Har Narsadan Yaxshilik Izla

Mutoala
Shogird kun davomida kayfiyati yo’q bo’lib, qayg’uda yurdi. Shogirdining bunday tushkun kayfiyatda yurganini ko’rib, ustoz unga shunday dedi:
— Menga xonadagi barcha kulrang tusli buyumlarni aytib ber.
Shogird atrofiga qarab, kulrang tusdagi narsalarni qidira boshladi. Xonada kulrang tusdagi buyumlar juda ham ko’p edi: deraza romi, parda uchun karniz, stol ustidagi dasturxon, gilam va yana bir talay mayday chuyda narsalar. Shogird ko’rganlarini bir chetdan ustoziga so’zladi.  ...Batafsil

Uzoq va Baxtli Umr Ko’rish Siralri

Hamma ham uzoq umr ko‘rishni, umrining oxirigacha tetik, bardam yurishni orzu qiladi. Ammo bu har kimga ham nasib etavermaydi. Ruhshunoslar va tabobat ilmi bilimdonlari uzoq yillik kuzatishlar natijasida sog‘lom va tetik bo‘lishning, uzoq umr ko‘rishning siri nimadaligini aniqlamoqchi bo‘ldilar. Bu yo‘ldagi izlanishlari natijasida bir necha foydali maslahatlar tizimini ishlab chiqdilar. Quyida shunday maslahatlardan ayrimlarini e'tiboringiga havola etishni lozim deb topdik. Bu yerda qanday qilib uzoq va baxtli hayot kechirish to’grisidagi maslahatlar berib o’tilgan.  ...Batafsil

So'zlar so'zlar

 Soldo,figu, manoqib,partmen  ,eva, sentimo,injir,hajiografiya, so'm ,adam.
Ularning  juftlarini  ajratib beringchi .

Qanday Kayfiyatda Yurasiz?

Insoning ruhiy dunyosi, uning tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarga qanday munosabatda bo’lishi ham insonning tashqi qiyofasi, salomatligiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi. Arzimas narsalarga asabiylashish insonni tez qaritadi, salomatligiga putur yetkazadi. Shunday ekan, hayotga kulib boqishni o’rganing. Quyida e’tiboringizga havola test savollariga javob berib, hayotga qanday kayfiyatda boqishingizni bilib olasiz.  ...Batafsil

Ishdan Haydalishingizning 10 Alomati

Biz bugun nimaga aynan shu mavzuda ma’lumot berayotganimizga hayron bo’layotgandirsiz? Bu maqola bilan biz sizlarga ishda nimalarga e’tiborli bo’lishingiz haqida aytib o’tmoqchimiz. 
Ishdagi o’sish yoki ishdan haydalish barchamizga birday ta’sir qiladi. Ishdan haydalish nafaqat ishchiga ta’sir qiladi, balki ish beruvchilarga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi — chunki bularning barchasi katta xarajat talab qiladi-da. Bundan esa qochish mumkin. Buning uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.  ...Batafsil

O'zlik Sari Yetti Qadam: Kemtiklar - Ichki nuqsonlilik komplekslari

Tashqi nuqsonlardan o’z-o’ziga cheklov qo’yish tanganing bir tomoni, xolos. Odamlar psixikasida ichki nuqsonlilik komplekslari ham kuchli ildiz otgan. Bu komplekslar shaxs o’z fe’l-atvoridagi qaysidir, uning fikricha, nuqson bo’lgan jihatga katta ahamiyat berib yuborganidan kelib chiqadi. Yoki kishi u yoki bu qobiliyatlari yetarlicha rivojlanmaganidan o’zini boshqalardan kuchsizroq hisoblaydi.  ...Batafsil

O'zlik Sari Yetti Qadam: Kemtiklar - Nuqsonlilik komplekslari

“O’z kamchiliklarini ko’ra bilmagan odamdan emas, o’z nuqsonlaridan qochib yurgan odamdan qo’rqish kerak”
(Suqrot)

Bu tur komplekslar hammada uchraydi – ular juda ommabop. Har kim o’zida qandaydir kamchilikni ko’ra biladi – buni ko’pincha hech kimga aytmaymiz, ammo o’zimiz buni juda yaxshi bilamiz.  ...Batafsil

Bilmadim...

