Bir do'stim oldimga kelib, dedi: «Menga nasihat so'zlaridan aytib, bir maslahat bersang! Men unga dedim: „Ey rafiq, mening ham dilimda shu narsaga yetmoq ranji, nasihat ganjini topmoq ranji bor!“
Lekin hakimlarga taqlid qilib, bir necha og'iz so'z aytishim mumkin. Shoyad o'sha so'zlar senga ta'sir qilsa. „Ular qaysi so'zlar?“ — deb so'radi u. „Kam yegin, — dedim unga, — toki o'zing ranj tortmagaysan.
Kam uxla, to idroking ma'nodor ganjni fahmlashdan ojiz bo'lmagay. Kam yemoq yana kam demoqqa bog'liqdurkim, kam yeyilgan vaqtida kishida gapirish uchun qudrat va havas kam bo'ladi“.
Hakim Qooniy.
(
Давомини ўқиш
)