Навоийнинг 10 жилдлик тўла асарлар тўплами нашр этилди

Ўзбекистонда буюк мутафаккир шоир Алишер Навоий таваллудининг 571 йиллиги кенг нишонланмоқда. Шу муносабат билан шоирнинг 10 жилдлик тўла асарлар тўпламининг замонавий матбаа талаблари асосида нашр қилиниши халқимизга муносиб совға бўлди.

Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасида улуғ шоир асарларининг янги 10 жилдлик нашрига бағишланган тақдимотда навоийшунос олимлар, адабиётшунослар, ёзувчи ва шоирлар, ўқитувчилар ва талабалар иштирок этди.

Айтиш жоизки, бундан олдин Алишер Навоийнинг асарлари 3, 15 ва 20 томлик шаклда нашр этилган эди. Янги тўпламда эса аввалги нашрлардаги камчиликлар бартараф этилган, сўз ва ибораларга шарҳлар берилган. Тўпламда ҳар бир ғазалнинг алоҳида саҳифада берилиши, “Алишер Навоий асарлари луғати”нинг илова қилиниши ўқувчиларга катта қулайлик яратади.

( Давомини ўқиш )

Alisher Navoiy fardlari

Buyuk mutafakkir, she`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 571 yilligiga bag`ishlanadi:

***

Улки, ҳақ боринда мақсуд истагай ҳар зотдин,
Меҳр боринда ёруғлуқ кўз тутар зарротдин.

***

Тамаъ этма, кўп ўлса эл моли,
Кўрмайин ҳақ хазинасин холи.

***


Наби шаръиға топмоқ истиқомат
Эрур соликка мушкилрак каромат.

***

Етар чу ризқинг, агар хорадур, вагар ёқут,
Ўзунгга юклама андуҳ тоғин, истаб қут.

***

Мурувват барча бермакдур, емак йўқ,
Футувват барча қилмоқдур, демак йўқ.

( Давомини ўқиш )

Alisher Navoiy ruboiylari

Ushbu ruboiylar Alisher Navoiy tavalludining 571 yilligiga bag`ishlanadi:

Чун ханжари ҳажринг манга қатъ этти ҳаёт,
Бори ғаму дардинг ўқини тинмайин от
Ким, онча қовурсун пар ўлуб бутса қанот,
Тойир бўлубон еткамен охир санга бот.

***

Субҳоналлоҳи холиқи з-ул-мажду ало
Ким, андин эрур тўла хало бирла мало.
Гар меҳр анинг мисли дегайлар уқало,
Меҳр оллида зарра янглиғ ўлғай масало.

( Давомини ўқиш )

Alisher Navoiy. "Muammolar"

Quyida sizga Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan Muammo janrida yozilgan asarlarni havola etamiz:

***

ОДАМ

Қон тўкар юздин дамодам ашку, ваҳким, ҳар замон
Боғланиб оҳимдин айлар кўкка майл ул қатра қон.

***

АҲМАД

Майда икки юз агар кўргузмаса ул маҳжабин,
Дурд дардин истабон жон бермагай аҳли яқин.

( Давомини ўқиш )

"Ulug` shoir va olim, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatini bilasizmi?"

Bilimdonlar bellashuvini tashkil qilishga tavsiyalar

Bellashuvning maqsadi kitobxonlarni Alisher Navoiy ijodi bilan tanishtirib, adib va ma'rifatparvar, davlat arbobi, jahon ma'naviyatining buyuk siymosi yaratgan asarlarni o`qish, ijodi, tarjimai holi, u qoldirgan merosni o`rganish hamda keng kitobxonlar ommasiga targ`ib etishdan iborat.

Bellashuvni o`tkazishdan oldin faol kitobxonlardan  2 ta bilimdonlar guruhi tuziladi. Har bir guruh 8 yoki 10 nafar kitobxonlardan tashkil topadi.

Quyida bellashuvga qo`yiladigan savollardan namunalar keltiramiz.

1. Shoirning haqiqiy ismini aytib bering. Uning yana boshqa taxallusi bo`lganmi?

(Shoirning haqiqiy ismi Nizomiddin Mir Alisher, Foniy taxallusida ham ijod etgan).

