Излучение компьютера и как его снизить

Компьютер является одним из главных спутников жизни большинства людей, как на работе, так и дома. Положив руку на сердце, могу сказать, что очень много времени провожу за этим «аппаратом знаний». Думаю, что с такой проблемой современности сталкиваюсь не я одна.
Ложась спать далеко за полночь, мы не можем уснуть, «переваривая» кучу нужной и ненужной информации. Современный человек уже патологически зависим: мы не мыслим жизнь без интернета, общения, поиска, файлов, фотографий, статей, постов, комментариев и т.д.  … Еще

Tirnoq Bezaklari - Yoz Fasli 2012

Yoz faslida qizlarimiz yanada go'zal bo'lib yurishga intilishadi. Shu maqsadda biz bugun latofatli qizlarimiz uchun ajoyib bo'lgan tirnoq bezaklarini taqdim etmoqchimiz. Bularning barchasi kelayotgan yoz fasliga mo'ljallangan bo'lib, uning ichida: oddiy kun uchun, oqshomlar va nikoh to'ylari uchun maxsus bezaklar berib o'tilgan. Rasmlarni tomosha qiling va yanada go'zal bo'ling, latodatli qizlarimiz!  ...Batafsil

Омонулла муаллим

Омонулла Мадаевни шогирдлари «устоз», касбдошлари эса «Омонулла муаллим» деб чақиришади. Бу бежизга эмас, албатта. Чунки, у кишининг ҳаёти, ижоди ҳам олимлик, ҳам педагоглик билан чамбарчас боғланиб кетган. Мана эллик йилдирки, Омонулла Мадаев  «муаллим», «устоз», деган унвонни шараф билан ҳимоя қилиб келаяпти. Тиниб-тинчимас, ширинлутф, ҳамма давраларда самимий бу одамга шогирлари ҳайратланишади, касбдошлари эса  ҳавас қилишади.  

Омонулла Мадаев илмий фаолиятини ўзбек фольклорининг рус тилидаги таржималарини ўрганишдан бошлади. Унинг дастлабки мақолалари ўзбек халқ термалари, достонларининг рус тилидаги таржималари ҳақида эди. Бу мақолалар эндиликда бир мунча содда туюлиши мумкин, лекин 70-йилларнинг бошида шу мавзуга қўл урилгани ёш олимнинг фанга дадил кириб келаётганининг элчиси бўлди. О.Мадаевнинг кейинги фаолияти Хоразм халқ достонлари тадқиқига боғланди. Унинг бу жабҳадаги изланишлари  профессор Муҳаммаднодир Саидов раҳбарлигида «Хоразм халқ достонларининг ўзига хос хусусиятлари»(1973) деб номланган номзодлик диссертацияси сифатида илмий жамоатчилик ҳукмига ҳавола этилди. Айнан 70-йиллар ўзбек фольклоршунослиги тарихига назар ташласак, ушбу ишнинг қадри-қиммати янада аниқ намоён бўлади. Бу даврда Хоразм достончилиги, умуман Хоразм воҳаси фольклорини ўрганишга эндигина киришилган пайтлар эди. Аниқроқ айтилса, Хоразм фольклорини тўплашда фольклоршунослигимиз катта ишларни амалга оширган.

( Давомини ўқиш )

Yo‘l qoidasi – umr foydasi

 
 
 Hukumatimiz tomonidan joriy yilning 1-mayidan 31-mayiga qadar “Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi” deb e’lon qilingan kundan e’tiboran viloyatimizda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan avtoransport va piyoda qatnovlarining yo‘l harakati qoidalariga to‘g‘ri rioya qilishlarini samarali tashkil etish maqsadida turli targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan ham bu borada viloyatning xalq ta’limi tizimidagi barcha umumta’lim maktab o‘quvchi-yoshlari jalb qilinib, “Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi”da piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga qanday amal qilishlari haqida Guliston shahar ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” shiori ostida targ‘ibot va tushuntirish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizda yashayotgan barcha yoshlar yo‘lning kesishish, chorraha yo‘lakchalaridan o‘tishda avtotransport vositalariga qaysi vaqt yo‘l berishlari, qaysi vaqtda o‘tish kerakligini, agar bu qoidalarga amal qilinmasa, bu hol dahshatli noxush va baxtsiz salbiy oqibatlarga olib kelishini yaxshi va chuqur anglashlari zarur. Albatta, xalqimiz hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarga, e’lon qilinayotgan dasturlar va ko‘rsatmalarga bee’tiborlik, loqaydlik qilmasliklari lozim. Xalqimiz “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” deb bejiz aytishmagan. Bu naqlga amal qilish nafaqat yoshlarning, balki kattalarning ham huquqiy-siyosiy burchidir.
 

9-sinf bitiruvchilarini ta'limni keyingi bosqichiga to'liq qamrab olish va kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash yo'lida


  Barchamizga ma’lumki, yoshlar uchun yangi ish o’rinlarini tashkil etish va ularni ish bilan ta’minlash, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ularda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga ko’maklashish hamda amaliy yordam ko’rsatish “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy dasturiy vazifalardan biri hisoblanadi.Shu o’rinda o’rta-maxsus kasb-hunar kollej va akademik litsey bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularning ta’lim olayotgan muassasalaridagi mutaxassisliklari bo’yicha to’liq, nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo’lishlari uchun qator ishlar tashkil etilib kelinmoqda. 2012-yil 12-may kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlash, maktab bitiruvchilarini kasb tanlashlariga ko’maklashish, ularni joylarda faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollej va akademik litseylardagi mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish hamda kasb-hunar kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida viloyat O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mutaxassislik – sening kelajaging” kasblar ko’rgazmasi o’tkazildi.Statistik ma’lumotlarga ko’ra, viloyatimiz aholisining 465 900 nafarini yoshlar tashkil etmoqda. Joriy yilda ulardan 12 221 nafari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarini bitirayotgan bo’lsalar, 13 384 nafari umumta’lim maktablarini bitirish arafasidagi yoshlardir.Ko’rgazmaga jalb qilingan maktab bitiruvchi-o’quvchilari viloyat o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi mavjud o’rta-maxsus kasb-hunar kollej va akademik litseylari tomonidan tashkil etilgan ta’lim mutaxassisliklari bilan tanishib, o’zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. O’rta-maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarini bitirish arafasidagi o’quvchi-yoshlar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga qarashli bir qancha korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “Mehnat yarmarkalari”da turli xil kasb va hunar yo’nalishlari bilan tanishib, o’zlariga kerakli kasblari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldilar.Ko’rgazma kuy-qo’shiqlarga ulanib, juda ko’tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi