Тасдиқлаш
Pragoimex a.s. Chexiya kompaniyasi 13 fevral 2012 yil O’bekistonga yangi rusumdagi ikkitata yangi tramvay jonatdi. Anons.uz saytinng habar berishicha, tramvaylar milly bayramimiz Navro’z arafasida poytaxtimiz Toshkent shahriga keltiriladi.
Bundan ancha yillar ilgari bir mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat yuzasidan borganimda u yerda yosh oilaning qo‘ydi-chiqdi masalasi ko‘rilayotgan edi. Ishtirok etdim. Gapning ochig‘i, yosh er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan ekan. Achinarlisi, o‘rtada ikki nafar norasida go‘dak ovorayu sarson.
Oila mo‘’jaz qo‘rg‘onga o‘xshaydi, uning poydevori, metindek ustunlari bor. Salomatlik — oilaning tamal toshi. Yurtboshimiz qutlug‘ niyat bilan yangi yilni Mustahkam oila yili deb e’lon qildi. Oilaning mustahkamligini belgilovchi asosiy jihatlardan biri — avvalo sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, albatta. Bunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning o‘rni juda muhim.
Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘mak va imkoniyatlar yaratib berish, tarbiyaviy muammolarni yechish, shuningdek, yosh avlodni hayotga yo‘llashda oila instituti rivojlanishi alohida o‘rin tutadi. Bu ezgu ishlarga munosib hissa qo‘shish partiyamiz dasturiy maqsadlari qatoriga kiradi. Shu bois, Mustahkam oila yili munosabati bilan amalga oshiriladigan ishlarda partiya tashkilotlari, mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari va fraksiyamiz faol ishtirok etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan huquqiy islohotlar samarasida ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning bir turi sifatida oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi sifat darajasiga erishildi. Xalqimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar va an’analar zamonaviy tajribalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yangi oila qonunchiligi shakllantirildi. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda oila munosabatlarining huquqiy asoslari yaratildi.