создание топика, блога, фотосета или ссылки

adabiyot:

Qo'qon Davlat Pedagogika instituti > Бир тахмис хусусида

З.Қобилова, доцент.
М.Имомалиева, магистрант
Тахмис боғлаш шоир ижодий маҳоратини белгиловчи бош хусусият ҳисобланиши қийин. Ғазал ҳар томонлама пишиқ-пухта бўлса-ю, унга боғланган мисраларнинг нуқсонлари кўзга ташланиб турса, байтлар мазмунини тўлиқ очиб беришга бўйсундирилмаса ёки аксинча, ғазал анчайин саёз бўлгани ҳолда, унга боғланган мисралар пишиқ бўлса, ҳар икки ҳолатда ҳам яратилган тахмиснинг шуҳрат топишига умид қилиб бўлмайди. Амирий тахмислари, шубҳасиз, ҳар икки ҳолатдан холи, яъни тахмис учун танланган ғазаллар ҳам, унга боғланган мисралар ҳам бадиий жиҳатдан баркамол.
Читать дальше

Qo'qon Davlat Pedagogika instituti > O’zbek mumtoz adabiyotining asosiy yo’nalishlari va manbalari

Siddiqov M.,Dehqonova M.,magistrant
Oliy ta’lim bakalavrlari va magistrlariga”O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” dan alohida fan sifatida dastlabki kurslarda saboq beriladi.Mazkur adabiyotning asosiy yo’nalishlarini belgilashda uning manbalariga e’tibor qilish masalani aniq belgilashga ko’mak berishi tabiiy. Darhaqiqat, mumtoz adabiyotimiz o’z shakllanish va taraqqiyot bosqichida uzoq va serqatlam yo’lni bosib o’tishi natijasida uning asosiy yo’nalishlari voqe bo’ldi. Bugunda biz ko’nikkan mumtoz adabiyotning shakllanishiga omil bo’lgan manbalarga e’tibor qilinsa ,ularning turli- tuman bo’lganligini ko’rish mumkin.Xo’sh ,bu serqatlamlik nimalarda ko’rinadi? Birinchi galda, mumtoz adabiyotning g’oyalar oqimida.
Читать дальше

Qo'qon Davlat Pedagogika instituti > “Hayrat ul –abror”muqaddimasining muqaddimasi

Dehqonova M.,magistrant,QDPI
“Hayrat ul-abror” ulug’ Navoiy “Xamsa “sining dastlabki dostonining nomi. Agar ta’bir joiz bo’lsa,“Xamsa”ning ochqich,fotiha dostoni hisoblanadi.Muqaddas kalomning “Fotiha”surasi tasvirlarda”och –qich sura”,”Ummul Qur’on” (“Qur’onning onasi”) deb ataladi. Buning sababi esa,Qur’-oni Karimning mavjud 114ta suraning mazmun-u mohiyati ayni shu surada mujassam-lashgan. “Hayrat ul-abror” da ham “Xamsa”ning mundarijaviy dostoni sifatida undagi qolgan to’rt dostondagi o’y-fikrlar ,tasvirlangan voqea-hodisalar ,qahramonlarning xatti-harakatlari ,ulardan kelib chiqadigan xulosalarning mag’zi ayni shu dostonning muqaddima va xulosa boblarida, maqolat hikoyalarda o’z mujassamini topgan.
Читать дальше

Блог им. nasurlayeva > Zulfiyaning umr yo'li

 
 
Zulfiya 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug’ilgan. Zulfiya beshta o’g’ildan keyin intiq kutilgan qizaloq edi.
 
Zulfiyaning otasi Ismoil Degrez bo’lgan,
Temirchilik ishining, Siru asrorin bilgan.
Yasab turli buyumlar, Halol mehnatin qilgan.
O’z o’rnida ota bo’lib, Yaxshi tarbiya bergan!
Ota qizcha nigohida, Qo’g’irchoq ham quyardi,
Yasab bering qo’girchoq deb, Iltimosin qilardi.
Havas bilan boqardi, otasiga Zulfiya
Mehnatsevar, halollikdan, Topdi ta’lim tarbiya!
 

Читать дальше

Qo'qon Davlat Pedagogika instituti > QDPI dotsenti M.Jamoliddinov va II bosqich magistranti M.Dehqonovalarning Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasini o’rganishda ilmiy, zamonaviy usullardan foydalanishga bag'ishlangan maqolasi

XX asr o’zbek adabiyotida hikoya janrining rivojiga  ulkan hissa qo’shgan yozuvchilardan biri Abdulla Qahhordir. Bugungi zamonaviy adabiyotda adibga  hikoya  janrining ustasi deb  ta’rif  beriladi.Chunki  u  har bir  hikoyasida  jamiyatning  va  insonlarning  hayotidagi  turli  xil  muammo  va  illatlarni intimik  satira ostiga  oladi. Jumladan, “Bemor”, “O’g’ri”,”Dahshat”,”Anor”  va boshqa ko’plab hikoyalarida milliy urf- odat va qadriyatlar jarayonida katta masalalarni ko’taradi. Adibning yuqoridagi har bir kichik epik asari sarlavhalarida ulkan muammolar tasviri yotadi. O’quvchiga hikoyani o’tishdan avval sarlavhalar mazmunidagi ma’no xususiyatlarni tushuntirish, epigraf yuzasidan tahlilllar o’tkazish lozim.


