Farzandingiz yaxshi o'qimayaptimi?

Agar farzandingiz maktabda yaxshi baho olmayotgan bo’lsa, o’zlashtirishi past bo’lsa, bu sizni hovotirlantirishi aniq. Ammo bu degani farzand qattiq nazorat va siquvga olinisih kerak degani emas.  Aksincha ota-ona bunday paytda farzandga yordam berishi va uni qo’llab quvvatlashi, ichki kechinmalari bilan o’rtoqlashishi lozim. Odatda bunday paytda ota onalar farzandini past bahosi uchun jazolashga harakat qiladi. Axir bola sizning  jazoingizsiz ham maktabda yomon baho bilan jazolanganku, shunday ekan sizning jazo berishingiz bu yerda ortiqcha. Agar siz uni har bitta harakatidan norozi bo’laversangiz, bolangizda o’ziga bo’lgan ishonch yo’qoladi, natijada bolangiz kelajakda o’ziga ishonch yo’q, tortinchoq va har bir ishni qilishdan oldin o’zidan qo’rqadigan farzand bo’lib yetishadi. ...Batafsil

Farzand-jondan aziz

      Shoh Akbar va uning dono vaziri haqidagi bir ibratli hikoya bor:
Ayonlari bilan suhbat qurib o'tirgan Shoh Akbarning tizzasida ikki yoshli shahzoda Salim sho'xlik qilardi. Shoh o'g'lining qiliqlaridan zavq olardi. Bir vaqt shoh ayonlaridan: «Tirik jon uchun dunyoda eng aziz narsa nima?» deb so'radi. Ayonlar turli fikrlarni bildirdilar. Shoh bu fikrlarni rad etaverdi. Akbarshohning o'g'li qiliqlaridan zavqlanayotganiga e'tibor bergan vazir:
-    Podshohim, tirik jon uchun eng aziz narsa o'z farzandidir, — dedi.
Shoh Akbarga bu javob ma'qul keldi. Shu vaqt saroyga Bosh vazir Birbal kirib keldi. Akbarshoh unga ham ayni shu savolni berdi. Birbal o'ylab ham o'tirmay: «Tirik jon uchun eng aziz narsa o'zining joni», deb javob berdi. Shoh bu fikrni rad etib, «Yanglishding, eng aziz narsa farzand», dedi.

( Давомини ўқиш )