Рейтинг
+23.38
Овозлар сони:
3
avatar

Me'moriy yodgorliklar  

Buxoro dorvozalari

Buxoro shahrida juda ko’plab tarixiy obidalar mavjud bo’lib, ular xalqimizning bebaho merosidir. Ark, Sitorai Mohi Xosa, Masjidi Kalon, Chor Bakr, Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Arab madrasasi va mana Shunday tarixiy obidalar sonini sanab adog’iga yetish mushkul. Bu tarixiy obidalar orasida Buxoro darvozalari alohida o’rin egallaydi.


( Давомини ўқиш )

Ichan qal'a



Ichan qal'a — O'rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlik. Xivaning ichki qal'a (Shahriston) qismi. Ichan qal'a  shaharning Dishan qal'a (tashqi qal'a) qismidan devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal'a)dan baland qo'rg'ontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal'aga 4 darvoza (Bog'cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.

Xorazm xalq me'morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal'ada. Undagi me'moriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadimgi davridan to mo'g'ullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Ko'hna arkning g'arbiy devori, qal'a devorining shimoliy-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va qal'a devori qoldiqlari saqlanib qolgan.

( Давомини ўқиш )

Ulug’bek rasadxonasi

Ulug’bek rasadxonasi 1424 – 1428 – yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida qurilgan. Rasadxona Mirzo Ulug’bek farmoniga muvofiq qad ko’targan bo’lib, uni bunyod etishda Ulug’bekning ustozi Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin Jamshid bosh – qosh bo’ladilar. Rasadxona joylashgan ushbu mavze mahalliy aholi o’rtasida,, Naqshi jahon,, degan nom bilan mashhur bo’lgan. Rasadxonaning asosiy qismi radiusi 40,2 metrli sekstant bo’lgan.


( Давомини ўқиш )

Ko'kaldosh madrasasi


Toshkentning markazidagi Chorsu maydonida joy-lashgan bo’lib,1551-1575 yillarda Toshkent hokimi Ko’kaldosh tomonidan qurdirilgan. Madrasaning umumiy o’lchami 62,7x44,9 metr bo’lib, bosh tarzi janubga qaratib qurilgan, burchaklari gul-dastali. Ulkan peshtoq sirkori parchin va grih naqshlar bilan bezatilgan. Madrasa dastlab uch qavat bo’lgan.1830-1831 yillarda ikkinchi qavati buzilib, g’ishtlari beklarbegi madrasasi uchun ishlatilgan.Madrasaning ikki yonida ikki qavatli xonalar tartib bilan joylashtirilgan.

( Давомини ўқиш )

Zangiota majmuasi

Zangiota majmuasi Toshkent viloyatining Zangiota qishlog’ida joylashgan. Mazkur majmua nafaqat O’zbekiston, balki O’rta Osiyodagi eng mashhur, noyob yodgorliklardan biridir. Majmua XV — XX asrlar davomida bunyod etilgan. Ushbu me’moriy majmuaning nomi Zangiota asl ismi Oyxo’ja ibn Toshxo’ja bo’lgan avliyo nomiga qo’yilgan.


( Давомини ўқиш )

Amir Temur maqbarasi

      Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yildan boshlangan bo`lib, ushbu maqbarani Sohibqiron bobomiz Amir Temur Samarqandda suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atab qurdirgan. Maqbarada Sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va Sayyid Umarning qabri ham bor. Amir Temurning ustozlaridan bo’lgan Mir Sayyid Baraka 1404 – yilda Mozandaronda vafot etgan va Afg’onistonning Andxud shahrida dafn etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko’ra jasadi Samarqandga SHohruh Mirzo tomonidan keltirilgan. Buyuk Sohibqiron o’z jasadini uning oyog’i uchiga qo’yishlarini vasiyat qiladi. Bundan tashqari, maqbaraga A. Temurning o’g’illari Umarshayx, Mironshoh va SHohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Mirzo Ulug’bek va boshqalar dafn etilgan.


