Uzoq va Baxtli Umr Ko’rish Siralri

Hamma ham uzoq umr ko‘rishni, umrining oxirigacha tetik, bardam yurishni orzu qiladi. Ammo bu har kimga ham nasib etavermaydi. Ruhshunoslar va tabobat ilmi bilimdonlari uzoq yillik kuzatishlar natijasida sog‘lom va tetik bo‘lishning, uzoq umr ko‘rishning siri nimadaligini aniqlamoqchi bo‘ldilar. Bu yo‘ldagi izlanishlari natijasida bir necha foydali maslahatlar tizimini ishlab chiqdilar. Quyida shunday maslahatlardan ayrimlarini e'tiboringiga havola etishni lozim deb topdik. Bu yerda qanday qilib uzoq va baxtli hayot kechirish to’grisidagi maslahatlar berib o’tilgan.  ...Batafsil

Erni Er Qiladigan Ham…(Yosh Kelinlar Uchun)

Турмуш қуриш бу ҳар бир инсоннинг ҳох у йигит бўлсин, ҳоҳ қиз – ҳамманинг орзуси. Балоғатга етган ҳар бир инсон шу ёшгача эришмаган бахтига турмуш қургандан сўнг эришишини чин дилдан орзу қилади ва ишонади...
Лекин, турмуш қургандан кейин эса ҳар ким ҳам ўз орзусига ета олмайди. Чунки хаёл билан ҳаёт ўртасида анчагина фарқ бор. Ўша орзуларга эришиш учун эса анчагина тер тўкишга тўғри келади.  ...Batafsil

Oila mustahkamligiga erishishning muhim sirlari (faqat qizlar uchun)

Оилангиз мустаҳкам бўлишини истасангиз қуйидагиларга амал қилинг:  ...Batafsil

Diqqat!!! Er xiyonatining oldini olish yo’llari

Hozirgi kunda tez-tez qulog’imizga chalinib turadigan “Erim xiyonat qildi” kabi so’zlar kundan kunga oddiy iboraga aylanib bormoqda. Xo’sh, bunga kim aybdor? Erning xiyonat ko’chasiga kirishiga kim sababchi? Ko’chada kun davomida o’ziga qaragan, yoqimli iforlar taralib turadigan ayollar bilan ish yuzasidan tez-tez suhbatlashishga majbur bo’ladigan erlarmi, yoki uyda yog’ hidi urib qolgan kiyimlarda yuradigan, o’ziga qaramaydigan, atir upa sepmay yurib, ko’chaga chiqish vaqti eri tanib bo’lmaydigan darajada o’zgaradigan ayollarmi?  ...Batafsil

Maktab Yoshigacha Bo'lgan Bolalar....

Bolaning qanday xulqli bo‘lishi uning oilada olgan tarbiyasiga bog‘liq. Farzandingizni tug‘ilganidan 6 yoshgacha bo‘lgan davri uning tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Bunda u oiladagi muhitni o‘ziga butunlay singdirib oladi. Biz bilgan va bilmagan xarakterlar aynan mana shu davr mobaynida shakllanadi. Shu sababdan, bunday davrda ota-ona farzandiga e'tiborli bo‘lishi lozim.  ...Batafsil

Farzandni burchlari

Senga aytay men farzandni burchlarin,
Bu dunyoga ado et ular barin.
Ota-onang oldida sen baqirma,
Isimlarin aytib zinhor chaqirma.  ...Batafsil 

 Maqola muallifi: Talaba

Baxtli oila qurishning 6 qoidasi

Oila inson uchun eng muqaddas dargoh. Shuning uchun ham barcha birdek uni asrashga harakat qiladi. Lekin, arzimagan e'tiborsizliklar tufayli ko‘pchilikning oilasi barbod bo‘ladi. Quyida sizning oilaviy hayotingizni ko‘ngildagidek bo‘lishga ko‘mak beruvchi 6 ta qoida bayon etilgan. Ushbu qoidalar psixologlarning ko‘p yillik izlanishlari, tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqilgan.  ...Batafsil

Asabiylikning sababi - Yod tanqisligidami?

