O'zbekiston Respublikasining “Raqobat to'g'risida”gi Qonuni kuchga kirdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2012 yil 6 yanvarda O'zbekiston Respublikasi «Raqobat to'g'risida»gi Qonunini imzoladi.Ushbu Qonun  1996 yilda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi Qonun  o'rniga qabul qilindi.

Mazkur Qonun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan «Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ga muvofiq ishlab chiqildi va 2011 yil 14 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2011 yil 5 dekabrda Senat tomonidan ma'qullandi. Yangi Qonun 2012 yil 7 yanvardan e'tiboran kuchga kirdi.

( Давомини ўқиш )

Ўзбекистонда тармоқли маркетинг чекланмоқда

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси 2012 йил 1 февраль куни тармоқли маркетинг устидан назоратни кучайтирувчи “Ўзбекистон Республикасида чакана савдо Қоидаларига қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қарорни қабул қилди.

Ҳужжат Чакана савдо қоидаларини “тармоқли маркетинг”, “тармоқли ташкилот” ва “сотувчи агент” атамалари билан тўлдирди. Шунингдек Қоидаларга “Чакана савдони тармоқли маркетинг йўли билан амалга оширишнинг ўзига хос хусусиятлари” бўлими ҳам киритилди.

Ҳужжатга мувофиқ тармоқли маркетинг – бу товарларни мустақил равишда тарқатувчи сотувчи агентларнинг тармоқли ташкилотини яратишга асосланган товарлар чакана савдосининг бир туридир.

( Давомини ўқиш )

Shaxs erki va qonun ustivorligi asosiy mezon

Avvalo, qaysi kasbda bo'lmasin rizqini halol topib yeyish harakatida bo'lmagan odam ijtimoiy hayotni takomillashtirish emas, uni buzishga, izdan chiqarishga «hissa» qo'shadi. Shu sababli ham halol rizq topish shaxs ma'naviyatining ham,fuqarolik mas'uliyatining ham poydevorini tashkil etadi. Qonunlarga to'liq rioya qilish uchun, avvalo, mamlakat qonunlarini yaxshi bilish talab etiladi. O'zi qonunga rioya etishni lozim bilmagan odam boshqalardan adolat umid qilishga haqlimi? Aslini olganda, «men bugun qonunlarga rioya qilsam, ertaga birvarakay hamma narsa yaxshi bo'lib ketadi», deb o'ylash voqelikni juda jo'n tushunish bo'lar edi. Ammo bir narsa aniq: agar har bir fuqaro «faqat men qonunga rioya qilishim shartmi, avval boshqalardan bo'lsin», deb mulohaza yuritsa, yurtda hech qachon barqarorlik, ijtimoiy xavfsizlik, balki, umuman, oddiy yashash imkoni ham bo'lmaydi. Jamiyatda aksariyat ko'pchilik qonunlarga rioya qilgan joydagina muayyan rivojlanish, takomil umidi bo'lishi mumkin.

( Давомини ўқиш )