Тасдиқлаш

Har kimning o’z sevgan fasli bor. Kimdir issiq yozni yoqtirsa yana kimdir sovuq, ayozli qish faslini xush ko’radi. Qish faslining qandaydir go’zalligi insonni o’ziga maftun etadi. Ayniqsa, Yangi yil kechasi, hamma shod-u xurram, bayramona kayfiyat – qishning sovuqligiga qaramay inson qalbiga iliqlik baxsh etadi. Qish faslida shahar qor bilan belanib oq rangga burkanadi. Bolalar qorbo’ron o’ynashsa, yana qaysidiri muzda sirpanchiq uchadi. Ba’zilar qordan qorqiz yasab kishi ko’zini quvontiradi. Lekin ba’zan qor yog’maydi-yu, ammo havo juda ham sovuq bo’ladi. Bunday paytda nima qilishingni ham bilmay qolasan, uyda o’tiray desang juda ham zerikasan, tashqari esa juda sovuq. Buning ham uddasidan chiqsa bo’ladi, quyida shunday hollarda do’stlaringiz bilan bajarishingiz mumkin bo’lgan amallarning ba’zilarini berib o’tamiz.