( Давомини ўқиш )

Alisher Navoiy XX - XXI asr olimlari va yozuvchilari talqinida

Alisher Navoiy dong`i ketgan buyuk shoirgina emas, o`z davrining eng ma'lumotli kishisi, fan va san'atning turli sohalarini asosli egallagan olim va mutafakkir, eng hushyor, eng tadbirli va davlatning istiqbolini ko`ra biluvchi keng qarashli bir siyosatchi ham edi.

Oybek


O`zbek xalqining ulug` shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyotining buyuk san'atkorlaridandir. Uning nomi va merosi Gomer va Dante, Rudakiy va Firdavsiy, Nizomiy va Shota Rustaveli, Sa'diy va Jomiy, Shekspir va Bal'zak, Pushkin va Tolstoy, Rabindranat Tagor va Lu Sin kabi ulkan so`z san'atkorlarining nomi va merosidek o`lmasdir.

N.Mallaev


O`zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o`lmas «Xamsa» tarkibidagi dostonlari, beqiyos «Xazoyin ul-maoniy»ni tashkil etgan she'riyati, o`n to`rt nomdagi nasriy asarlari bilan adabiyotimizni boyitgan, uni jahon adabiyoti yuksakligiga ko`targan, ilg`or bashariyatning madaniyat xazinasiga ulkan hissa qo`shgan ijodkordir.

S.G`anieva

( Давомини ўқиш )

Prezidentimiz I.A.Karimov Alisher Navoiy haqida

Inson qalbining quvonchu qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi.

* * *

Insoniy ishq-muhabbatni, mehru vafo, iffat, sharmu hayo va nazokatni yonib, hassoslik bilan kuylagan Navoiyning go`zal satrlarini o`qiganda buyuk va olijanob qalb sadolarini sezib turamiz. Bu yurak tug`yonlari, mana, oradan besh yarim asr o`tsa hamki, millionlab odamlarni hayajonga solib kelmoqda.

* * *

Ona tiliga muhabbat, uni ulug`lash, beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg`usi ham bizning ongu tafakkuri- mizga, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kelgan.

( Давомини ўқиш )

Olis yulduz shu'la taratar

(Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag`ishlangan tadbir ssenariysi)

Sahnaga ikki boshlovchi chiqadi.

1-boshlovchi:  Buyuk mutafakkir, g`azal mulkining sultoni — Mir  Alisher Navoiy tavalludi tantanasiga yig`ilgan aziz mehmonlar, assalomu alaykum!

2-boshlovchi:  «Davron elining jismida jon bo`lg`on» mo`'tabar ustozlar, assalomu alaykum!

1-boshlovchi:

 Jondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz,

Sondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.

Har neniki sevmak ondin ortuq bo`lmas,

Ondin seni ko`p sevarmen, ey umri aziz.

( Давомини ўқиш )

So'z san'atining gultoji

Alisher Navoiy tavalludining 571 yilligi munosabati bilan
O`zbek adabiyotining asoschisi, ilm va ma'rifat kuychisi Alisher Navoiy tavalludining 571 yilligiga bag`ishlangan, ushbu metodik-bibliografik qo`llanma mutafakkir ijodini, merosini chuqur o`rganish, targ`ib qilishda kutubxona xodimlariga yordam berish maqsadida tuzilgan.

Muqaddima


Barcha olijanob ishlarimizda Navoiy g`oyalari, Navoiy ibrati, Navoiy ruhi bizga hamisha hamroh bo`lsin!
I.Karimov


O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrgacha bo`lgan tarixiy taraqqiyotiga yakun yasab, uni yanada yuqori pog`onaga ko`targan ulug` iste'dod sohibi, mutafakkir  Alisher Navoiy o`z ijodiy faoliyati bilan jahon adabiyotining yirik namoyandalari safidan faxrli o`rin egallaydi.

Alisher Navoiy dastlab adabiyotga shoir sifatida kirib kelgan va adabiyotda she'riyat qasrini qurdi, g`azal mulkining sultoniga aylandi, keyinchalik  qator dostonlar yaratdi, adabiyotshunos, tilshunos, davlat va jamoat arbobi sifatida dunyoga tanildi.