Inson organizmi uchun suv va havodek zarur bo‘lgan elementlardan biri — yoddir. Yod organizmda qalqonsimon bez garmonlarini ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan modda. qalqonsimon bez garmonlari esa organizmning aqliy va jismoniy o‘sishi va rivojlanishi hamda tana a'zolarining faoliyati uchun juda muhimdir. Yurtimizda yetishtirilayotgan meva, sabzavot, don ekinlari va chorvachilik mahsulotlarida yod miqdori kam bo‘lib, organizmning yodga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Homilador ayollar, yosh bola va o‘smirlarda yodga ehtiyoj boshqalarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.  ...Batafsil

Doka ro’mol quritishning sirlari…

“Er-xotin urushi – doka ro’mol qurushi” deyilgan qadim-qadim zamondan. Shu sababdan nizolar vaqtida ikkala tomondan ham bosiqlik talab etiladi. Hafagarchilik o’tib ketadi, ammo o’sha vaqti aytilgan gaplar bir umrga dilda qolishi odamning ko’nglini g’ash qiladi. Kelishmovchililarning mazmuni va kelib chiqish sabablari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, psixologlar quyidagi maslahatlarni bilishni har bir er-xotin uchun g’oyat zarur hisoblaydilar.  ...Batafsil

Homiladorlikning nozik shartlari. Erlar ham buni bilishlari zarur!

Homilador ayolning hayot sharoiti, gigiyenasi, kun tartibi dunyoga keladigan bolaning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh, ayol kishi bo‘yida bo‘lganidan boshlab, to ko‘zi yorugunga qadar nimalarga e'tibor berishi kerak?  ...Batafsil

Oilada ma'naviy tarbiya

Oila va uning jamiyatda tutgan o'rni haqida ko'plab mulohazalar, fikrlar aytilgan. Haqiqatan ham bu shunday muhitki, unda vatanni suymoq, odamlarni, tabiatni qadrlamoq, ota-onaga hurmat va ehtiromda bo'lmoq darslari o'qitiladi. Oila qo'rg'onini qo'riqlay olgan yigit, vatan qo'rg'oni uchun jonini ham qurbon qiladi. Onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizga bo'lgan, mehr-muhabbati gulga kiradi, barg yozadi. Millat oilada shakllanadi.

Vatan ostonadan boshlanadi.

Hindistonning mashhur davlat va jamoat arbobi Javoharlal Neru qadimiy hind kitobidan shunday fikrlarni keltiradi: «Oila baxti uchun birgina odam qurbon, umum manfaati uchun — oila, vatan iqboli uchun — omma, yurak uchun — butun dunyo qurbon...»

( Давомини ўқиш )

Oila - jamiyat tayanchi

Konstitutsiyamizning 63-moddasida «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega», deb belgilab qo'yilgan. E'tiborli tomoni, huquqiy me'yorlar orasida ota-onalarning farzandlar oldidagi burchlari (64-modda) va boshqa davlatlardagidan farqli ravishda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburligi to'g'risidagi (66-modda) g'oyalar qonunan mustahkamlab qo'yilgan. Bu esa milliy qadriyatlarimizning umuminsoniy ahamiyatidan dalolat beradi.

Millat tarbiyasi — bola tarbiyasidan boshlanadi. Tarbiya esa, avvalo, oilada shakllanadi. Davlatimiz rahbari joriy yilni Mustahkam oila yili deb e'lon qilishi zamirida juda katta maqsadlar yotibdi. Oila jamiyatning, davlatning tayanch tog'idir.

( Давомини ўқиш )

Baxtli oila


Mamalakatimizda 2012 yilni «Mustahkam oila yili» deb atilishi jamiyatning bir bo'g'ini bo'lmish oilalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratishi shubhasiz. Oilaning «Baxtli oila» nomini olishiga ko'p jihatdan uning paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan ayol va erkakning roli katta. Bu borada buyuk ruhshunos Deyl Karnegining qimmatli maslahatlari barcha oilalarimizning baxtli bo'lishiga xizmat qiladi desak xato bo'lmasa kerak. Demak, D. Karnegi fikrlariga e'tibor qaratsak. ...Batafsil

 Facebook.com/Maslahat.uz 

Mustahkam oila – yurt ravnaqi

Oila — bu muqaddas dargoh. Uning mustahkam va daxldorligi jamiyat taraqqiyotini bеlgilaydi. Oila va jamiyat tushunchalarini bir-biridan ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila haqida” bo’lib, unda oila va jamiyat tushunchalari hamda davlatning ularga bo’lgan munosabati yoritiladi. Ushbu bobning 63-moddasida: “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va tеng huquqliligiga asoslanadi”, dеya izohlangan. Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyatni oila tashkil qiladi. Oila va jamiyat birdamlikda bir-birini to’ldiradi.

( Давомини ўқиш )

Oila tarbiyasining mohiyati

Oila tarbiyasi ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi. Shaxs shakllanishiga ta'sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo'lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o'ziga hos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda harakterlar to'qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmi ning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo'lgan mo''tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg'u halqimiz ruhiyatidagi o'ziga hos xususiyatlardan biridir.

