Xotirjamlik

Qadimda jinoyatchi  deb topilgan kishini dor ostiga keltirishib  ,unga oxirgi so'zni berishib shoh shunday debdi:
— Tila tilagingni .
-Podshohi olam, bir yil muddat bersangiz, yaxshi ko'rgan otingizni gapirtiraman ,- debdi u
to'satdan. Hamma hayron. Uzoq maslahatdan so'ng  shoh ruxsat beribdi .
-Bu nima qilganing, ot gapimaydi  bunaqada   ahvoling nima bo'ladi ,- deyishsa yaqinlari ,u xotirjam:
— Bir yilda yo men o'laman ,yo ot .Balki shoh o'lar ,- debdi
Buni qarangki, ot o'lib  qolibdi

Til bilgan el biladi

    Til bilgan el biladi bugungi kunda jaxon tillarini o’rganish toboro ehtiyoj bo’lib borayotgan davrda til o’rganayotgan o’rganayotlarga turli samarali o’quv dastur metodlar ishlab chiqilmoqda va yanada rivojlanayotganini amaliy seminarlarda guvohi bo’lishimiz mumkin kuni kecha  shunday seminarlardan biri OzDJTUda oliy ta’lim muassasalarining xotijiy ingliz, fransuz, nemis, ispan, tillari 250dan ortiq respublikamizning  yetakchi professor-o’qituvchilari ishtirokida bolib o’tdi.
   Ta’lim tizimida ingiliz tilini o’qitish sifatini yanada takomillashtirish bo’yicha ta’lim, fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi innovasion korporativ hamkorlik modeli haqida O’zDJTU rektori A.A.Ismailov

( Давомини ўқиш )

Innovatsiya – zamonaviy iqtisodiyot dvigateli

  Toshkentda Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar V Respublika yarmarkasi nihoyasiga yetdi.
Poytaxtimizdagi “O‘zeksportmarkaz”da 3-5-may kunlari bo‘lib o‘tgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar V Respublika yarmarkasida mamlakatimiz olimlari va mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangiliklarni joriy etish bo‘yicha umumiy qiymati 10 millard 300 million so‘mlik uch yuzdan ziyod shartnoma imzolandi.
     An’anaga aylangan ushbu innovatsiyalar yarmarkasi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida har yili o‘tkazib kelinmoqda. Ishlab chiqarishni eng ilg‘or texnologiyalar bilan sifatli yangilash hisobidan uni jadallashtirish va raqobatbardoshligini oshirishga asoslangan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Shu maqsadda uning ilm-fan bilan integratsiyalashuvini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotir, ular o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish uchun samarali mexanizm yaratildi.

( Давомини ўқиш )

BMT Bosh kotibi maxsus vakili Yan Kubish bilan uchrashuv


     2012 yil 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida davlatimizga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi maxsus vakili va Afg‘onistonga Ko‘mak missiyasi rahbari Yan Kubish qabul qilindi.  Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
    Afg‘oniston muammolarini muhokama qilish chog‘ida O‘zbekiston qo‘shni davlatga ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish jaroyonlarida salmoqli ko‘mak berayotganligi qayd etildi.
    Muloqot davomida tomonlar Afg‘onistondagi ko‘pyillik nizoni tinch yo‘l bilan hal etishda o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.


manba

Yurak qayta jonlandi

 Avstraliya olimlari hujayrani qayta tiklash yordamida to‘xtagan yurakni qayta ishlatish yo‘lini kashf qildilar. Tajriba sifatida sichqon va maymun yuragidan foydalanildi. Ularning yuragidan barcha o‘lik hujayralar olib tashlanib, o‘rniga o‘zak hujayralari joylashtirilgan. Hujayralarning ko‘payish jarayoni esa faollashtirilgan. Natijada mazkur to‘qimalar qayta tiklanib, yurak ura boshlagan.
   Shifokorlar ushbu usulni inson yuragida ham qo‘llash mumkinligini ta’kidlamoqda.





