
Bundan ancha yillar ilgari bir mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat yuzasidan borganimda u yerda yosh oilaning qo‘ydi-chiqdi masalasi ko‘rilayotgan edi. Ishtirok etdim. Gapning ochig‘i, yosh er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan ekan. Achinarlisi, o‘rtada ikki nafar norasida go‘dak ovorayu sarson.
O`shandagi holat hech ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Mahalla oqsoqolining xonasida er va xotin tomondan kelgan vakillar joy olgan. Hammaning maqsadi mushtarak: yosh oilani asrab qolish. Tomonlar biri qo‘yib, biri gapiryapti. Kelin tomondan kelgan mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi aytgan so‘zlar hamon qulog‘im ostida jaranglab turibdi. «Siz turli maishiy, o‘tkinchi masalalarni deb ajrashib ketishingiz mumkin. Lekin, mana bu qorako‘zlarning taqdiri nima bo‘ladi? Siz kelisholmasangiz, til topisholmasangiz bularda nima ayb? Axir, ularni tirik yetim qilish uvol-ku! Ularning kelajagiga bolta urib, kechirilmas gunoh qilayotganingizni bilasizlarmi? Bolajonlar bamisli farishta. Ularning ko‘ngli yarim, dili o‘ksik bo‘lsa, siz hech qachon baxtli bo‘lolmaysiz, xotirjam yasholmaysiz», — dedi u kuyunib.
(
Давомини ўқиш
)