Тасдиқлаш
Oila inson uchun eng muqaddas dargoh. Shuning uchun ham barcha birdek uni asrashga harakat qiladi. Lekin, arzimagan e'tiborsizliklar tufayli ko‘pchilikning oilasi barbod bo‘ladi. Quyida sizning oilaviy hayotingizni ko‘ngildagidek bo‘lishga ko‘mak beruvchi 6 ta qoida bayon etilgan. Ushbu qoidalar psixologlarning ko‘p yillik izlanishlari, tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqilgan.


Oilada shirin-shirin orzular og'ushida, qalblarga quvonch olib farzand dunyoga keladi. O'g'ildir, qizdir alloh bergan ulug' ne'matdir. Qiz bola ulg'ayar ekan uning ilk o'ynaydigan o'yinchog'i, ovunchog'i — qo'g'irchoqdir. Bolalar birga o'ynashar ekan ularning biri ota, biri esa ona, o'yinchoqlar esa farzandlari bo'lib o'ynashadi. Balkim, shundandir, oila to'g'risidagi tushuncha bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan. O'zbek xalqi shuning uchun ham oilani muqaddas deb biladi.