manba

Aql yoshda emas…

  Buyuk britaniyalik Xaydi Xenkins ismli qizaloq dunyodagi intellektual salohiyati eng yuqori kishilar tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Maxsus testdan 159 ball olgan to‘rt yoshli Xaydi o‘zining yuksak qobiliyati bilan olimlarni hayratga soldi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunday testlarni topshirgan katta odamlarda o‘rtacha ko‘rsatkich 100 ballni, o‘ta iqtidorli insonlarda 130 ballni tashkil qiladi.
  “Telegraf” nashrining yozishicha, arifmetikani hech bir qiyinchiliksiz hisoblay oladigan, geometrik figuralarni chizishni, o‘qishni va yozishni o‘zidan 6-7 yashar kattalarga o‘rgata oladigan Xaydining ota-onasi farzandidagi bu qobiliyatni ikki yoshligida sezgan.


manba

Farovon kunlar barakasi

   Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 18-aprelda qabul qilingan “Ikkinchi jahon urishi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda inson manfaatlarini himoyalash, qadr-qimmatini ulug‘lash, keksa avlod vakillariga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi xayrli ishlarning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.
    – Davlatimiz rahbari tomonidan biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, g‘amxo‘rlik va izzat-ikromdan behad mamnunmiz, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Andijon shahri Do‘stlik mahallasida yashovchi Homidjon Rahmatov. – Keksalari hurmatda, yoshlari izzatda yurtdan hech qachon baraka arimaydi.
    H.Rahmatov urushdan keyin uzoq yillar qurilish sohasida mehnat qilgan. Bugun u yashayotgan mahallada tadbir va marosimlar uning maslahatisiz o‘tmaydi, barcha otaxonga ehtirom ko‘rsatishga oshiqadi. Zero, yurtimiz, mana shunday mehr-oqibat va ehtirom tufayli ham tinch va oboddir.


manba

Davra suhbati “Mustahkam oila yili” mavzusiga bag’ishlandi

“Jahon” AA, Berlin — O’zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida mamlakatimizning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.
     Tadbirda Germaniyaning siyosiy, ekspert-tahlil, ishbilarmon va madaniy-gumanitar doiralari, ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, “Log Training” Germaniya — O’zbekiston qo’shma ta'lim loyihasi mutasaddilari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabi delegatsiyasi a'zolari ishtirok etdi.

( Давомини ўқиш )

Xitoy matbuoti sahifalarida O’zbekiston mavzusi

  Xitoy ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik yillari davomida erishilgan keng ko’lamli muvafaqqiyatlar, O’zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tobora rivojlanib borayotgan o’zaro manfaatli va teng huquqli aloqalari haqidagi xabar-maqolalarni atroflicha yoritib borayotgani kuzatilmoqda. Yaqinda Shanxayda nashr qilinadigan “Donfan Szaobao” gazetasi ham  o’z sahifalarida O’zbekiston va mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan munosabatlariga bag’ishlangan qator maqolalarni    chop    etdi.
    “Xitoy va O’zbekiston munosabatlari: kelgusi 10 yilga nazar” sarlavhali maqolada qayd etilishicha, ikki xalq o’rtasidagi o’zaro munosabatlari tarixi Buyuk Ipak yo’li davriga borib taqalgani holda ular zamonaviy bosqichda ham jadal rivojlanib bormoqda. Oliy darajada bo’lib o’tgan qator tashriflar, jumladan, XXR Rasini Xu Szintaoning 2010 yil iyun oyida O’zbekistonga va mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning aprelida Xitoyga buyurgan davlat tashriflari tomonlarning barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga    tayyor    ekanligini    namoyish    qildi.

( Давомини ўқиш )

