Vengriya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt 6 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.
Vengriya rahbarining uch kunlik rasmiy tashrifi chog‘ida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston – Vengriya hamkorligining istiqbollari belgilangan Qo‘shma bayonot qabul qilish rejalashtirilmoqda.
 
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnikaviy sohalariga doir qator hukumatlararo, idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
 
Vengriya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida bo‘ladi, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
 
O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Pal Shmittga Vengriya ishbilarmon doiralari vakillarining katta guruhi hamrohlik qilmoqda. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi.
 
Vengriya rahbarining mamlakatimizga tashrifi dasturida Buxoro shahrini ziyorat qilish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, vengriyalik mehmonlar O‘rta Osiyoning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan mazkur shaharning jahonga mashhur tarixiy-me’moriy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar.
manba
 

Изоҳлар (0)

RSS ўгириш / айлантириш

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.