
2012-yil 23-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi ochildi. Unda yalpi majlisga taklif etilgan Vazirlar Mahkamasining a’zolari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hozir bo‘ldilar. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi.
Senatorlar “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini ko‘rib chiqib, ma’qulladilar.
Konstitutsiyaviy Qonunni muhokama qilish jarayonida uning qabul qilinishi Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining navbatdagi saylovlarini tayyorlash va o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari va talablariga, saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shuningdek, xalqaro huquqning umumqabul qilingan prinsiplari va normalariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashi ko‘rsatib o‘tildi.
(
Давомини ўқиш
)