Shoh va shoir Z.M. Boburning 529 yilligi...

Moziyga nazar tashlasak, bilimi, qalami, salohiyati bilan dunyolarni lol qoldirgan  ulug' ajdodlarimiz siymolari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Ularni har qancha ardoqlasak, e'zozlasak kam albatta. Bugun ana shunday buyuk allomalarimizdan biri — shoh va shoirlik jihatini bir ko'ngulga sig'dira olgan, bizga «Boburnoma»day ulkan meros yaratib qoldirgan bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning 529 yilligini keng nishonlamoqdamiz.

Ushbu qutlug' sanani eslab bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bir necha ma'lumotlarni keltirmoqchiman: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Ulug' o'zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi.

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga, 1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To'liq devon tuzgani haqida ma'lumot bor. She'rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g'azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit'a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She'rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta'limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she'riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.

( Давомини ўқиш )

Ulug' bobom Bobur 2-qism

    Bobur nafaqat obodonlashtirish ishlarini olib borgan, balki o'sha davrdagi Hindistondagi ayrim nohaq qonunlarga o'zgartirish kiritgan. Masalan, o'sha davrda oilali erkak vafot etsa, hindlarning urf-odatlariga ko'ra yoqib dafn etish marosimida uning xotini ham tiriklayin yoqib dafn etilgan. Bobur bu odatga chek qo'ygan. 
     Yuqorida aytib o'tganimizdek, boburiylar sulolasi ma'rifat homiysi bo'lganlar.Boburning to'ng'ich o'g'li, valiahd Humoyunshoh  ham o'z davrida  juda ma'rifatli inson bo'lgan. U astronomiya, geografiya fanlariga juda qiziqqan, kitoblarni sevib mutolaa qilgan va ularni asrab-avaylab to'plagan. Humoyun ichki ziddiyatlarni bartaraf etish bilan mashg'ul bo'lganiga qaramay, otasidek ma'rifatparvar bo'lgan. U Dehlida qurilgan bir ma'muriy binoni madrasa uchun bergan. 
     Humoyunshon tomonidan qurilgan qal'a ichidagi o'yin kulgi va tomoshaxonani kutubxonaga aylantirishni buyurgan   Boburning nabirasi, Humoyunning o'g'li Akbarshoh davrida ilm-fanga e'tibor juda kuchayadi, maktab madrasalarda ta'lim berish sifati kuchayadi. Agra, Fatexpur, Sekri va boshqa ko'pgina shaharlarda o'quv maskanlari bunyod etilgan. Akbarshohning o'zi ham juda zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo'lgan. 
    Kambag'al beva-bechoralarga muntazam yordam bergan.U shunchalar davlatni oqilona, mahorat bilan boshqarganki, unga «Buyuk Akbar» unvoni berilgan.Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiylar hukmdorlari ichida eng ulug'i deb atashgan. 

( Давомини ўқиш )

Ulug' bobom Bobur

       Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijon viloyatida dunyoga kelgan.U Amir Temurning o'g'li Mironshoh avlodidandir. Uning otasi Umarshayx mirzo Mironshohning nabirasi. Umarshayx mirzo 
1455- yilda Samarqandda tug'ilgan. «Boburnoma»da aytilishiga ko'ra, u past bo'yli, yumaloq soqolli, sarg'ish yuzli kishi bo'lgan ekan. U juda ilmli va qiziquvchan inson bo'lgan. Umarshayx mirzo Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviyning «Xamsa»larini sevib mutolaa qilgan. Onasi Qutlug' Nigorxonim Yunusxon va Eson Davlatbegimlarning ikkinchi qizi. Juda dono ilmli, tarbiyali ayol bo'lgan. 
Umarshayx mirzoning ayollari orasida eng ulug'vori va donosi. Xonzodabegim va Bobur Mirzoning onasi. Bobur Mirzo otasining ishongan va suygan farzandi edi. Bobur yoshligidanoq otasining yo'lidan borib, mashur tasavvuf namoyondasi Xo'ja Abdulla Ahrorga ixlos qo'yadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi. Bobur bolalik chog'laridanoq adabiyotga qattiq mehr qo'yib, Firdavsiy, Navoiy, Sa'diylarning minglab g'azal va ruboyilarini yod oladi. Navoiyning «Xamsa»sini qunt bilan mutolaa qiladi. U shu tariqa ma'nan yetuk bo'lib yetishadi. 
Boburning ayni o'ynab kuladigan baxtli damlarida suyanchig'i va tayanchi bo'ladigan mehribon otasi Umarshayx Mirzo bevaqt 39 yoshida halok bo'lgach, Bobur Mirzo 12 yoshida valiahd sifatida 1494-yilda taxtga o'tiradi.

