Og'ir tibbiy-sotsial kasalliklar aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Qandli diabet ana shunday xastaliklardan biridir. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 360 million kishi ushbu darddan aziyat chekmoqda. Mutaxassislarning fikricha, kasallikning o'sish sur'ati shu zayl davom etsa, 25 yildan so'ng har olti kishining biri, asr o'rtasiga kelib, har ikki kishining biri qandli diabetga chalinish ehtimoli bor. Bu kabi salbiy holatning oldini olish mumkinmi? Mamlakatimizda qandli diabet profilaktikasi bo'yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? O'zbekiston Milliy matbuot markazida o'tkazilgan matbuot anjumani xuddi shu masalalarga bag'ishlandi.
(
Давомини ўқиш
)