Рейтинг
+1.39
Овозлар сони:
1
avatar

Янгиликлар  

Ўзбекистонда тармоқли маркетинг чекланмоқда

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2012 йил 1 февраль куни тармоқли маркетинг устидан назоратни кучайтирувчи “Ўзбекистон Республикасида чакана савдо Қоидаларига қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қарорни қабул қилди.

Ҳужжат Чакана савдо қоидаларини “тармоқли маркетинг”, “тармоқли ташкилот” ва “сотувчи агент” атамалари билан тўлдирди. Шунингдек Қоидаларга “Чакана савдони тармоқли маркетинг йўли билан амалга оширишнинг ўзига хос хусусиятлари” бўлими ҳам киритилди.

Ҳужжатга мувофиқ тармоқли маркетинг – бу товарларни мустақил равишда тарқатувчи сотувчи агентларнинг тармоқли ташкилотини яратишга асосланган товарлар чакана савдосининг бир туридир.

( Давомини ўқиш )

Германияга оид лойиҳалар бўйича „Маданият элчиси" танлови

Германия Федератив Республикаси ва Ўзбекистон Республикаси ўртасида дипломатик алоқалар ўрнатилганлигининг 20 йиллиги муносабати билан Германия Федератив Республикасининг Ўзбекистондаги элчихонаси  Германияга оид лойиҳалар бўйича «Маданият элчиси» танловини эълон қилади. Германия маданияти, иқтисодиёти, сиёсати ёки спортига тааллуқли бўлган ва Ўзбекистонда ўтказиладиган тадбирлар лойиҳалари бўйича аризалар 2012 йил 20 февралгача қабул қилинади.


( Давомини ўқиш )

O’ZBEKISTON BOJXONASI: Xalqaro hamkorlik va iqtisodiy xavfsizlik chorrahasida

26 yanvar – Xalqaro bojxonachilar kuni. Shu munosabat bilan  bojxjna sohasida ishlayotgan barcha hamyurtlarimizni kasb bayrami bilan qutlaymiz. Ularning mas'uliyatli va sharafli  faoliyatida omadlar  tilaymiz.

Bojxona hamkorligi kengashi (hozirgi Jaxon bojxona tashkiloti)ning 1993 yil 25 yanvardagi Qaroriga asosan har yili 26 yanvarda Halqaro bojxonachilar kuni dunyo bo’ylab keng nishonalanadi.



( Давомини ўқиш )

Артур Григорян Ўзбекистонда бокс мактабини очмоқчи.

Жаҳон чемпиони Артур Григорян арман миллатига мансуб бўлиб,   ўзбек диёрининг фарзанди ҳисобланади. Olam.uz сайтида ёзилишича, у  Ўзбекистонда  спортдаги карьерасини давом эттириш ва бокс бўйича  спорт мактабини очишни режалаштираяпти. Артур  яқин кунлар ичида ушбу таклиф юзасидан Тошкентга келиши кутиляпти. 44 ёшли боксчи бир-неча йиллардан бери Германияда яшаётгани билан ҳанузгача Ўзбекистон фуқароси ҳисобланади.

Наманганда бошланғич синф ўқитувчиларининг “Устоз-шогирд”лар танлови

Вилоят халқ таълими бошқармаси томонидан устоз ва шогирдлар мусобақасини ташкил этишдан асосий мақсад бошланғич таълимни сифат ва самарадорлигини оширишдир. Бу танловда ўқитувчиларни саҳнага олиб чиқиб уларни қўшимча қобилиятлари ва иқтидорларини аниқлаш эмас,  балки  дарс ўтиш маҳоратлари, ўқувчилар билан ўзаро муносабатлари, психологик нутқ маданияти, дарсларга илмий ёндашиши,  тизимлилиги, тушунарлилиги мавзуни очиб беришдир.
    
Энг муҳими ўқитувчининг ўз соҳасини билиш даражаси, дарс жараёнида  мавзуни сингдиришда методик ва педагогик  усуллардан фойдаланиш маҳоратлари ўрганиш ва таҳлил этишдан иборат.