Sport va san’at uyg’unligi

   Ham jismonan, ham manan barkamollik har qanday insonni ham jamiyatda yaqinlari davrasida o’z o’rniga ega bo’lishi uchun eng asosiy omildir. Mustaqillik yillaridan, barcha sohalar qatori sportning rivojlanishi sog’lom avlod tabiyasiga doir amaliy ishlarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Imkoniyatlar darajasini yurtdoshlarimizni  jahon arenalarida egallayotgan oliy o’rinlari misolida ko’rishimiz mumkin. Yoshlarimiz o’rtasida sport o’yinlarini o’tkazish an’ana, bayramlarga aylanib ulgurdi. Kuni kecha shunday bayramlardan biri Chilonzor tumanida joylashgan 1-Toshkent pedagogika kolleji ikkinchi bosqich talabalari o’rtasida “Jismoniy barkamollik- go’zallik ramzidir” shiori ostida bir necha yildan buyon o’tkazilinib kelinayotgan “Ayrobika’’ sport musoboqasini o’quvchilar har yili orziqib kutishadi. Bunda ishtirokchilar o’zbek  milliy musiqalariga jismoniy harakatlar orqali raqsga tushishadi. Sport va san’at uyg’unligida  professional bo’lmagan talabalarning chiqishlari ko’pchilikni lol qoldirdi.

( Давомини ўқиш )

Hamkorlik samarasi

Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlaridagi ta’lim muassasalarida “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Mening maktabim – mening faxrim” loyihasi asosida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
   Bag‘dod tumanida tashkil etilgan ana shunday tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.
   O‘tgan yillar davomida Farg‘ona viloyatidagi barcha ta’lim muassasalari bugungi kun talabi darajasiga keltirildi. Maktablar zamonaviy o‘quv qurollari, laboratoriya asbob-uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Ayni paytda viloyatda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash ishlarini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor kuchaytirilmoqda. Bunda “maktab-oila-mahalla” hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

( Давомини ўқиш )

Sifat – iqtisodiy rivojlanish mezoni

 Poytaxtimizda shunday shior ostida “TQM Uz – 2012” xalqaro sifat forumi ish boshladi.
Toshkentda beshinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu forum “O‘zstandart” standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sifat menejerlari va auditorlari xalqaro assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “InterSert konsalting Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etildi.
     So‘nggi yillarda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida erishilgan iqtisodiy rivojlanish sur’atlari O‘zbekistonni dunyoda jadal rivojlanib borayotgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilishiga yordam berdi. Shiddat bilan rivojlanayotgan global bozor sharoiti mahsulotlar, xizmatlar, tashkilotlar, xodimlar va boshqaruv uslublariga turli talablarni qo‘ymoqda. Ushbu talablar xilma-xilligini bir so‘z – “sifat” tushunchasi bilan ifodalash mumkin.

( Давомини ўқиш )

Toza havo – salomatlik garovi


    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-oktabrdagi “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida mamlakatimizda “Toza havo” tadbiri o‘tkazilmoqda.
     O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqarilayotgan zaharli gazlarni kamaytirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va salomatligini saqlashdir.
    Toza havo – inson sog‘-salomat uzoq umr kechirishi uchun zarur bo‘ladigan kislorod va boshqa ko‘plab muhim mikroelementlar manbaidir. Keyingi yillarda paydo bo‘layotgan global ekologik muammolar va kundan-kunga ko‘payib borayotgan avtotransport vositalari havoni ifloslantirib, ko‘plab tibbiy-ijtimoiy, ekologik muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘layotir

( Давомини ўқиш )

Bahorgi marafon – ijod va ilhom manbai


       Toshkentda “Tasviriy san’at+5” ijodiy haftaligi yakunlandi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ijodiy loyiha yoshlar, san’atsevar xalqimiz, xorijiy mehmonlar uchun chinakam nafosat va go‘zallik bayramiga aylandi.
      O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida haftalik yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda keng jamoatchilik vakillari, yosh ijodkorlar, musavvirlar, usta-hunarmandlar, san’atshunoslar, o‘qituvchilar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
      O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri T.Qo‘ziyev, Badiiy akademiya raisi A.Nuriddinov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tasviriy san’atni ravnaq toptirish yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, estetik didini tarbiyalashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi

( Давомини ўқиш )

AKTdan foydalanish ko‘lami kengaymoqda

Sirdaryoda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish: ustuvor vazifa” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
      Unda turli davlat va nodavlat tashkilotlar, bank, moliya muassasalari, xususiy korxonalar vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.
      Anjumanda Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
       Davlatimiz rahbarining 2012-yil 21-martda qabul qilingan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga oid qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli va samarali amalga oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

( Давомини ўқиш )

Innovatsiyalar – taraqqiyotga xizmat qiladi




    Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati o‘rtasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor qaratilmoqda.
     Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qisqa vaqt ichida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda shu asosda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishni sezilarli darajada kengaytirish mumkin. O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi (“O‘zeltexsanoat”) raisi Tabriz Jalilov O‘zA muxbiriga innovatsion faoliyat, avval bo‘lib o‘tgan to‘rtta Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkalarida uyushmaning ishtiroki hamda istiqbol rejalari haqida so‘zlab berdi.