        


Читать дальше

NavDPI > Алишер Навоий “Хамса”сида Хизр образининг ғоявий- бадиий ифодаси

Образование и наука

      Аннотация.  Алишер Навоий “Хамса”сида Хизр образи кўп учрайди. Бу образга хос назарий маълумотларга эга бўлиш байтлар мазмунини англашни осонлаштиради. Ушбу мақолада Хизрга хос сифатлар, у билан боғлиқ хусусиятлар “Хамса” достонлари асосида таҳлил қилинган.


       


Читать дальше

Блог им. baxt81 > Zulfiya-muhabbat va sadoqat timsoli

                    Zulfiya-muhabbat va sadoqat timsoli


Ayol……uning zuvalasini tangri taolloning o’zi sabru bardosh,andishayu o’ktamlik,siru sehrning achchiq,shirin suvlari bilan omuhta qilib yaratganmi? Yer yuzida hayotning davom etishi,olam ichra olamlar-xonadonlarda umid chiroqlari o’chmasligi uchun,ko’ngillar xotirjamligi,farog’ati,xarorati so’nmasligi uchun o’tdan kirib suvdan chiqadi ayol. Bularning evaziga faqat bir qutlug’ ne’mat-Muhabbat kutadi. Shu bois ham ayol o’zining bor husnu,maloxatini,umrini ma’naviy javoxirlarini muhabbatga nazira etadi. Ammo mo’jaz soz yanglig’ vujudida tarang tordek titrab,jaranglab turgan muhabbatning bevaqt hazon bo’lishi…


Qismat Zulfiya umrining Hamid Olimjon bilan kechgan qariyb o’n yillik bo’lgani muhabbatning bekam baxti bilan siyladi. Ammo…,,Hamid Olimjon olovli va kutilmagan bir fojia tufayli go’yo yonib ketdi-yu,Zulfiyaxonim ham o’sha otashda barobar yondi’’


Zulfiya opa 1944-yil 3-iyul kunida boshiga tushgan ayriliq musibatini mardonavor ko'tardi. Hamid Olimjonning fojiali halokati uning hayotini ostin-ustun qilib yubordi, lolu karaxt qildi. Bunday ayriliq iztiroblari olovida kuyib, qul bo’lib, qaqnusday qayta tirilish oson emasdi. O’sha mudhish kechada peshonamda bir tutam sochim oppoq qorday oqargan, derdilar opa. Qo’limda qalamni mahkam ushlab, ikki kishi uchun yashab, ishlashim kerak edi, derdilar. Lekin Zulfiya dardu dilini hammadan ko’proq qalamiga ochdi, hijron qiynoqlari, iztiroblarini, sog’inchlarini she’rlariga to’kdi.


 

Блог им. nasurlayeva > Aql va qalb

Yurakkinam shu kunlar,


Juda-juda beboshda.


Jilovini olay deb


Aql kurash boshida.


Bir yon yurak isyonkor,


Bu jonda ne gunoh bor?!


Bir yon aql tig’ urar,


O’zimmi yo gunohkor?!


Umr bo’yi mojaro,


Aql va qalbning ishi,


Jabr ko’rgan men sho’rlik,


Boshda qalbning tashvishi!


Aql tig’I xo’p o’tkir,


Har nelarga o’tardi.


Bosilmadi bu ko’ngil,


Tug’yon urib o’rtardi


Kunlar o’tar shu zayil,


Tanimda kurash kechar.


Ikkisi bir bo’lmasa,


Sabo holi ne kechar?!


Yo’llarini bir qilmoq,


Bunga oliy hukmdir.


Yo’qsa bunda g’olib yo’q,


Halokatga mahkumdir!

JizDPI > «O’tgan kunlar » manaviyati «erk» bag’rida

Образование и наука

Маълумки, ўзбек романчилигининг илк асари бўлмиш «Ўткан кунлар» ХХ аср мобайнида яратилган янги ўзбек адабиёти учун бадиий намуна ва адабий маҳорат мактаби ҳисобланади. Зеро илк ўзбек романида тасвирланган ва кўтарилган маънавий-ахлоқий муаммолар янги тарихий шароитда, янги авлод кишилари тақдирларида ўзига хос тарзда такрорланиши кўп бор кузатилган. Шундай бўлиши табиий ҳам, чунки чинакам бадиий асар умумахлоқ ва умумфалсафий масалаларни қайсидир даражада умумлаштириши, намунавий ҳолга келтириши тайин.



Читать дальше