( Давомини ўқиш )

Oilaviy baxtni asrashga oid maslahatlar


2012 – yil muhtaram yurtboshimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilindi. Darhaqiqat, oila – yurt tayanchidir. Uning tinchlik va farovonligi jamiyat taraqqiyoti, xotirjamligini ta’minlaydi. Har bir yosh oila yaxshi umidlar va ezgu orzular bilan yangi hayotga qadam qo’yadi. Bu orzu va istaklarga erishish esa ikki yoshning xatti-harakatlariga bog’liq.  ...Batafsil

Ma'naviy tarbiya - oiladan boshlanadi

Oila va uning jamiyatda tutgan o‘rni haqida ko‘plab mulohazalar, fikrlar aytilgan. Haqiqatan ham bu shunday muhitki, unda vatanni suymoq, odamlarni, tabiatni qadrlamoq, ota-onaga hurmat va ehtiromda bo‘lmoq darslari o‘qitiladi. Oila qo‘rg‘onini qo‘riqlay olgan yigit, vatan qo‘rg‘oni uchun jonini ham qurbon qiladi. Onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizga bo‘lgan, mehr-muhabbati gulga kiradi, barg yozadi. Millat oilada shakllanadi.

( Давомини ўқиш )

Pulni qanday tejash mumkin?


Bu nafaqat iqtisodchilarning, balki har bir oila tashvishi bilan yurgan yoki ertasini o’ylagan talabalarning ham eng muhim savollaridan biri bo’lsa kerak deb o’ylayman. Biz doim xarid qilganimizdan so’ng pullarimiz nimalarga sarf bo’lganini sezmay ham qolamiz. Ba’zan xaridlarimiz unumsiz, ammo chiqim ko’p xarj bo’lgandek tuyuladi.  ...Batafsil

Bolakaylarga ertak kitob tanlash



Siz ham bolaligingizda ko’plab ertaklar eshitgan bo’lsangiz kerak. “Oltin baliq”, “Yoriltosh”, “Uch og’ayni botirlar”, “Tohir va Zuhra” va hk. Ertaklar bola ruhiyatida muhim rol o’ynaydi. Afsonaviy qahramonlar bolakaylarning xarakteri, ichki dunyosi va dunyoqarashiga ta’sir etmay iloji yo’q. Shuning uchun ham xalqimiz qadimdan bir-biridan qiziqarli ertaklar aytib berib o’z farzandlarining tarbiyasi bilan shug’illanishgan. Ammo bolajonlarga hamisha ham siz tanlagan ertak yoqavermasligi mumkin. Buning uchun nima qilish kerak? Farzandingiz ma’nan sog’lom bo’lib ulg’ayishi uchun ularni to’g’ri yo’naltira olyapsizmi, ertaklarni to’g’ri tanlay olyapsizmi? Agar bu jihatlarga ilgari ahamiyat bermagan bo’lsangiz, unda maslahatimiz sizga qo’l keladi deb umid qilamiz....Batafsil


( Давомини ўқиш )

Oila-hayotning shoh asari

Bundan ancha yillar ilgari bir mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat yuzasidan borganimda u yerda yosh oilaning qo‘ydi-chiqdi masalasi ko‘rilayotgan edi. Ishtirok etdim. Gapning ochig‘i, yosh er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi uzoq vaqtdan buyon  davom etayotgan ekan. Achinarlisi, o‘rtada ikki nafar norasida go‘dak ovorayu sarson.

O`shandagi holat hech ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Mahalla oqsoqolining xonasida er va xotin tomondan  kelgan vakillar joy olgan. Hammaning maqsadi mushtarak: yosh oilani asrab qolish. Tomonlar biri qo‘yib, biri gapiryapti. Kelin tomondan kelgan mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi aytgan so‘zlar hamon qulog‘im ostida jaranglab turibdi. «Siz turli maishiy, o‘tkinchi masalalarni deb ajrashib ketishingiz mumkin. Lekin, mana bu qorako‘zlarning taqdiri nima bo‘ladi? Siz kelisholmasangiz, til topisholmasangiz bularda nima ayb? Axir, ularni tirik yetim qilish uvol-ku! Ularning kelajagiga bolta urib, kechirilmas gunoh qilayotganingizni bilasizlarmi? Bolajonlar bamisli farishta. Ularning ko‘ngli yarim, dili o‘ksik bo‘lsa, siz hech qachon baxt­li bo‘lolmaysiz, xotirjam yasholmaysiz», — dedi u kuyunib.

( Давомини ўқиш )