Тасдиқлаш
Prezident Islom Karimovning «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» asarida rahbar kadrlarga doir konseptual yondashuvlar:
Prezidentimizning mustaqillikning birinchi yillaridagi eng og'ir, tahlikali, murakkab jarayonlaridan tortib, to hozirgacha yaratilgan barcha asarlari davrning tarixiy zaruriyati tufayli yuzaga kelgan. Qo'limizdagi «O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi ham xuddi shunday tarixiy zaruriyat zamirida yaratilganligi bilan beqiyos ahamiyatga ega. Kitob «O'zbekiston» nashriyoti tomonidan chop etilgan bo'lib, unda asosan 1989-1992 yillarda, mamlakat tahlikali, keskin, o't-olov hal-qasi ichida turgan davrdagi voqeliklar bilan bog'liq tarixiy qarorlar, hujjatlarga murojaat qilinadi.
"Ўзбекистон" нашриёт-матбаа ижодий уйи томонидан Президент Ислом Каримовнинг "Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида" деб номланган янги китоби нашр этилди. Китобдан Юртбошимизнинг мамлакатимиз мустақиллиги арафасида ва мустақилликнинг дастлабки даврида (1989-1991 йилларда) олиб борган жўшқин ва серқирра сиёсий-ижтимоий фаолиятини акс эттирадиган маъруза ва нутқлар, сухбат, мақола ва интервюлар ўрин олган.