Тасдиқлаш
Oila tarbiyasi ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi. Shaxs shakllanishiga ta'sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo'lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o'ziga hos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda harakterlar to'qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmi ning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo'lgan mo''tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg'u halqimiz ruhiyatidagi o'ziga hos xususiyatlardan biridir.
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримов «Юксак маънавият — енгилмас куч» асарида «Ҳар қайси миллатнинг ўзига хос маънавиятини шакллантириш ва юксалтиришда, ҳеч шубҳасиз, оиланинг ўрни ва таъсири беқиёсдир. Чунки инсоннинг энг соф ва покиза туйғулари, илк ҳиссий тушунча ва тасаввурлари биринчи галда оила бағрида шаклланади», — деб эътироф этган эдилар.(И.А.Каримов. Юксак маънавият — енгилмас куч. Т., «Маънавият», 2008. 52-б.)
Ҳар қайси миллатнинг, ҳар бир инсоннинг маънавиятини шакллантиришда оиланинг ўрни беқиёс. Инсонга хос бўлган энг самимий ва беғубор туйғулар, ҳаёт тўғрисидаги дастлабки тасаввурлар, атроф-муҳитга муносабат, энг аввало, оилада шаклланади. Ўсиб келаётган ёш авлоднинг келажакда комил инсон сифатида шаклланиши учун муҳим бўлган дунёқарашини, характерини белгилаб берадиган маънавий мезонлар — олижаноблик, инсонпарварлик, меҳр-оқибат, эзгулик, ор-номус, меҳнатсеварлик, катталарга ҳурмат, кичикларга шафқат каби юксак тушунчаларнинг барчаси оилада туғилади.
...«мустаҳкам оила» деган ғоянинг ҳаётимиздаги амалий ифодасини кўришда, ҳеч шубҳасиз, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш идораси сифатида ном қозонган маҳалла тизимининг ўрни ва таъсири беқиёсдир. Бунинг исботини ҳар қадамда кўраётганимизни таъкидлаб ўтишни истардим.
Oilada shirin-shirin orzular og'ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O'g'ildir, qizdir alloh bergan ulug' ne'matdir. Qiz bola ulg'ayar ekan uning ilk o'ynaydigan o'yinchog'i, ovunchog'i — qo'g'irchoqdir. Bolalar birga o'ynashar ekan ularning biri ota, biri esa ona, o'yinchoqlar esa farzandlari bo'lib o'ynashadi. Balkim, shundandir, oila to'g'risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O'zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi.
Bundan ancha yillar ilgari bir mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat yuzasidan borganimda u yerda yosh oilaning qo‘ydi-chiqdi masalasi ko‘rilayotgan edi. Ishtirok etdim. Gapning ochig‘i, yosh er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan ekan. Achinarlisi, o‘rtada ikki nafar norasida go‘dak ovorayu sarson.
Oila mo‘’jaz qo‘rg‘onga o‘xshaydi, uning poydevori, metindek ustunlari bor. Salomatlik — oilaning tamal toshi. Yurtboshimiz qutlug‘ niyat bilan yangi yilni Mustahkam oila yili deb e’lon qildi. Oilaning mustahkamligini belgilovchi asosiy jihatlardan biri — avvalo sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, albatta. Bunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning o‘rni juda muhim.
Оила жамиятнинг асосий бўғинидир ҳамда жамият ва давлат муҳофазасида бўлиш ҳуқуқига эга. Никоҳ томонларнинг ихтиёрий розилиги ва тенг ҳуқуқлилигига асосланади. Ўзбекистон Республикаси Конституциянинг 63-модда
Оила тушунчаси ҳақида оғиз кўпиртириб жуда кўп гапиришимиз, катта-катта илмий асарлар битишимиз мумкин. Бу тушунча ҳар бир инсоннинг онгида ҳар ҳил бўлиши ҳам табиий бир ҳол. Аммо, у барибир инсон тушунчаси билан бевосита боғлиқ бўлиб қолаверади. Фақат инсонларгина тўлиқ маънода оила қуришади ва бу қаср ичида ҳает кечириб бола тарбиялашади.
Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘mak va imkoniyatlar yaratib berish, tarbiyaviy muammolarni yechish, shuningdek, yosh avlodni hayotga yo‘llashda oila instituti rivojlanishi alohida o‘rin tutadi. Bu ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shish partiyamiz dasturiy maqsadlari qatoriga kiradi. Shu bois, Mustahkam oila yili munosabati bilan amalga oshiriladigan ishlarda partiya tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari va fraksiyamiz faol ishtirok etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan huquqiy islohotlar samarasida ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning bir turi sifatida oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi sifat darajasiga erishildi. Xalqimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar va an’analar zamonaviy tajribalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yangi oila qonunchiligi shakllantirildi. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda oila munosabatlarining huquqiy asoslari yaratildi.
«Ижтимоий фикр» жамоатчилик фикрини ўрганиш маркази томонидан ўтказилган навбатдаги ижтимоий сўровда мамлакатимизда истиқлол йилларида оилани муҳим ижтимоий институт сифатида ривожлантиришнинг омиллари нималардан иборат, уни мустаҳкамлашда миллий маънавий қадриятларнинг ўрни ва аҳамияти қандай, деган саволларга жавоб олинди.
Дарҳақиқат барчамизга маълумки, келажак авлод ҳақида қайғуриш, соғлом, баркамол инсонни вояга етказишга интилиш минтақамиз фуқароларига хос миллий хусусиятлардандир.