Ish bilan band bo’lib, uyda o’z farzandini yolg’iz qoldirishni istamagan ota-onalarga bolalar bog’chasi yaxshi xizmat qiladi. Bundan tashqari farzandingiz o’z tengdoshlari orasida tezroq muloqotga kirishishni, odamlar bilan qo’shilib o’zini qanday tutishni sekin-asta o’rganib boradi. Hozirgi paytda bolalar bog’chasi ancha ko’payib qoldi.