( Давомини ўқиш )

Yangi mavzu bayoni: “Shoh va shoir”

O 'qituvchi: Bobur  Mirzo Andijonda  tug'ilgan. Uzoq yillar  Hindistonda shohlik qilgan.Bizga ko'p  kitob yozib qoldirgan. Shuning uchun ham Bobur Mirzoni shoh  va shoir deyishadi.

Har kimki vafo qilsa,vafo topg'usidir,
Har kimki jafo qilsa jafo topg'usidir.
Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo'lsa, jazo topg'usidir.

( Давомини ўқиш )

“Boburnoma” - o’zbek klassik prozasining nodir namunasi

Ham nazming nasrdek kelib xo’b,
Ham nasring nazmdek diloshub.                                                            Alisher Navoiy

“Boburnoma” XV – XVI asrning muhim voqealarini badiiy aks ettirgan prozaning qimmatli namunasidir.

“Boburnoma” qomusiy xarakterdagi asar bo’lib, unda ilm – fan, urf – odat, ijtimoiy – siyosiy, tabiiy etnografik bilimlar mohirlik bilan ifodalangan. Shu bilan birga bu asar o’zbek klassik adabiyotida badiiy prozaning ham namunasi. “Boburnoma” fanning qator sohalari uchun nihoyat darajada muhim ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga o’zbek adabiyoti tarixida badiiy prozaning eng birinchi buyuk namunasi ham hisoblanadi. Bu asar adabiyotimizda proza janrini rivojlantirishga uzoq vaqt ijobiy ta'sir etib keldi.

( Давомини ўқиш )

Boburning Andijon atrofidagi jang lavhasi

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti sargardonlikda, urush — janjallar orasida, goh xursandchilikda, goh cheksiz g'am — alamlar girdobida o'tdi. Bu haqida Boburning o'zi «Boburnoma»da bunday deb yozgan: «O'n bir yoshimdan beri ikki ramazon iydini payopay bir yerda qilg'on ermas erdim».









































( Давомини ўқиш )

Boburning toj kiyib Farg’ona taxtiga chiqish lavhasi

1494- yilda otasi Umarshayx mirzoning vafotidan keyin 11 — 12 yoshli Zahiriddin podshoh qilib ko'tariladi.







































( Давомини ўқиш )

Boburning "Boburnoma" asari haqida

«Boburnoma» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski o'zbek (chig'atoy) tilida yozilgan (taxmiman 1518/19 — 1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham ma'lum. Boburning o'zi esa «Vaqoye» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan. «Boburnoma»da 1494 — 1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o'ta aniqlik bilan bayon qilingan bo'lib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqdir.


( Давомини ўқиш )

Zahriddin Muhammad Bobur tavvaludi

Kecha 14-fevral kuni «Istiqlol» san'at saroyida bobomiz Zahriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan shoira Farida Afruzning «She'riyat» kechasi bo'lib o'tdi. Kechada  san'atkorlar va yosh ijodkorlar o'zlarining she'r va qo'shiqlari bilan kelganlar ko'ngliga xushnudlik bag'ishladi.Shuningdek shoira Farida Afruzning o'zlari ham she'rlari bilan she'riyat ixlosmandlari quvonciga quvonch bag'ishladi. Shuningdek, Farida Afruz so'zlari bilan aytilgan qo'shiqlarini xalqimizning ardoqli san'atkorlari Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, Munojot Yo'lchiyeva, G'ulomjon Yoqibov, Gulsanam Mamazoitova, Dildora Niyozova kabi san'atkorlar ijro etishdi. Bu kabi bobimizning tavvalud ayyomini tantana bilan o'tkazish, bobomizga bo'lgan xalqimizning ulug' hurmati sifatida yodga qoladigan bo'ldi.