
Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, shoir, sarkarda, donishmand ,tarixchi, zakovatli olim va tarjimondir. Ayni paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanadi.
Hayot yo'li. Bobur 1483- yili Farg'ona viloyatining poytaxti Andijonda tug'ilgan. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo Amir Temurga to'rtinchi avlod — evara edi. Onasi Qutlug' Nigorxonimning otasi Yunusxon esa o'n ikki avlod bilan Chingizxonga ulanardi. Ko'rinadiki, Bobur insoniyat tarixidagi ikki buyuk sulola tutashgan nuqtada dunyoga kelgan jahonning eng mashhur shaxslaridan biridir. Murakkab va ziddiyatli hayoti o'spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, sarson-sargashtalik, zafar va mag'lubiyat, ijod-u bunyodkorlik ichida kechdi.
1494- yilda Umarshayx Mirzoga qarshi uning o'z akasi — Samarqand hokimi Sulton Ahmad Mirzo hamda qaynog'asi Toshkent hokimi Mahmudxon o'zaro til biriktirgan holda qo'shin tortib, Farg'onaga yurish qiladilar. Nihoyatda qaltis vaziyat vujudga keladi. Buning ustiga kutilmagan falokat yuz beradi:
Andijonning g'arb tomonidagi jar yoqasida bino bo'lgan Axsi qo'rg'onida turgan Umarshayx Mirzo kabutarxonasi bilan jarga qulab, halok bo'ladi. Umarshayxdan uch o'g'il va besh qiz qolgandi. O'g'illarining kattasi — 12 yoshga qadam qo'ygan Bobur taomil bo'yicha taxtga o'tiradi. O'ratepa, Xo'jand va Marg'ilonni qo'lga olib Quvaga kirgan Sulton Ahmad qo'shini shaharni kesib o'tuvchi Qorasuv ko'prigida toshqinga uchrab, tuya va otlari botqoq suvga cho'kib, ko'pi nobud bo'ladi. Ustiga-ustak o'lat tarqaladi. Qo'shin vahimaga tushadi.
(
Давомини ўқиш
)