1.Lagan (tog'ora) ga suv solamiz undan oldin tuz solamiz  . Nima hosil bo'ladi ?
2.Ota -ona -xazina
   jigarlaring-  tayanch
   do'stlarchi -…                         bilmadim.

Ozgina o'ylang

-Amina  nima qilyapsan?
-Anisaga xat  yozyapman
-Iye sen xat yozishni bilmaysanku?
_.........................
hozijavob bo'la olasizmi?

O'zlik Sari Yetti Qadam: Kemtiklar - Komplekslar

Kompleks atamasi amaliy psixologiyada juda tez-tez qo’llaniladi. Unga juda turli xil ta’riflar berilgan. Men sizga eng sodda izohni berishga harakat qilib ko’raman.  ...Batafsil

7 xazinani bilasizmi?

Ipak-- mato
Objuvoz — yog'
Bog'-- yog'och
Tovuq-- ovqat
asalari — dori -darmon     ,davom ettiring.

O'zlik Sari Yetti Qadam: Muhimlik - Sergaklik

Men juda ajoyib tush ko’rdim. Men bir qalin o’rmon oralab o’tgan toshloq yo’ldan borarmishman. Qo’limda hassa ham bor emish. Atrofimda turli qushlar-u mayda jonzotlarning tovushi yangrab turardi. Men ularning har birini yaqqol eshitib turardim. Dimog’imga maysalar hidi urildi – ular bir oz avval to’xtagan yomg’ir zaxini havoga bug’lantirib berardi. Poyabzalim tagligi yupqa bo’lganidan, yo’lakdagi bo’rtma toshlarni oyog’im bilan his qilib borardim. Daraxtlar orasidan ba’zida quyosh ko’rinib qolar, uning nurlari ko’zimni og’riqli qamashtirardi.  ...Batafsil

O'zlik Sari Yetti Qadam: Muhimlik - Men - hech kim

Shaxsiy muhimlik tuyg’usini jilovlash yo’llari haqida gapirishdan avval men sizga bir hayotiy misol keltirib o’tay.
Men bu kitobni yozishdan avval kitobxonlarga aynan nima kerakligini aniqlashga qaror qildim. Shu maqsadda men internetda maxsus sayt ochdim. U orqali istagan odam menga o’z hayotiy va ruhiy tashvishlari haqida savol yozib, maslahat va takliflar olishi mumkin edi. Yuzlab xatlar ichida bir maktub menga juda qiziq tuyuldi. Unda quyidagi savol berilgan edi:
Siz kimsizki, odamlarga qanday yashash kerakligini o’rgatsangiz? Sizga bunday huquqni kim berdi?  ...Batafsil

Erni Er Qiladigan Ham…(Yosh Kelinlar Uchun)

Турмуш қуриш бу ҳар бир инсоннинг ҳох у йигит бўлсин, ҳоҳ қиз – ҳамманинг орзуси. Балоғатга етган ҳар бир инсон шу ёшгача эришмаган бахтига турмуш қургандан сўнг эришишини чин дилдан орзу қилади ва ишонади...
Лекин, турмуш қургандан кейин эса ҳар ким ҳам ўз орзусига ета олмайди. Чунки хаёл билан ҳаёт ўртасида анчагина фарқ бор. Ўша орзуларга эришиш учун эса анчагина тер тўкишга тўғри келади.  ...Batafsil

O'zlik Sari Yetti Qadam: Muhimlik - Men janobi oliylari

“…odamlar orasida shunday kimsalar borki, uning gapirgan gapi, hayoti dunyoda Sizga qiziq tuyuladi. Va o‘zi (Islomga) ashaddiy xusumatchi bo‘lgan holida dilidagi «imoniga» Allohni guvoh keltiradi. (Oldingizdan) ketganida esa yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib-yelib yuradi. Alloh esa buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi. Qachon unga: «Allohdan qo‘rqqin», deyilsa, uni kibru havosi gunohga tortadi-yetaklaydi…”
(Qur’oni Karim, Baqara surasi, 204-206 oyatlar)