( Давомини ўқиш )

Alisher Navoiy – Foniyning forsiy she’riyati (2-qism)


Mazkur g'azalda radif ham (memonad ba dil), qofiya ham (raftor, xor…) bor. Ana shu radif g'azalning mavzu va badiiylik jihatdan yakporaligini ta’minlashda muhim mavqe’ga ega. G'azalda yorning oshiq oldidan-nazdidan ketishi va ketishning oshiq ko'nglida qoldirgan og'ir asoratidan so'z boradi. G'azal oshiqning monologi-hijrondan qiynalayotgan yurak iztiroblari sifatida yozilgan. Muhimi shundaki, yor ketgan bo'lsa-da, ammo u oshiqning ko'nglida, xayolida mahkam o'rnashib olgan, shoir yozganidek, yorning sochlari oshiq ko'nglini shunday bog'lab olganki, ko'ngul ulardan qutila olmaydi. Bu g'azal o'qilar ekan, Alisher Navoiyning o'zbek tilida yozilib, quyidagi matla’ bilan boshlanadigan g'azali xotirga keladi:

          Yor bordiyu ko'nglumda aning nozi qolibdur,
          Andoqki qulog'im to'la ovozi qolibdur.

( Давомини ўқиш )

Alisher Navoiy – Foniyning forsiy she’riyati (1-qism)

Alisher Navoiy arab, forsiy va turkiy tillarni mukammal bilgan holda bu tillarda asarlar ijod etardi. Uning she’riyatida ham bunday sifat ko'zga tashlanadi. Alisher Navoiyning turkiy tildagi she’riyati shoirning jahoniy sho'hratini ta’min etgan bo'lsa, fors-tojik tilida bitgan she’rlari ham uning forsigo'ylar orasidagi ulkan mavqeini yana bir karra tasdiqladi. Shunisi borki, ikki tilda yaratilgan she’riyat ham Alisher Navoiy kabi daho qalamiga mansub ekan, ularni yaxlit holda o'rganish va talqin qilish lozim. Chunki shoirning olijanob maqsad va fikrlari, yaratgan timsol (obraz)lari har ikki tilda bitgan she’riyatda ham ifoda etilgan. Farq esa ana shu tillarning xususiyatlaridan kelib chiqqan bayon uslubida kuzatilishi tabiiy. Xuddi shu masala Alisher Navoiy – Foniyning quyidagi mashhur qit’asida bayon etilgan:
          Ma’niyi shirinu ranginam ba turki behad ast,
          Forsi ham la’lu durhoyi samin gar bingari.
          Go'iyo dar rastayi bozori suxan bikshudaam,
          Yak taraf do'koni qannodiyu yak so' zargari.

( Давомини ўқиш )

Navoiyning “Arba’in”, “Nazm ul-javohir”, “Siroj ul-muslimin” asarlari talqini...

Ma’lumki, Alisher Navoiy qalamiga mansub she’riyatning barchasi “Xazoyin ul-maoni” tarkibiga kiritilmagan. Ularning ayrimlari mustaqil asarlar sifatida taqdim etilgan. Ana shundaylardan “Arba’in”, “Nazm ul-javohir”, “Siroj ul-muslimin”larni misol qilib keltirish va ular to'g'risida qisqacha to'xtalish ma’qul ko'rindi. Chunki bu har uchchala asar ham kam o'rganilgan va, hattoki, “Siroj ul-muslimin” faqat Respublikamiz istiqlolga erishgach, 1991-yilda birinchi marta nashr etildi. Tilga olganimiz asarlar islomiy manbalar asosida yozilgan bo'lib, ular inson ma’naviyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

( Давомини ўқиш )

Аlisher Navoiy she’riyatining tuzilishi

“Xazoyin ul-maoni”dagi asarlar orasida g'azallar yetakchi bo'lib, ularning har jihatdan ibratliligidan Alisher Navoiy g'azal mulkining sultoni sifatida mashhurdirlar. Ana shu asosda birinchi navbatda g'azallar haqida so'z yuritish ma’quldir. “Xazoyin ul-maoni”da 2600 g'azal kiritilgan bo'lib, ular to'rt devonning har biriga 650 tadan joylashtirilgan.

Alisher Navoiy o'z g'azallarining necha baytlardan tuzilganligi haqida shunday yozganlar:
Navoiy she’ri to'qquz baytu, o'n bir bayt, o'n uch bayt:
Ki, lavh uzra qalam ziynat berur ul durri maknundin.
Bukim, albatta, yetti baytdin uksuk emas, ya’ni
Tanazzul aylay olmas rutba ichra yetti gardundin.

( Давомини ўқиш )