Тасдиқлаш
Amerikalik Aleksandr Balonkin Nyu-Jersi (AQSH)dagi Texnologiya institutida bir fantastik g’oya ustida ishlamoqda. “Star” gazetasining ma'lum qilishicha, olim insonning kompyuterdagi abadiy hayotini ta'minlanishini yo'lga qo'ymoqchi. Uning fikriga ko'ra, “abadiy hayot”ga kishi miyasi mundarijasini maxsus mikrodisklarga yozib olish orqali erishiladi. Shundan so'ng u o'z hayotini “elektron" ravishda davom ettiradi. “Bunday odam, — dedi Balonkin, — oddiy kishilardan ko'ra, ancha ustunliklarga ega. Unga na ovqat, na havo va na turar joy kerak bo'ladi. U xohlasa Arktika yoki Sahroyi Kabirda sayr qilishi, hatto koinotga bemalol chiqishi mumkin”.
O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi va Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleya bosh qarorgohida mamlakatimizning davlat bayrog’i hilpiradi. Ushbu kundan e’tiboran Vatanimiz global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida hamda muhim xalqaro qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1993 yil 24 avgustda Toshkentda BMT vakolatxonasi ish boshladi.
Жулдур кийим кийган чол-кампир Бостондан келган поезддан тушиб, минг истиҳола билан кўзлаган манзиллари сари йўл олдилар. Гарвард университети ректорининг қабулхонасига кирар-кирмас, котиба уларнинг йўлини тўсди. Ёши бир жойга бориб қолган бу одамларнинг университет раҳбарида қандай ишлари бўлиши мумкин?
Erkaklarimizni viqorli, ko'rkam va tartibli qilib ko'rsatishda shu bir parcha matodan tikilgan bo'yinbog'ning o'ziga yarasha o'rni bor. Mutaxassislarning aytishicha, bo'yinbog'larning rangi, chiziqlariga qarab u odam qanday fe'l-atvorga ega ekanligini bilish mumkin ekan.
Ривоят қилишларича, қадим замонда сулув келинчак илк бора фарзандлик бўлибди-ю, унинг ёқимли «инга» сини ҳам эшитиб улгурмай бола оламдан ўтибди. Дунёга келган иккиичи гўдакнинг тақдири ҳам она учун изтироб ва аламдан бўлак ҳеч нарса бўлмабди. Вақтлар ўтиб, аёл учинчи фарзандини хавотир аралаш қувонч билан кута бошлабди. Аммо ўша кутган вақт келгач, аёл не кўз билан кўрсинкн, туғилган бола яна йиғламасмиш. Шунда она қалбидаги ҳадсиз аламлар нидо бўлиб отилиб чиқибди, еру кўкни ларзага солибди. Аёл энди йиғламай дардларини шикаста овозда куйлай бошлабди. Бу овоздан тоғу тош мумдек эрибди. Гўдак бўлса бирдан йиғлаб юбориб, она қалбини қувончга тўлдирибди. Ана шу дардли қўшиқ алла деган ном олибди ва у муқаддас ҳаёт қўшиғи деб аталибди.
Haqning do’stlari – sadoqat – poklikning konidir; haq dushmanlari yolg’onchilardir.
Yer kurrasining Quyosh atrofida bir marta to'liq aylanib chiqishiga ketadigan vaqt bir shamsiy yil deyiladi. Biz, odatda, buni oddiy yil, bir yil deymiz. Bir shamsiy yil 365 sutka-yu 5 soat 49 daqiqadan iborat. Shuning uchun bizning bir yilimiz odatda 365 sutka-yu 5 soat 49 daqiqadan iborat. Bunda shamsiy yilning 5 soat-u 49 daqiqa hisobga olinmay qoladi. Hisobga olinmagan bu 6 soat to'rt yilda 24 soatni, ya'ni bir sutkani tashkil qiladi. Shuning uchun har uch oddiy yildan keyin bitta kabisa yili keladi. Kabisa yili fevral oyi 28 kun emas, 29 kun bo'ladi.
Qadimda dunyoda mashhur bo'lgan me'morlik va haykaitaroshlik obidalari «Mo'jiza» deb e'tirof etilgan. Ular ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilganligi, go'zal hamda jozibadorligi bilan o'sha zamon odamlarini hayratga solgan va ularning yettitasi asrlar mobaynida «Dunyoning yetti mo'jizasi» deb hisoblangan. Bu «Mo'jiza»lar o'rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda joylashgan bo'lib, ular quyidagilar edi:
Yomg'ir yog'ar edi. Sevara ishdan chiqib uyga juda shoshildi, chunki bugun oyisining tug'ilgan kuni, u bu kunni intizorlik bilan kutgan, oyisi uchun olgan sovg'asini berishni va oyisining xursandchiligini tezroq ko'rishni juda-juda xohlardi. U avtobus bekatida tushdi va o'z uyi tomon tez -tez qadam tashlab ketdi. Uyiga yaqin qolganda, uzoqdan bir odamning ovozi qulog'iga chalindi, yomg'ir tomchilari orasidan chiqayotgan bu ovoz ketma ket yordam so'rayotgan bir keksa odamning ovozi edi. Yaxshlab qarasa, dala yonidagi daraxt tagida bir odam yiqilib tushgan, yonida hassasi yotibdi. Sevara uning yoniga yaqinlashib:
...Bir boyning oltita kelini bo'lib, kechqurun chiroq yoqar paytida ortiqcha gugurt sarf bo'lmasin deb hamma lampani bir joyga yig'dirib, bitta gugurt cho'pida yoqib berar ekan. Bir kuni chiroqlarni yoqib bo'lgandan keyin boy ota hufton namoziga machitga jo'nabdi-yu, endi boshi sajdaga yetganda birdaniga esiga hujrasidagi chiroqni o'chirgan-o'chirmaganligi tushib qolibdi. Sekin o'rnidan turib, namozni chala tashlab, uyiga yugurib, ko'cha eshigini taqillatibdi. Kelinlaridan biri ichkaridan ovoz bergan ekan, boy ota:
Inson xotirasiz nima bo'lishini xayoliga ham keltirolmaydi, ammo xotirasiz umuman oiliy mavjudot bo'lolmasligini biladi. Tirik organizmda va uning har qanday ko'rinishida keng ma'noda xotira, eng bo'lmaganda irsiy xotira bor. Shunday ekan, biz inson xotirasining hajmi, qancha ma'lumot birligini yig'ib va saqlab qolishini, qaytarib berish imkoniyatlarini bilamizmi?
Ona — bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki, oila chirog'i o'chmaydi, ona borki, olam bor. Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo'shadilar, oq yuvib, oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona bo'ladilar. Oyog'imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar. Buning sababi nimada, ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvona bo'ladilar? Hatto kerak bo'lsa, farzandi uchun jonini fido qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Buning javobi bitta- bu onalik mehridir. Shunday, onaning o'z farzandiga bo'lgan cheksiz mehri bu!