“Yaqiningni o’zingni sevganchalik sevgin”
(Injildan)
 ...Batafsil

Do'stlik Va Sevgi

Дўст бу — дўсти учун ҳамиша ҳар нарсага тайёр бўла оладиган, унинг яхши ва ёмон кунида ёнида турадиган, дардига дармон бўладиган, ишониб айтган сирларини ҳеч кимга, хатто ўзига ҳам айтмайдиган инсон дўстдир. Аммо...
Ҳозирги пайтда йигит ва қиз ўртасида «дўст» бўлиш «урф» бўлмоқда. Ўйлаб кўринг бу «дўст»лик қачонгача давом этиши мумкин? Аслида йигит ва қиз чин дўст бўла оладиларми? Бунга оддий нигоҳ билан қаралганда кўпчилик ҳеч иккиланмай "ҳа" деб жавоб берадилар. Лекин…  ...Batafsil

Qon Guruhiga Qarab Xarakter...

Qon guruhi kishining xarakteri va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu fikrni yapon olimi Poshitake Nomining millionlab kishilarning hayotini o’rganish xulosalari tasdiqlaydi. Poshitake insonlarni o’rganib, qon guruhi bo’yicha odamlarning harakter ko’rinishini aniqlashga muvofaq bo’ldi. Bugun o’sha ma’lumotni sizlarga ham taqdim etishga qaror qildik.  ...Batafsil

Diqqat!!! Er xiyonatining oldini olish yo’llari

Hozirgi kunda tez-tez qulog’imizga chalinib turadigan “Erim xiyonat qildi” kabi so’zlar kundan kunga oddiy iboraga aylanib bormoqda. Xo’sh, bunga kim aybdor? Erning xiyonat ko’chasiga kirishiga kim sababchi? Ko’chada kun davomida o’ziga qaragan, yoqimli iforlar taralib turadigan ayollar bilan ish yuzasidan tez-tez suhbatlashishga majbur bo’ladigan erlarmi, yoki uyda yog’ hidi urib qolgan kiyimlarda yuradigan, o’ziga qaramaydigan, atir upa sepmay yurib, ko’chaga chiqish vaqti eri tanib bo’lmaydigan darajada o’zgaradigan ayollarmi?  ...Batafsil

O'zlik Sari Yetti Qadam: Muhimlik - Hayotiy quvvat

O’zimizni tadqiq qilishni davom ettirishdan avval, keling, hayotiy quvvat tushunchasi bilan tanishib olaylik. Bu tur energiya haqida odamlar yaqin-yaqingacha ilmiy tushunchaga ega bo’lishmagan. Umuman – bu soha hali yaxshi o’rganilmagan. Ammo biz uchun hozirgacha to’plangan bilimlar yetarli.
Har bir organizmda ikki xil quvvat mavjud – jismoniy (fizik) va hayotiy. Jismoniy energiya, anglab turganingizdek, muskullar quvvati, tana harorati va biologik faollik uchun zarur boshqa quvvat turlari.  ...Batafsil

Ehtiyot Bo'ling: Quvvat So'ruvchi Vampirlar!

“Ismim Nargiza. Yoshim 28da. Univresitetda dars beraman. O’quvchilarimning orasida bir talabam bor. O’sha o’quvchim bilan dars o’tgan soatim menga juda ham qiyin. O’zimni boshqarishga qiynalaman, kuchsizlanib behollikni his qilaman. Boshim aylanib, ko’nglim aynishni boshlaydi. Tez-tez holsizlanib ketaman. Shu bilan birgalikda kuchli uyqum keladi. Men xech ham tushunmayman, menga nima bo’ladi o’sha vaqti? Faqat o’sha o’quvchimga dars o’tsamgina menda shunday holat yuz beradi. Maslahat bering. Bu ham bir ruhiy holatmi? Men nima qilsam o’zimni yaxshi tutaman? Oldindan tashakkur!”  ...Batafsil