Tilga e’tibor-elga etibor

Inson odobini, hulq-atvorini ko’z-ko’z qiladigan, ayni chog’da qilich tig’idan keskir, ilon zahridan o’tkir, boldan shirin tildir. Insonning ichki dunyosi, ma’naviy qiyofasi, xulq – atvori, muomalasi, odobahloqi, madaniyati uning tili orqali ko’rinadi. Yaxshi gap ham, yomon gap ham tildan chiqadi. Shuning uchun ham oldin o’ylab, keyin so’zlamog’imiz zarur. O’zbek xalqi va uning madaniyati dunyoga tanilishi ham o’zbek tili orqalidir.

 1989-yil 21-oktabr kuni o’zbek tiliga “Davlat tili “ maqomi berildi. O’tgan yigirma ikki yil ichida ona tilimiz rivojida ulkan yutuqlar, yuksalishlar davri bo’ldi. Davlat tili maqomi berilishi bilan barcha ishlar o’zbek tilida olib borildi. Barcha ta`lim muassasalarida o’quv mashg’ulotlari o’zbek tilida olib borilishi, gazeta, jurnal, kitoblarni o’zbek tilida nashr etilishi, rusiyzabon o’quvchilarga o’zbek tili darslarining o’tilishi, mahallalarga, ko’chalarga o’zbek adabiyoti arboblarining, allomalarining nomlari berilishi, dunyoga mashhur asarlarning o’zbek tiliga tarjima qilinishi, o’zbek lug’atini qadimiy so’zlarimizni tiklanishi bilan boyib borishi – bularning barchasi o’zbek tilining beqiyos rivoji namunalaridir. Har qanday tilning go’zalligi-yu, nafosatlari bilan tanishish, ulardan bahramand bo’lishning yana bir yo’li shu tilni yaratuvchi xalqning tili, og‘zaki ijodi  namunalari, jumladan, dostonlari, maqollari-yu iboralari, qayroqi so’zlarini chuqur o’rganib olishdir.

Hozirgi vaqtda o’zbek xalqi va uning madaniyati, ona tili dunyoga mashhurdir. Horijiy mehmonlarimiz o’zbek tiliga bo’lgan e’tiborini an’anaga aylanib qolgan “ Til bayrami “ni kuzatib ham bilib olganlar. Qanday so’zlashishimiz qanday muloqotda bo’lishimizdan bizning adaniyatimizni bilish mumkun. Adabiy tilni bilgan odam madaniyatli bo’la oladi. Xorijiy mehmonlar ham madaniyatimizni, elimiz qandayligini tilimiz orqali bilib oladilar.Tilga e’tiborli bo’lsak, elimiz yanada rivojlanadi, mavqesi oshadi. Tilga e’tibor-elga e’tibor demakdir. Biz o’quvchilar xalq og’zaki ijodini chuqur o’rganib, o’zbek tilimizni boyitishga, yuqori mavqega ko’tarishga hissa qo’shmog’imiz va ona tilimizni chuqur o’rganib, tilga e’tiborli bo’lmog’imiz lozim.

Gulmira USMONOVA,
Respublika musiqa va san'atga ihtisoslashtirilgan
davlat umumta'lim maktab-internati
8-“ H “ sinf o’quvchisi.
  • +12
  • 24 феврал 2012, 13:19
  • nigorcha

Изоҳлар (0)

RSS ўгириш / айлантириш

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.