Шахс ҳақида умумий тушунча

Шахс тушунчаси инсонга тааллуқли бўлиб, психологик жиҳатдан тараққий этган, шахсий хусусиятлари ва хатти-ҳаракатлари билан бошқалардан ажралиб турувчи, муайян хулқ-атвор ва дунёқарашга эга бўлган жамиятнинг аъзосини ифодалашга хизмат қилади. Одам шахс бўлиши учун психик жиҳатдан ривожланиши, ўзини яхлит инсон сифатида ҳис этиши, ўз хусусиятлари ва сифатлари билан бошқалардан фарқ қилмоғи керак.

Кадрлар тайёрлаш миллий моделида шахс кадрлар тайёрлаш тизимининг бош субъекти ва объекти, таълим соҳасидаги хизматларининг истеъмолчиси ва уларни амалга оширувчи сифатида таърифланади.
Кадрлар тайёрлаш соҳасидаги давлат сиёсати инсонни интеллектуал ва маънавий-ахлоҳий жиҳатдан тарбиялаш, унинг ҳар томонлама ривожланган шахс сифатида намоён бўлишига эришишни назарда тутади. Мазкур ижтимоий талабнинг амалга оширилиши ҳар бир фураронинг билим олиш, ижодий қобилиятини намоён этиш, интеллектуал жиҳатдан ривожланиши ҳамда муайян касб йўналиши бўйича меҳнат қилиш ҳуқуқни кафолатлайди.

( Давомини ўқиш )

Farzandingiz yaxshi o'qimayaptimi?

Agar farzandingiz maktabda yaxshi baho olmayotgan bo’lsa, o’zlashtirishi past bo’lsa, bu sizni hovotirlantirishi aniq. Ammo bu degani farzand qattiq nazorat va siquvga olinisih kerak degani emas.  Aksincha ota-ona bunday paytda farzandga yordam berishi va uni qo’llab quvvatlashi, ichki kechinmalari bilan o’rtoqlashishi lozim. Odatda bunday paytda ota onalar farzandini past bahosi uchun jazolashga harakat qiladi. Axir bola sizning  jazoingizsiz ham maktabda yomon baho bilan jazolanganku, shunday ekan sizning jazo berishingiz bu yerda ortiqcha. Agar siz uni har bitta harakatidan norozi bo’laversangiz, bolangizda o’ziga bo’lgan ishonch yo’qoladi, natijada bolangiz kelajakda o’ziga ishonch yo’q, tortinchoq va har bir ishni qilishdan oldin o’zidan qo’rqadigan farzand bo’lib yetishadi. ...Batafsil

Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish xususiyatlari

Maktabgacha ta'lim  muassasida ekologik ta'lim berishda  muhim   vazifalardan  biri bu bolalarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo'lib hisoblanadi. Psixologlar  fikricha bilimga  bo'lgan qiziquvchanlik tevarak-atrofni o'rgatishga etaklovchi kuch bo'lib, bolalarning olgan bilimlarini  faollashtiradi, amalda  qo'llash malakalarini  shakllantiradi.

Hozirgi zamon  psixologiyasi bolalarning bilimini va amaliy faolligini orttirish vazifalari bilan birga muammoli vaziyatlarni  echish yo'llarini ochib berdi. Bolalar oldiga fikr yuritib ishlash vazifasini qo'yish, ularning tafakkurini rivojlantirishga turtki bo'lib dunyoga bo'lgan ko'z qarashlarini shakllantiradi va bilish jarayonini tezlashtiradi.

( Давомини ўқиш )

Ekologik tarbiya - tarbiya nazariyasining yangi shakli

Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo'nalishlari mavjud. Bu yo'nalishlar ichida pedagogik yo'nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.

Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo'lib, maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

( Давомини ўқиш )

Tanbeh

          Dardlik ko’ngil – shu'lalik chirog’: yoshlik ko’z – suvli buloq. Tuyaqushga yuk ortib ko’chsa bo’lmas, chodir qanoti ochib uchsa bo’mas. O’t ishi – qo’vurmoq, el ishi – sovurmoq. Suvning mazasi muz bilan: oshning mazasi – tuz bilan; odam yaxshiligi so’z bilan. Sihat tilasang – ko’p yema; izzat tilasang – ko’p dema. Xotin bilan maqtanma, xayr-ehsonga ishonma. Yaxshi libos tanga oroyish; Yaxshi o’rtoq – jonga osoyish. Tamagirdan yaxshilik kutma; gadoydan chaqa tilama. Baxilning omonat asrashi ajablanarli; saxiydan xiyonat kutish ajablanarli. Chaqmoq kumushni yig’ib bo’lmas; yomg’ir ipini tugib bo’lmas. Telba qulog’iga pand-quyun oyog’iga band.

Счастье – жить

Какого человека, по-вашему, можно считать счастливым?
Ваше отношение к принципам счастливого человека:
Счастье в том, чтобы жить для людей и делать их счастливыми.
Счастье — это найти дело по душе и трудиться творчески.
Счастье — в преодолении себя, в самосовершенствовании.
Счастье — в общении с друзьями и родными.
Счастье — иметь все необходимое для интересной жизни.
Счастье — жить сегодня, не задумываясь    о завтрашнем дне.


( Давомини ўқиш )

Mamlakatimizda ma’naviy va axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari

Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o’zi uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo’lmaydi. Unda iroda qudrati, mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish, ko’nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o’zga insonlarga mehr uyg’otish, dilida ulug’ maqsadlar tug’ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg’usi haqida kitoblarda yozilganlarni o’qib chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bo’lib qoladi, deb tasavvur qilish o’ta soddalik bo’lur edi. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsol-tushunchalarining o’z ruhidagi poydor ma’naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o’zgalar ibratida sinashi, bu yo’lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko’nglida mehr uyg’onishi zarur. Bunga turli yo’llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko’ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi.

( Давомини ўқиш )

Ma'naviy tarbiya - oiladan boshlanadi

Oila va uning jamiyatda tutgan o‘rni haqida ko‘plab mulohazalar, fikrlar aytilgan. Haqiqatan ham bu shunday muhitki, unda vatanni suymoq, odamlarni, tabiatni qadrlamoq, ota-onaga hurmat va ehtiromda bo‘lmoq darslari o‘qitiladi. Oila qo‘rg‘onini qo‘riqlay olgan yigit, vatan qo‘rg‘oni uchun jonini ham qurbon qiladi. Onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimizga bo‘lgan, mehr-muhabbati gulga kiradi, barg yozadi. Millat oilada shakllanadi.

( Давомини ўқиш )

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar so’z boyligini oshirish yo’llari (2-qism)

Buyumlarni klassifikatsiyalash, taqqoslash, topishmoq, o’yinlardan katta guruhlarda bolalar lug’atini faollashtirish uchun foydalaniladi.

Tarbiyachi lug’at ishini rejalashtirayotganda bolalar bilan maxsus ishlashni talab etadigan soz’larni aniqlashi va bu so’zlarni o’rgatish usullarini tanlashi zarur.
Bolalar lug’atini o’stirishda suratlar muhim ahamiyatga ega. Lug’at ishining barcha vazifalarini hal etishda suratdan foydalaniladi.

Bolalar surat yordamida pedagog bevosita ko’rsata olmaydigan buyumlar, hayvonlar, hodisalar bilan tanishtiradilar. “Xirmon”, “paxta dalasi”, “paxta terish masalasi” kabi yangi so’zlarni bilib oladilar.
Boshqa hollarda esa suratdan bolalarning bilimi va lug’atini mustahkamlash, aniqlashtirish hamda faollashtirish vositasi sifatida foydalaniladi.bunda suratlardan kuzatish, ko’zdan kechirish va ekskursiyalardan keyin foydalaniladi.

( Давомини ўқиш )

Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar so’z boyligini oshirish yo’llari (1-qism)

Maxsus MTMning ta’lim va tarbiya dasturida bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va ular lug’atini boyitishga katta o’rin berilgan.