( Давомини ўқиш )

Болажонларга Президент совғалари























Халқ таълими вазирлигининг ахборотига кўра 10,35 минг сонли Ўзбекистон Президенти совғалари кам таъминланган оила фарзандлари ва меҳрибонлик уйи тарбияланувчиларига етказилади.

Президент совғалари 12 номдаги ўқув қуроллари ва 14 номдаги ширинликлар билан бойитилган.

22 декабрдан 25 декабргача 6546 та совғалар "Ўзбекистон ҳаво йўллари" МАК томонидан Қорақалпоғистон Республикаси ва Ўзбекистоннинг тўққиз вилоятига жўнатилди.

26 декабр куни эса 3807 та совғалар автотранспортлар орқали Тошкент, Сирдарё ва Жиззах вилоятларига етказилди.

San’at saroyidagi an’anaviy taqdimot

“Turkiston” saroyida musiqa, televideniye va video san’ati asarlarining yetakchi ijodkorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir – “M&TVA – 2011” taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan bir qator ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’sis etilgan ushbu loyiha taqdimotida madaniyat va san’at namoyandalari, sportchilar, kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.



( Давомини ўқиш )

O'quvchilar bilimlaridagi aniqlangan bo'shliqlar ustida ishlash

Davlatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi ta'lim islohoti hozirgi kunga kelib ijobiy natijalarini ko'rsatmoqda. «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida barcha ta'lim muassasalarida ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etilmoqda.

Xalq ta'lim vazirligining 2006 yil 10-iyundagi 152-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarining ta'lim tayyorgarligi darajasini aniqlashning ko'p ballik reyting tizimi to'g'risidagi Nizom»ga asosan o'quvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini baholash oraliq, joriy, ijodiy faollik, bosqichli va yakuniy nazorat turlari orqali amalga oshirilmoqda.


( Давомини ўқиш )

An'anaviy va yangi pеdagogik tеxnologiyalardan mutanosib foydalanish samaradorlik omili

Ta'lim tеxnologiyasining hozirgi taraqqiyot bosqichi ta'lim jarayonida interfaol   dars usullarining  kеng qo'llanilayotganligi bilan xaraktеrlanadi. Uzoq yillar foydalanilgan o'qitish tеxnoliyasidagi bir xillik, ta'lim jarayonida o'qituvchi gеgеmonligi, o'qituvchi  tomonidan fanni tayyor, ortiqcha  mushohada qilmasdan ham qabul qilinadigan darajaga  kеltirib o'quvchiga  taqdim etishga urinish o'quvchilarning faolligini pasaytirib, ularda  ijodiy fikrlash malakasi shakllanishiga to'sqinlik qila boshlagan edi. Shuning uchun ham ta'lim jarayoniga o'quvchini o'qitadigan emas, balki uni o'qishga, bilim olishga o'rgatadigan interfaol dars usullarini qo'llashga urinish kuchaydi.

Biroq ta'lim amaliyotidagi barcha muamollarni interfaol dars usullar yordamida hal  qilishga urinish, ularni muvaffaqiyat kеltiruvchi sеhrli tayoqcha dеb qarash hollari ham uchraydi. Fikrimizcha, bu xato nuqtai-nazar bo'lib, birinchidan, u interfaol o'yin usullarining ta'limda zaruriy o'rinni topa olishga putur yеtkazadi, ularning ijobiy jihatlarini xiralashtiradi, ikkinchidan, an'anaviy tеxnologiyaning yillar davomida sayqallanib  ulgurgan samarali shakllarini chеtga surib qo'yadi.