( Давомини ўқиш )

Abdulla Ansoriy ziyoratgohi

    Abdulla Ansoriy ziyoratgohi Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Yangiqo`rg`on qishloq fuqarolar yig`iniga qarashli ,,Yangihayot,, mahallasining janubida, qabriston yaqinida joylashgan muqaddas qadamjodir. Bu ziyoratgohda buyuk shoir va alloma Abu Ismoil Abdulla Ansoriyning ramziy qabrlari joylashgan.


( Давомини ўқиш )

Imom al-Buxoriy kompleksi

Qadimgi Samarqandning me'morchilik yodgorliklari bilan tanishgan sayyohlar ko'pincha yana bir muqaddas ziyoratgohga borishni istab qoladilar. Bu ziyoratgoh, ayniqsa musulmon mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar uchun bag'oyat qadrlidir. Chunki, bu yerda, o'z xizmatlari bilan islom dunyosida mashhur bo'lgan ulug' olim Imom al-Buxoriy abadiy uyquda yotibdilar. Imom al-Buxoriy dafn etilgan joy Chelak tumanidagi Xartang kishlog'i bo'lib, bu yerda Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan qurilgan masjid ham saqlangandir. Bir necha o'n yillardan buyon qarovsiz bo'lib yotgan bu ulug' joy 1974 yildan so'ng obodonlasha boshlagan edi, negaki, o'sha yili Imom al-Buxoriyning tavalludiga 1200 yil to'lishi munosabati bilan dunyodagi musulmon davlatlarining yirik olimlari bu yerga kelish istagini bildirgandilar. Xorijiy meh¬monlarga bu xarob joyni ko'rsatishga uyalgan Moskvalik «xo'jayin»lar maqbarani obodonlashtirishga ruxsat berishga majbur bo'ldilar. Shundan so'ng bu tabarruk ziyoratgohda katta obodonchilik ishlari bajarildi. Hozirda Imom Buxoriyning qabri O'zbekistonga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgohga aylangandir.

( Давомини ўқиш )

Bibixonim madrasasi va maqbarasi

Saroymulkxonim (Bibixonim) Chig'atoy xonlariga mansub Qozonxonning qizi bo'lib, 1341 yilda tug'ilgan. 1370 yili Amir Temur nikohiga o'tgan. U xon avlodiga mansubligi uchun «Bibixonim» (Kattaxonim) unvoniga sazovor bo'lgan. Saroymulkxonim siyosatdon va insonparvar ayol edi. Ko'pgina tarixiy kitoblarda, jumladan, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Fasih Havofiy, Ibn Arabshoh, Klavixo kabilar asarlarida Saroymulkxonim fazilatlari, shaxsiy sifatlari ko'p ulug'lanadi. Chunonchi, Ispaniya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o'zining «Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi» asarida oqila malika Bibixonimning Amir Temur saltanatidagi o'rni, qurultoylar va oliy majlislarda, amirlar bilan qatnashish huquqiga egaligini yozib qoldiradi. 1404 yil 17 oktyabrda Saroymulkxonim elchilarga katta ziyofat berganini bayon qiladi. Bu faktlar esa Amir Temur saltanatida, davlat ishlarida Saroymulkxonim faol qatnashganini yana bir bor tasdiqlaydi. U Amir Temur ruxsati bilan Samarqandda ulkan madrasa qurdiradi. Otasi Qozonxondan meros bo'lgan bir juft baldog'ini sotuvga qo'yib, pulini madrasa qurilishiga ishlatgan ekan. Samarqanddagi hozirgi Jome' masjidining kun chiqar tomonida, ya'ni Bibixonim maqbarasi yonida barpo etadi.

