Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu Ali ibn Sino O’rta Osiyo tuprog’idan yetishib chiqqan vatandosh allomalarimizdan biri hisoblanadi. U 370 –hijriy yili safar oyining boshida (980 – yil avgust oyining ikkinchi yarmida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida dunyoga keladi, besh yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga ko’chib keladi va uni o’qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur’on, til va adabiyot darslarini o’qiydi va o’n yoshga yetar –yetmas bu darslarni to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u mantiq, hisob, aljabr, handasa va falakiyot bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan birga Ibn Sino tabiiy fanlarni, xususan sevib o’rgnadi. U o’zining tug’ma iste’dodi va favqulotda mehnatsevarligi tufayli darslarini osonlik bilan o’zlashtirar va hatto muallimlariga noma’lum bo’lgan narsalarni ham kitobdan mustaqil o’qib o’rganardi.
(
Давомини ўқиш
)