( Давомини ўқиш )

Битирувчиларга имтиёзли кредитлар ажратиляпти


  Ўзбекистон банклар ассоциациясида тадбиркорликнинг оилани мустаҳкамлашдаги ўрнига бағишланган анжуман ташкил этилди. Унда тадбиркор аёллар ва касб-ҳунар коллежлари битирувчиларининг истиқболли бизнес лойиҳаларини кредитлаш тизимини янада такомиллаштириш масаласи кўриб чиқилди.
  Тадбирда касб-ҳунар коллежларининг битирувчилари ва тадбиркор аёллар таклиф қилган лойиҳалар орасидан энг муносиб деб топилган 57 та лойиҳа муаллифига имтиёзли кредит олиш ҳуқуқини берувчи сертификатлар топширилди.
  – Коллежда ўқишни битиргач, ушбу соҳа бўйича хизмат кўрсатиш билан шуғулланиш мақсадида «Аҳолига хизмат кўрсатиш фаолиятини ривожлантириш» лойиҳасини таклиф қилгандим. Лойиҳам учун Ўзбекистон Ташқи иқтисодий фаолият миллий банки 10 миллион сўм кредит ажратадиган бўлди, — дейди Тошкент ахборот-технологиялари касб-ҳунар коллежи битирувчиси Элдор Ҳамдамов
  Жорий йилда молия муассасалари барча молиялаш манбалари ҳисобидан кичик бизнес субъектлари учун 4,5 триллион сўм миқдорида маблағ йўналтириши, шундан 843 миллиард сўмдан кўпроғини микрокредитлар ташкил этиши мўлжалланган.

( Давомини ўқиш )

Aloqa va axborotlashtirish тaraqqiyotning muhim omili


 Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha jabhalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
  Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish va yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur qaror asosida Andijon viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir.
  – Keyingi yillarda viloyatda aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya tizimi to‘la modernizatsiya qilindi, – deydi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Lazizbek Usmonov. – Xususan, zamonaviy raqamli stansiyalar o‘rnatildi, shaharlararo va viloyat ichidagi magistral aloqa liniyalarida optik tolali kabellar, raqamli radiorele liniyalari o‘tkazildi. Televizion va radio uzatish vositalari tubdan yangilandi. Aholiga, korxona va tashkilotlarga axborot-kommunikatsiya xizmati ko‘rsatish sifati va samaradorligi oshdi.

( Давомини ўқиш )

Ko'ring va o'zingiz qaror qabul qiling

Biz har kuni bir necha marta foydalanayotgan qo'l telefonimiz nimalarga qodirligini ko'rib qanday foydalanish haqida o'ylab ko'ring.







YEXHT Oliy komissari – O‘zbekistonda

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut Vollebek 12 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi direktori Nasriddin Muhammadiyev bilan uchrashdi.
     Uchrashuvda Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida millati, dini va tilidan qat’i nazar, barcha fuqarolar teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi kafolatlangan. Bugungi kunda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamiyatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati tuzilmalarida mamlakatdagi barcha millat va elatlar vakillari faoliyat ko‘rsatmoqda.
     Muloqotda millatlararo va konfessiyalararo bag‘rikenglik mamlakatimizni rivojlantirishning o‘ziga xos jihati bo‘lib kelayotgani, millatlararo totuvlik va barqarorlik O‘zbekiston Respublikasida davlat siyosati va ijtimoiy taraqqiyotning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilangani ta’kidlandi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan bir yuz qirqdan ziyod milliy madaniy markazlar fuqarolarning o‘sib borayotgan milliy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashayotgani, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga, mamlakatda qaror topgan tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shayotgani qayd etildi.
    – O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotir, – dedi Knut Vollebek. –

( Давомини ўқиш )