( Давомини ўқиш )

Ko’kaldosh madrasasi

Ko'kaldosh — emishgan og'a-ini demakdir. Ko'kaldoshlik mansab ham. Bu mansab egasiga davlatning do'stu dushmanlari haqida ma'lumot berish, josuslik ishi yuzasidan rahbarlik qilish vazifasi yuklatilgan. Ular xon va podshoh xonadoniga yaqin turganlar. Zahmatkash xalq ustalari yaratgan, o'zida asrlar tarixini mujassam etgan qadimiy yodgorliklardan biri — shahrimizning Navoiy ko'chasida joylashgan Ko'kaldosh madrasasidir.

( Давомини ўқиш )

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

Shayx Abu Bakr Zayniddin bobo Ko'yi Orifon Toshkandiy (1164-1259) — shayx bo'lgan. Otasi Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy, Bag'dodning katta mutasavviflaridan bo'lgan, suhravardiya tariqatiga asos solgan. Shayx Shahobiddin Suhravardiy 1215 yil Bag'dod xalifasining elchisi sifatida xorazmshoh Muhammad huzuriga kelgan. Shunda Zayniddin ham otasi bilan Movarounnahrga kelgan va keyinchalik Shosh (Toshkent)da, shaharning Ko'kcha dahasidagi Ko'yi Orifon mahallasi (laqabi shundan)dagi mavjud maqbara chillaxonasida hayot kechirgan va tasavvuf bilan shug'ullangan. Tarixiy manbalarda Zayniddin «sayyidlarning ulug'i va sharif kishilarning karomatlisi va buyugi», «oriflarning qutbi va ishonchli rahnamosi» deb ta'riflanadi. Amir Temur 1391-92 va 1402 yillarda Zayniddin maqbarasini ziyorat qilgan va ta'mir ettirgan. Zayniddin bobo Toshkentda vafot etgan.

( Давомини ўқиш )

Hazrati Imom ziyoratgohi – Qaffol Shoshiy maqbarasi

Toshkentning eng ko'hna va muqaddas joylardan biri — Hastimom deyiladiki, bu tabarruk joy Qaffol Shoshiyga taalluqlidir. Toshkent va undan shimoldagi yurtlarda imom darajasiga, ayniqsa, Hazrati Imom diniy martabasiga yeta olgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-Shoshiy milodiy 904 yilda Shoshda tavallud topgan. Ul zot dastlabki ta'limni o'z yurtida olib, keyin musulmon dunyosi bo'ylab safar qilgan, eng mashhur olimlarga shogird tushib, ilm o'rgangan. Qur'oni karim, hadis va shariat ilmlari, arab tilshunosligi bo'yicha bilimdon bo'lgan. Vataniga qaytgach, asosan, ona shahri bo'lgan Toshkentda yashab, islom dinining targ'iboti bilan shug'illangan.

( Давомини ўқиш )

Yunusxon maqbarasi

Temuriylar davri yodgorliklarining Toshkentdagi eng noyob va qadimiy obodalaridan biri — Yunusxon maqbarasidir. Yunisxon 1485-87 yillarda Toshkent hokimi bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, u — Zahiruddin Muhammad Boburning onasi Qutlug' Nigorxonimning otasi. Yunusxon 1434 yilda Ulug'bek tomonidan Xurosonga Shoxrux huzuriga yuborilgan. U yerda mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiydan ta'lim olgan. 1485 yilda Toshkent shahri va viloyati hokimligini boshqargan.

( Давомини ўқиш )

Shayx Xovandi Tahur maqbarasi

Bu maqbara XV asrning ikkinchi yarmida Xo'ja Ahror Valiy tomonidan qurilgan. Maqbaraning hozirgi ko'rinishi XIX asrda qayta tiklangan.1980 yillarda maqbara qaytadan ta'mirlangan.
Majmuadagi qabriston Toshkentning eng qadimiy qabristonlaridan biri hisoblangan. U yerda pishiq g'ishtdan ishlangan qabrlar ko'p bo'lgan. Qabriston o'rtarog'ida Shayboniyxonning 1518 yilda vafot etgan xotini — Jamol xonim va qozoq xoni Rustam Bahodirxonning marmardan ishlangan qabrlari bo'lgan.

