Тасдиқлаш
Mamlakatimiz mustaqilligining 20 yillik to'yi arafasida Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asari ozarboyjon tiliga tarjima qilinib, chop etildi.
«Boburnoma» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; o'zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski o'zbek (chig'atoy) tilida yozilgan (taxmiman 1518/19 — 1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham ma'lum. Boburning o'zi esa «Vaqoye» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan. «Boburnoma»da 1494 — 1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o'ta aniqlik bilan bayon qilingan bo'lib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqdir.