Тасдиқлаш

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyat Kengashi tomonidan oromgohlarga jalb etilmagan bolajonlarning dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida viloyatdagi barcha mahallalarda O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” shiori ostida “Yozni “Kamalak” va “Kamolot” bilan” loyihasi doirasida madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Samarqand shahar harbiylar va harbiy xizmatchilar oilasi istiqomat qiladigan “Vatanparvar” mahallasida o‘tkazildi. Unda mahalladagi 300 nafardan ortiq mahallaning o‘g‘il qizlari, Harakat faollari va sardorlari, samarqandlik taniqli san’atkorlar ishtirok etdi.
Yoz faslining o‘ziga xos tarovati, fayzi bor. Bolajonlarimizning sevimli oromgohlarda mazmunli va maroqli dam olayotganligi ular qalbida bir umrga muhrlanadi. Oromgohdagi beg‘ubor bolalarning o‘yin-kulgusi, xursandchiligini ko‘rib quvonasan kishi.