( Давомини ўқиш )

Shaxrisabz shahridagi mashhur me'moriy yodgorliklar

Shaxrisabz shahrining qadimiy qismi uzoq vaqt davomida shakllangan bo'lib turli me'moriy qatlamlarning ustma-ust bo'lishi oqibatida, shahar devorlari ichida o'ziga xos yaxlit bir shaklga kelgan. Uning kompozitsiyasining asosini, Temur va temuriylar davrida bunyod etilgan, unikal me'moriy obidalari tashkil qilib, ular o'zining asli ko'rinishini saqlab qolagn va shaharning o'ziga xos tarixiy ko'rinishini belgilab beradilar. 2000 yilda «Shaxrisabz shahrining tarixiy markazi» Umumjahon medaniy meros ro'yxatiga kiritilgan.

( Давомини ўқиш )

Xorazm viloyatidagi mashhur me'moriy yodgorliklar

Ertakomuz Xiva sharqona o'ziga xosligini shaharning qadimiy qismi Ichan qal'ada saqlab qolgan. Bu yerda ko'plab me'morchilik yodgorliklari joylashgan.

Xivaning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari:

( Давомини ўқиш )

Buxoro viloyatidagi mashhur me'moriy yodgorliklar

Sanskritda Buxoro «monastir» ma'nosini beradi. Shahar bir vaqtlar Buyuk ipak yo'lida yirik tijorat markazi vazifasini o'tagan. Buxoro «muzey shahar» sifatida o'rta asrlarning 140 dan ortiq me'morchilik yodgorliklarini o'zida jamlagan. Poyi Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon kabi va boshqa majmualar haligacha katta e'tibor qozonib kelayapti. Narshoxiy, Ro'dakiy, Daqiqiy kabi taniqli shoirlar, Abu Ali ibn Sino va boshqa mashhur kishilar Buxoro taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan.

( Давомини ўқиш )

Samarqand viloyatidagi mashhur me'moriy yodgorliklar

Samarqand tarixi taxminan 2500 yilga tenglashtiriladi. Shaharda joylashgan Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar Qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rim me'moriy durdonalari kabi ahamiyatga egadir.

Samarqandning tarixiy va me'morchilik yodgorliklari:

( Давомини ўқиш )

Toshkent shahridagi mashhur me'moriy yodgorliklar

Toshkent — Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri — O'zbekiston Respublikasi poytaxtidir. Toshkentning shahar ko'rinishidagi aholi punktligi haqidagi birinchi ma'lumotlar miloddan oldingi II asrga taalluqli qadimgi sharq axborotlarida tilga olinadi: Xitoy manbalarida u Yuni deb atalgan; miloddan oldingi 262 yildagi Fors shohi Shapurning «Zaroastra Kaabasi» bitiklarida shahar Choch nomi bilan bitilgan. Choch shaharlar va davlatlar o'rtasida oltin, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va zotdor otlar savdosining chorrahasida joylashgan. Bugun O'zbekiston o'tmishi va tarixining ko'plab voqealari haqida bebaho ma'lumotlarni o'zida saqlab kelayotgan Toshkent zamonaviy respublikaning poytaxtidir. Markaziy Osiyoning mazkur yirik sanoat markazida ikki milliondan ortiq aholi yashab kelayapti.

( Давомини ўқиш )

Ismoil Somoniy maqbarasi

X asrda qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasi Buxorodagi eng qadimiy va chiroyli yodgorliklardan biridir.U hozirgi paytda ham xuddi 1000 yil ilgarigidek chiroyli ko'rinishga ega. Somoniylar asli fors bo'lgan birinchi tojik hukmdorlaridir (eramizning 875-999 yillari). Ular poytaxti Buxoro bo'lgan buyuк davlatni barpo etishgan. O'sha davr qurilish, san'at turlari, matematika, geometriya, fizika singari aniq fanlarning yuksak darajada rivojlanishi bilan xarakterlanadi.

( Давомини ўқиш )