Тасдиқлаш
Yoz faslida qizlarimiz yanada go'zal bo'lib yurishga intilishadi. Shu maqsadda biz bugun latofatli qizlarimiz uchun ajoyib bo'lgan tirnoq bezaklarini taqdim etmoqchimiz. Bularning barchasi kelayotgan yoz fasliga mo'ljallangan bo'lib, uning ichida: oddiy kun uchun, oqshomlar va nikoh to'ylari uchun maxsus bezaklar berib o'tilgan. Rasmlarni tomosha qiling va yanada go'zal bo'ling, latodatli qizlarimiz!
Ochiq oyoq kiyimlar mavsumi deyarli boshlanib ketdi. Har qalay, bu yilgi obi-havoning ancha o’zgarishi tufayli yozgi ochiq oyoq kiyimlarga o’tish biroz kechikyapdi. Lekin, bunday ochiq oyoq kiyimlar kiyish uchun sizning oyoqlaringiz tayyormi? Bunda biz sizlarga ko'maklashamiz.
Inson uchun eng ajoyib sovg'a bu o'z qo'li bilan tayyorlangan, yasalgan sovg'adir. Yaqinlaringizga ajoyib sovg'a hadiya etishni istasangiz, bu borada biz sizga yordam beramiz. Bugun sizlar bilan qisqa vaqt ichida ajoyib sovg'a — braslet tayyorlashni o'rganamiz.
Ko’zoynaklar – bu nafaqat kerakli buyum, balki bu insonning tabiatini, uning mansabini hamda kiyinish uslubini ko’rsatib beradi.
Soch — bu qizbolaning ko’rki, uning chiroyiga chiroy qo’shib turuvchi go’zal bir jihatidir. Sochi uzun qizlarga azal-azadan havas qilishgan. Ammo fasllar o’zgarishi bilan sochlarimizda ham turli o’zgarishlar ro’y beradi. Soch to’kilishi, qayzg’oq tushishi, yoki nimjon bo’lib qolishi – bularning barchasi fasllar almashinishi bilan bo’gliq bo’lgan o’zgarishlardir. Shu sababdan bugun men sizlarga soch parvarishiga oid maslahatlar berib o'tmoqchiman.
Dunyodagi mashhur Sindi Kroufurdning pardoz bo’yicha kitob yozgani hech kimga sir emas, albatta. U oddiy pardoz ashoyolaridan ham chiroyli narsalar yaratishni o’rgatgan. Hozirgi davrda bizda vaqt deganlari topilmas bir bebaho narsaga aylangan. Shunday ishlar ko’p kunlarda shoshilinch biror joyga borishga to’gri kelib qoladi. Shunday vaqtda nima qilsa bo’ladi? Uyingizga borib pardoz qilishga, yoki go’zallik maskaniga kirib chqishga vaqt yetmasligi mumkin. Bunda yana bir bor sumkangizni ko’zdan kechiring. Qo’l ostingizda nimalaringiz bor?

Qish faslida sharfga doim ehtiyoj seziladi. Agar o’z qo’llaringizda sharf to’qiy olsangiz nafaqat o’zingiz, balki yaqinlaringizni ham xursand qila olasiz. Siz uchun sharf to’qishning eng oddiy usulidan namuna keltiramiz. Buning uchun bizga quyidagilar kerak bo’ladi.
Soch – insonning husni. Qolaversa u salomatlik belgisidir. Shu bois sochlar alohida parvarishni talab qiladi. Sochlaringiz sog’lom, ko’rkam, o’zingizga bo’ysinuvchan va jozibali bo’lishini, qazg'oq muammosini bartaraf etishni va tezda uzun sochlarga ega bo’lishni istasangiz, quyidagi maslahatlarimiz sizga asqatadi degan umiddamiz
Bugungi kun moda olamida galstuk eng zarur aksessuarlardan biri hisoblanadi. Ularning turlari va ranglari turlicha. Galstukni bog’lashning ham turli yo’llari bor. Ba’zan galstukni qo’limizga olamiz-u bog’lashga qiynalib ketamiz. Ba’zi joylarida xatoga yo’l qo’ysak kutilgan natijaga erisha olmay qolamiz, shuning uchun quyida galstuk bog’lashning eng sodda usulini berib o’tishga qaror qildik. Rasmdagi ketma-ketlikka e’tibor berib bog’lang. Shubhasiz, siz buning uddasidan chiqasiz.