Aqli zaif bolalarning so’z boyligini oshirish maxsus pedagogikaning dolzarb masalalaridan bo’lib kelgan.
So’z nutqning eng asosiy xom ashyosidir. Modomoki shunday ekan, maktabgacha oligofrenopedagogika fanining oldida turgan eng asosiy talablardan biri bolalarni so’zlar xazinasiga olib kirish, bu xazinadan bahramand qilishdir. Bu murakkab vazifani so’z ustida muttasil ish olib bormay turib amalga oshirib bo’lmaydi.

Aqli zaif bolalar bilan olib borilgan kuzatishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, ular predmetlar va holatlarni bildiruvchi so’zlarning ma’nosini tushunishda qiyinchilik va xatolarga duch keladilar, hayotiy tajribalarida kam uchraydigan predmetlarni hatto ko’rsata olmaydilar.
Shuning uchun maxsus MTMda bolalarning faol lug’atini ularga notanish va qiyin so’zlar hisobiga boyitish ustida ishlash muhimdir.

( Давомини ўқиш )

Kamolotga erishishning 4 yo'li



Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash har bir ota-ona va ustozlar zimmasidagi oliy vazifalardan biridir. Shunday ekan, biz nafaqat yoshlarni, avvalo o’zimizni ham har taraflama komillashtirishga intilishimiz kerak. Shunda kelajak avlod bizning qo’ygan qadamlarimiz ortidan ergashadi. Ma’naviy salohiyatga erishish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? Sizdan ko’p narsa talab etilmaydi. Bunga erishish uchun 3 ta asosiy jihatga doimiy e’tibor qaratsangiz kifoya. ...Batafsil

Мактабгача ёшдаги болалар учун психологларни тайёрлаш

Маълумки бизнинг келажаги буюк давлатимиз буюк ўзгаришлар томон юз тутмоқда. Яъни мамлакатимиз ҳаётининг барча жабҳаларида, шу жумладан, унинг тараққиётида узлуксиз устувор соҳа-мустақиллик руҳи сингдирилган кенг қамровли ислоҳотлар халқ таълимига ҳам тобора сингиб бормоқда.
Бу ислоҳотлардан кўзда тутилган мақсад-таълим самарадорлигини ошириш мазмунини яхшилашдан иборат бўлиб, бу жараён қурилишлар ясашни, айниқса мактабгача тарбия муассасаларига психологларни тайёрлашни тақозо этмоқда.

Республикамизда мактабгача тарбия муассасаларида психолог кадрлар тайёрлаш хусусиятлари жамиятимизда кечаётган жараёнларнинг ўзига хослигидан келиб чиқади. Шахснинг дунёқапаши, ижтимоий онги, ҳаёти позициясини ўзгартиришда бошқа фанларнинг аҳамиятини инкор этмаган ҳолда, шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, инсон психикаси билан бевосита шуғулланувчи мутахассислар сифатида бу жараёнда асосий масъулият психологлар зиммасига тушади.



( Давомини ўқиш )

Tarbiyaga oid hikmatlar

Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga — hatto osondek tuyuladi, kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shu qadar tushunarli va osondek bo‘lib ko‘rinaveradi.
K. D. USHINSKIY


( Давомини ўқиш )

Bolangiz qorong’ulikdan nega qo’rqadi?

Ba’zi ota-onalar kichkintoylarini uxlatayotib, ularni qorong‘ulikdan qo‘rqitishga, ajina yoki yalmog‘iz haqida vahimali so‘zlarni aytib ularni tezroq uxlatib qo‘yishga odatlanishgan. Ruhshunoslar esa bu nihoyatda noto‘g‘ri usul ekanligini ta’kidlashadi.

( Давомини ўқиш )

Bola “boshidan”…




   Xalqimizda bir maqol bor «Bo'ladigan bola boshidan ma'lum» — bu degani bola yoshligidayoq o'zining kelajakda qanday bo'lib kamolga yetishini o'zini tutishi bilan ko'rsatib qo'yishi mumkin.Dono kattalarimiz bolaning o'zini tutishidan u kelajakda qanday inson bo'lib yetishishi mumkinligini tahmin qiladilar,albatta bu tahminlar o'zini oqlamasligi mumkin,lekin ba'zida «Qozonda bori cho'michga chiqadi» -  deganlaridek taxminlar ham to'g'ri bo'lib chiqishi mumkin.


( Давомини ўқиш )