asidir. Adib o'rta maktabni tugatgach, kunduzlari qurilishda ishlaydi, kechqurunlari ToshDUning jurnalistika fakultetida o'qiydi. U maktablarda o'qituvchilik qiladi, nashriyotlarda, ro'znoma va oynomalarda, radio-televideniye qo'mitasida, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Rauf Parfi

Raufi Parfi — yaralari ochiq shoir...
                             Asqad Muxtor
   O'zbek milliy modern she'riyatining asoschilaridan bin va eng yirik vakili Rauf Parfi (taxallusi — O'zturk) 1943-yil 27-sentabrda Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumaniga qarashli Sho'ralisoy qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo'lib, Farg'onaning Vodil qishlog'idan sho'rolar quvg'ini tufayli Sho'ralisoyga kelib qolgan. Onasi -Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg'onadan edi.
   Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, o'qishni Yangiyo'l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965-yillarda ToshDUning filologiya fakultetida o'qigan (diplom ololmagan).
   Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo'mitasida, «G'afur G'ulom» nashriyotida, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ'ibot markazida, «Jahon adabiyoti» jurnalida (1997-1999) ishlaydi. U «0'zbekiston xalq shoiri»dir (1999). Rauf Parfi 1992-yilda xalqaro Mahmud Koshg'ariy sovriniga sazovor bo'lgan.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Omon Matjon

   She'riyatning turli janrlari va uslubiy yo'nalishlarida muvaffaqiyat bilan ijod qilayotgan, tuyg'ularining samimiyligi, tilining shiradorligi, ifodasining ta'sirchanligi bilan ajralib turadigan shoir Omon Matjon 1943-yil 14-fevralda Xorazmning Ko'hna Gurlan tumani Bog'olon qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Matjon qishloq pochta bo'limi boshlig'i bo'lgan, bobosi Jumaniyoz savdogar bo'lib, 22 marta savdo ishlari bilan Rossiyaga borib kelgan. Omonning onasi Xotira opa bo'lajak shoirning go'dakligida vafot etgan.
   Omon Matjon o'rta maktabni bitirib, montyorlik qiladi, armiya safida bo'ladi, Samarqand Dorilfununida tahsil oladi. 1969-yilda o'qishni tamomlab, G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, bo'lim mudiri bo'ladi, «Yoshlik» oynomasida bosh muharrir, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, O'zbekiston davlat Matbuot qo'mitasi raisi o'rinbosari, «Cho'lpon» nashriyoti direktori lavozimlarida ishlaydi. Omon Matjon 1993-yilda «0'zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo'lgan.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Abdulla Oripov

   O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 1941-yil 21-mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko'z qishlog'ida tug'ilgan. Otasi Orif bobo oddiy dehqon bo'lib, to'rt qiz va to'rt o'g'ilning ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor bergan. Abdullaning bolaligi Qo'ng'irtoq etaklarida o'tadi. 17 yoshida o'rta maktabni oltin medal bilan tugatib, 1958-1963-yillarda ToshDUning «0'zbek filologiyasi» fakulteti jurnalistika bo'limida o'qiydi.
   Abdulla Oripov 1967-1974-yillar mobaynida G'.G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1974-1976-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida bo'lim boshlig'i, 1976-1982-yillarda O'zbekiston yozuvchilar liyushmasida adabiy maslahatchi, 1982-1983-yillarda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo'limida mas'ul kotib, 1983-1985-yillarda «Gulxan» jurnalida bosh muharrir, 1985-1988-yillarda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining kotibi, 1988-1996-yillarda O'zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo'mitasi raisi, 1996-2009-yillarda esa O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimlarida ishlaydi.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Shukur Xolmirzayev

