Тасдиқлаш
Ochiq oyoq kiyimlar mavsumi deyarli boshlanib ketdi. Har qalay, bu yilgi obi-havoning ancha o’zgarishi tufayli yozgi ochiq oyoq kiyimlarga o’tish biroz kechikyapdi. Lekin, bunday ochiq oyoq kiyimlar kiyish uchun sizning oyoqlaringiz tayyormi? Bunda biz sizlarga ko'maklashamiz.
Kashandachilik, giyohvanlik, spirtli ichimliklar ichish inson salomatligining asosiy dushmanlardan biridir. Bu zararli odatlarning inson uchun nechog'li halokat ekanini bilamiz. Xo'sh, nega unda chekish davom etmoqda?
Kuni bilan kompyuter qarshisida o‘tirib tinimsiz ishlaymiz. Miyamiz toliqadi, ko‘zimiz charchaydi. Buni aqliy mehnat deydilar. Aqliy mehnat — miya faoliyati bilan bajariladigan ish. Jismoniy mehnat esa jismoniy kuch sarflash natijasida bajariladi. Bunda odam asosiy e'tiborini kuch to‘plashga sarflasa, aqliy mehnatda esa miyani yaxshiroq ishlatishga harakat qiladi. Shu sababdan bugun sizlarga miya ish faoliyatini yaxshilovchi bir necha tavsiyalarni berib o‘tmoqchimiz.
Inson organizmi uchun suv va havodek zarur bo‘lgan elementlardan biri — yoddir. Yod organizmda qalqonsimon bez garmonlarini ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan modda. qalqonsimon bez garmonlari esa organizmning aqliy va jismoniy o‘sishi va rivojlanishi hamda tana a'zolarining faoliyati uchun juda muhimdir. Yurtimizda yetishtirilayotgan meva, sabzavot, don ekinlari va chorvachilik mahsulotlarida yod miqdori kam bo‘lib, organizmning yodga bo‘lgan ehtiyojini qoplay olmaydi. Homilador ayollar, yosh bola va o‘smirlarda yodga ehtiyoj boshqalarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi.
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’tkazgan tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, ishlab chiqarish rivojlangan davlatlarda 10% aholi jiddiy asab kasalliklariga chalinganlar. Buning asli sababi, zo’riqish, uzoq vaqt tushkunlikda yurish, undan chiqib keta olmaslik. Bir so’z bilan aytganda, stressga tushib qolish. Stress — inson organizmi haddan ortiq zo’riqish natijasida vujudgaga keladi.
Homilador ayolning hayot sharoiti, gigiyenasi, kun tartibi dunyoga keladigan bolaning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Xo‘sh, ayol kishi bo‘yida bo‘lganidan boshlab, to ko‘zi yorugunga qadar nimalarga e'tibor berishi kerak?
Inson uchun eng muhim tana a’zolaridan biri – bu ko’z. Uning ravshan ko’rishi dilimizni qanchalik shod etsa, ko’zimizni hira tortgani, ko’rish qobiliyati pasaygani dilimizni shunchalik hira qilishi tayin. Bunday holatda biz odatda shifokor ko’rigiga tashrif buyuramiz va ularni ko’rsatmasiga binoan ko’zoynak taqishni boshlaymiz. Ammo, o’ylab ko’rganmisiz, hech qanday ko’zoynaksiz va dori darmonsiz ham ko’zlarimizni yana ravshan ko’ra oladigan qilishimiz mumkinligi haqida. Buning iloji bor!
Inson xotirasiz nima bo'lishini xayoliga ham keltirolmaydi, ammo xotirasiz umuman oiliy mavjudot bo'lolmasligini biladi. Tirik organizmda va uning har qanday ko'rinishida keng ma'noda xotira, eng bo'lmaganda irsiy xotira bor. Shunday ekan, biz inson xotirasining hajmi, qancha ma'lumot birligini yig'ib va saqlab qolishini, qaytarib berish imkoniyatlarini bilamizmi?

Sharqda: «Hayvonlar podshosi – yo‘lbars, o‘simliklar podshosi – jenshen», – degan maqol bor. Yo‘lbars haqiqatan ham «hayvonlar podshosi»ga o‘xshaydi, lekin «o‘simliklar podshosi» juda ham ko‘rimsiz. Uning poyasi nimjon, barglari uzunchoq panjasimon, mevasi mayda va bemaza. Ba’zan odam shakliga o‘xshaydigan ildizi esa etli va yo‘g‘on bo‘ladi. Jenshen yig‘uvchilar Uzoq Sharq taygalarida juda qimmatbaho bo‘lgan jenshen ildizini bir necha oylab izlab yurganlar. Ko‘p kishilar taygada halok bo‘lardilar, lekin shunga qaramay bu sehrli ildiz – «o‘simliklar podshosi»ni qidiruvchilar safi kamaymasdi.
Hozirgi vaqtda zamonaviy texnologiyalarsiz o’z hayot tarzimizni tasavvur eta olmaymiz. Chunki ular bizga har kunlik ishimizda yordamchi hisoblanadilar. Ulardan foydalanganda me’yor va to’g’ri foydalanishni bilishimiz zarur aks holda, sog’lig’imizga zarar yetkazib qo’yamiz. Quyidagi maslahatimiz kompyuterdan foydalanganda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligi aytib o’tilgan.
Chiroyli tabassum har bir insonning kayfiyatini ko'taradi. Lekin bu kabi tabassum sohibiga aylanish uchun tishlaringiz ham shunga yarasha oppoq bo'lishi kerak. Quyidagi maslahatda siz tishlaringizni uy sharoitida qanday qilib oqartirish mumkinligi haqida bilib olasiz.
Tabiat hammaga ham jilovdor va silliq sochlar tuhfa qilmagan, lekin o'z harakatimiz bilan ko'rkam sochlarga erishsak bo'ladi. Shuni hisobga olish kerakki sochlaringiz sizning sog'lig'ingiz haqida habar beruvchi indikatordir. Sochlaringiz to'kilishiga, xiraligiga organizmda gormonal o'zgarish, o'ta asabiylashish yoki boshqa kasallik sabab bo'lishi mumkin.Shunday qilib sochlaringiz o'z sog'lig'ini yo'qotgan bo'lsa maslahatimizni o'qing.
Tanangizdagi ortiqcha og'irlik sizga halaqit beryaptimi, chiroyli va nafis qomatga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz quyidagi maslahatlardan o'qib o'zingiz uchun ma'lumot oling.

To'yib uxlamaslik yoki muntazam uyqusizlik semirishga, organizmdagi moddalar almashinuvining buzilishiga, gormonal o'zgarishlarga hamda gipertoniya va qandli diabetga olib keladi. Uyqusizlik dardiga chalingan kishilarda avtomobil halokati qurboniga aylanish ehtimoli 2,5 baravarga yuqori bo'lar ekan. Xo'sh, uyqusizlik dardiga chalinmaslik, to'yib, tiniqib uxlash hamda uyquga to'yib turish uchun nimalar qilish kerak? Uyquni me'yorga keltirish uchun salbiy voqealar va noxushliklarni biroz vaqtga unutgan, muammolarni bir chetga surib qo'ygan holda ignabargli daraxt moyi yoki ekstrakti qo'shilgan vannani qabul qilish va sokin musiqa tinglash lozim.