( Давомини ўқиш )

Bayram ko‘ngildagidek o‘tadi

Yangi yil bayrami ko‘ngildagidek o‘tishini ta’minlash borasida poytaxtimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda tumanlar, mahallalar va korxonalarda hushyorlik va ogohlikka chorlovchi targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bunday profilaktika ishlari muntazamlik kasb etgani tufayli odamlar ongida farzandini, o‘z uyini, mahallasini asrash, uni yomon ko‘zlardan, yovuz niyatli kimsalardan himoya qilish tuyg‘usi yanada mustahkamlanayotir.


( Давомини ўқиш )

Vatan barchamiz uchun muqaddasdir

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar milliy armiyamiz saflarini professional, puxta tayyorlangan kadrlar bilan to‘ldirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va el-yurtga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir.


( Давомини ўқиш )

Ijodkor yoshlar doimiy e’tiborda

Adabiyot rivojiga e’tibor ko‘rsatish, ustoz adib va shoirlar mehnatini e’zozlash, yosh iste’dod sohiblarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish davlatimiz rahbari yuritayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridandir.


( Давомини ўқиш )

Huquqiy mavzudagi tanlovlar g‘oliblari

Toshkentda “Prezident asarlarini o‘rganamiz” hamda “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzuidagi respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


( Давомини ўқиш )

Tanlov g‘oliblari aniqlandi

Poytaxtimizda “2011 yilning eng yaxshi auditori” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Auditorlar palatasi, Buxgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Buxgalterlar, auditorlar va maslahatchilar federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.


( Давомини ўқиш )

Хушхабар: Ўзбекистонга яна бир Afrosiyob тезюрар поезди











olam.uz сайтининг хабарига кўра Конституциямизнинг 19 йиллик байрами арафасида яна бир Afrosiyob юқори тезликдаги поездининг Ўзбекистонга олиб келиши кутилмоқда.
Биринчи поезд шу кунгача Тошкент-Самарқанд-Тошкент йўналиши бўйлаб 3 мингдан ортиқ йўловчини ўз манзилига етказди.
Навбатдаги поезд йўлга қўйилиши билан Тошкент ва Самарқанд шаҳарлари орасидаги ҳаракат 2 мартага ошиши ва ҳафталик қатнов 4 баробарга кўпайиши кутилмоқда.

98-мактаб интернатида хайрия тадбири





















Асосий Қомусимиз бўлган Конституциямизда  инсон ҳуқуқи, шаъни ва қадр-қиммати энг олий қадрият, деб белгилаб қўйилган ва у инсон манфаатлари учун хизмат қилади.
Ўзбекистон давлат мустақиллигига эришгач, жамиятимизнинг барча жабҳаларида олиб борилаётган кенг қамровли ислоҳотлар жараёнида, инсон ҳуқуқ ва эркинликларига эътибор давлатимиз сиёсатининг бош мезони сифатида белгилаб олинди. 


( Давомини ўқиш )

O‘zbekistonning tibbiyot sohasidagi yutuqlariga havas qilsa arziydi

Toshkent shahrida 25-26 noyabr kunlari “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro anjumanda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, qirqqa yaqin mamlakatdan sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, tibbiyot sohasida jahonda tan olingan mashhur olimlar, xalqaro ekspert va tahlilchilar ishtirok etadi.


( Давомини ўқиш )

Qandli diabеt - XXI asrning noinfеktsion epidеmiyasi

Tibbiyotning endokrinologiya soxasiga mansub bo’lgan qandli diabеt kasalligi xozirgi paytda nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo bo’lib xam xisoblanadi. Bunga sabab bu kasallikning asoratlari inson xayoti davomiyligini qisqartirishi va turmush tarziga salbiy ta'sir ko’rsatishiga, ya'ni erta nogironlikka olib kеlishidir. Oxirgi paytlarda butun dunyo bo’ylab qandli diabеt bеmorlari sonini jadal ravishda ko’payishi bu muammoga jamiyatning e'tiborini kuchaytirdi.


( Давомини ўқиш )

O‘zbekiston – Vengriya: Hamkorlikning yangi ufqlari мақола кўрсаткич

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt 6 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Vengriya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt 6 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

( Давомини ўқиш )