   Zamonaviy o'zbek nasrining zabardast vakillaridan bin Shukur Fayzullo o'g'li Xolmirzayev 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga keladi. Otasi asli Bulung'urlik boiib, 1937-1938-yillarda Boysunga ketishga majbur bo'lgan. Shukur Boysundagi o'rta maktabni tugatib, 1957-1962-yillarda ToshDUning filologiya fakultetida o'qiydi. Shundan so'ng u Toshkentdagi bir qator nashriyot, gazeta va jurnallarda mehnat qiladi.
   Shukur Xolmirzayev buyuk aktyor Shukur Burhonov rahbarligida tashkil etilgan to'garakda Gamlet rolini o'ynagan, Ofeliya rolini o'ynagan Saida ismli qizga uylangan. Adib Shukur Burhonov haqida hujjatli esse, Matyoqub Qo'shjonov haqida "U ustoz — men shogird" nomli hujjatli qissa yozgan .
   Adibning birinchi qissasi «Oq otli» (1962) deb, birinchi hikoyasi «Xatarli so'qmoqda» deb nomlangan. Shukur Xolmirzayev yozuvchilar uyushmasining «ОуЬек» mukofoti, O'zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, «O'zbekiston xalq yozuvchisi»dir (1991).
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Erkin Vohidov

   Hech ikkilanmay, komil ishonch bilan aytish mumkinki, Erkin Vohidov o'zbek she'riycoining ko'rki vafaxri. Bu fikrda zarracha mubolag'a yo'q.
Ozod Sharafiddinov, O'zbekiston Qahramoni
   Odamlargafaqat she'ring etnas, o'zing ham kerakligingni sezish — bu katta baxt.
Erkin Vohidov
   O'zbekiston xalq shoiri, she'riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qilib kelayotgan adib Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tug'ilgan. Otasi Cho'yanboy, onasi Roziyaxon davrning obro'-e'tiborli, ma'rifatli kishilari edi. Ota-onadan yetim qolgan Erkin toshkentlik tog'asining qo'lida qoladi. 1955-yil o'rta maktabni, 1960-yil ToshDUning filologiya fakultetini tugatadi.
   7-sinfda o'qib yurganida «Mushtum» jurnalida birinchi she'ri bosiladi. Shoir «Yosh gvardiya» nashriyotida (1960-1963, 1975-1982), G'afur G'ulom nashriyotida (1963-1970) ishlaydi. U «Yoshlik» oynomasiga boshchilik qiladi, Oshkoralik qo'mitasi rahbari, Respublika adiblar ittifoqi boshlig'i bo'ladi.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > To'ra Sulaymon

   Shoir To'ra Sulaymon 1934-yil 15-fevralda Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug'ilgan. Otasi Sulaymonqul quloq sifatida qamoqqa olinadi va qamoq muddatini о'tab qaytgach, 1939-yilda Sirdaryoning «Malik» deb atalmish go'shasiga ko'chib boradi. 1952-yilda o'rta maktabni shu yerda tugatgan To'ra bir necha yil cho'l maktablarida fizika, matematika, geografiya kabi fanlardan dars beradi. U ToshDUning o'zbek filologiyasi fakultetiga sirtdan o'qishga kirib, uni 1964-yilda tugatadi, Guliston tumani maktablarida ona tili va adabiyotdan dars bera boshlaydi.
   To'ra Sulaymon «Guliston», «Sirdaryo haqiqati» gazetalarida, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boiimining mas'ul kotibi, key in esa adabiy maslahatchi lavozimlarida ishlaydi.
   Shoirning dastlabki she'rlari 1958-yilda nashr qilingan. U «0'zbekiston xalq shoiri» (1999) unvoniga sazovor bo'lgan.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > O'lmas Umarbekov

   O'lmas Umarbekov 1934-yil 25-yanvarda Toshkentda tug'ilgan. 40-o'rta maktabni tugatgach, ToshDUning filologiya fakultetiga o'qishga kiradi. U 1956-yildan respublika radiosida 15 yil ishlaydi, 1971-yildan boshlab yuqori lavozimlarda, jumladan «0'zbekfilm»da, Madaniyat vazirligida va Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan. U 1994-yil 10-noyabrda og'ir xastalik tufayli vafot etgan.
   Adib va dramaturg O'lmas Umarbekovning ilk hikoyalar to'plami 1958-yilda nashr qilinadi. Uning turli mavzu, turli g'oyaviy yo'nalishdagi "Cho'li iroq", "Urush farzandi", "Yoz yomg'iri" asarlari qissachiligimiz yutug'idir. "Qiyomat qarz" (Asar qahramonlari: Sarsonboy ota, Madumar aka, Haydarali va boshq.), "Shoshma quyosh", "Kurort", "Arizasiga ко'га" dramalari (pyesalari) teatrlarda qo'yilgan. Adibning 20 dan ortiq kitobi turli tillarda nashr etilgan.
   O'lmas Umarbekovning kinossenariylari asosida "Yigit va qiz", "Asosiy kun", "Ikki soldat haqida qissa", "0'zgalarni deb", "Qalin qorlar bag'ridagi uchrashuv", "Changalzordagi ov" kabi qator badiiy filmlar suratga olingan.
   Adib Yoshlar mukofoti, Respublika Davlat mukofoti, «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi» unvoni, «0'zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni sovrindoridir.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Xudoyberdi To'xtaboyev

   O'zbek bolalar adabiyotining ko'zga ko'ringan vakili Xudoyberdi To'xtaboyev 1932-yil 17-dekabrda Farg'ona viloyatining Katta Tagob qishlog'ida tug'iladi. Uning bolalik va o'smirlik yillari urush davriga to'g'ri keladi, u ota-onadan erta yetim qoladi va bobosi Erkaboy hamda buvisi Robiyabibilar qo'lida tarbiyalanadi. Yozuvchi o'rta maktabni tugatib, dastlab Qo'qon pedagogika bilim yurtida, keyin esa ToshDU filologiya fakultetining logika-psixologiya bo'limida tahsil oladi. Talabalik yillaridanoq badiiy ijodga qiziqadi. Dastlabki mehnat faoliyati davomida u Farg'ona viloyatida o'qituvchi, ilmiy bo'lim mudiri, maktab direktori lavozimlarida ishlaydi. Adib 1958-yilda Toshkentga keladi va 14 yil davomida «Toshkent haqiqati», «0'zbekiston ovozi» (sobiq «Sovet 0'zbekistoni») ro'znomalarida ishlaydi (bu vaqtda u 300 dan ortiq felyeton yozgan), keyin esa «Yosh kuch», «Gulxan», «Sharq yulduzi» oynomalarida, «Kamalak» nashriyotida, "Oltin meros" (1980-1998-yillarda) va "Iste'dod" jamg'armalarida faoliyat yuritadi.
Читать дальше

XX asr o'zbek adabiyoti namoyandalari > Jumaniyoz Jabborov

   Jumaniyoz Jabborov 1930-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Po'lat qishlog'ida tug'ilgan. U maktabni tugatgach, 1947-1952-yillarda hozirgi O'zMUning filologiya fakultetida o'qigan, keyin esa Moskvadagi Oliy adabiyot kursida ta'lim olgan. U 1953-yildan boshlab o'n yil davomida «Sharq yulduzi» jurnalida bo'lim mudiri va mas'ul kotib lavozimlarida, 1962-1964-yillarda «Gulxan» jurnalida muharrir, 1964-1976-yillarda hozirgi «0'zbekiston ovozi» gazetasida bo'lim boshlig'i, bosh muharrir o'rinbosari lavozimlarida ishlagan, 1981-1985-yillarda G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida direktor, 1985-1990-yillar davomida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, 1990-yilda esa O'zbekiston Davlat mukofotlari qo'mitasida mas'ul kotib, rais o'rinbosari bo'lib ishlagan.
   J.Jabborov tarjimon sifatida Bayron, Lermontov, Shevchenko, Thokur, Hofiz Sheroziy, Ubayd Zakoniy kabi adiblar ijodidan namunalar, Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma" asarining kattagina qismini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Uning "Tog'dagi uchrashuv" (1986), "Guljahon va Hasanjon" (1988) kabi to'plamlari bolalarga atalgan.
Читать дальше