Nokia egiluvchan telefon g’oyasini patentlamoqchi

Finlandiyaning Nokia kompaniyasi elastik xom-ashyolardan egish, bukish va cho’zish mumkin bo’lgan smartfon ishlab chiqarmoqchi ekanligini yashirmayapti. Morph nomli egiluvchan mobil telefon g’oyasini kompaniya 2008-yildayoq taqdim etgan edi, lekin uni patentlashga ikki yildan ko’proq vaqt ketdi.

Nokia “egiluvchan” mobil apparatni ro’yhatdan o’tkazish uchun AQSH patentlar va Tovar belgilari (USPTO) Byurosiga 2010-yil sentyabrdayoq ariza bilan murojaat qilgan edi, lekin u mana shu haftada e’lon qilindi. Patentda ko’rsatib o’tilgan uskuna Nokia ilmiy-tadqiqot markazi Kemrij universiteti olimlari bilan hamkorlikda 2008-yil fevralda ishlab chiqqan Morph go’yasiga monanddir. Keyinroq loyiha Nyu York zamonaviy san’at muzeyiga (MOMA) qo’yilgan edi. 

( Давомини ўқиш )

2-martda Mustaqil O’zbekiston Respublikasi BMT ga a’zo bo’lganiga 20 yil to’ldi

     O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi va Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleya bosh qarorgohida mamlakatimizning davlat bayrog’i hilpiradi. Ushbu kundan e’tiboran Vatanimiz global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida hamda muhim xalqaro qarorlar qabul qilish jarayonida bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1993 yil 24 avgustda Toshkentda BMT vakolatxonasi ish boshladi.

( Давомини ўқиш )

San’at saroyidagi an’anaviy taqdimot

“Turkiston” saroyida musiqa, televideniye va video san’ati asarlarining yetakchi ijodkorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir – “M&TVA – 2011” taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan bir qator ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’sis etilgan ushbu loyiha taqdimotida madaniyat va san’at namoyandalari, sportchilar, kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.



( Давомини ўқиш )

Bayram ko‘ngildagidek o‘tadi

Yangi yil bayrami ko‘ngildagidek o‘tishini ta’minlash borasida poytaxtimizda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda tumanlar, mahallalar va korxonalarda hushyorlik va ogohlikka chorlovchi targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bunday profilaktika ishlari muntazamlik kasb etgani tufayli odamlar ongida farzandini, o‘z uyini, mahallasini asrash, uni yomon ko‘zlardan, yovuz niyatli kimsalardan himoya qilish tuyg‘usi yanada mustahkamlanayotir.


( Давомини ўқиш )

Vatan barchamiz uchun muqaddasdir

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar milliy armiyamiz saflarini professional, puxta tayyorlangan kadrlar bilan to‘ldirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va el-yurtga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotir.


( Давомини ўқиш )

Ijodkor yoshlar doimiy e’tiborda

Adabiyot rivojiga e’tibor ko‘rsatish, ustoz adib va shoirlar mehnatini e’zozlash, yosh iste’dod sohiblarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlarni yaratish davlatimiz rahbari yuritayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridandir.


( Давомини ўқиш )

Fuqarolik jamiyati rivojida konstitutsiyaning o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda Konstitutsiyamizning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


( Давомини ўқиш )

Huquqiy demokratik davlat asosi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Konstitutsiya – huquqiy demokratik davlat asosi” mavzuida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda deputatlar, olimlar, mazkur universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.


( Давомини ўқиш )

G‘oliblar aniqlandi

Mamlakatimiz umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Qomusimiz – baxtimiz poydevori” respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi yakunlandi.

( Давомини ўқиш )

O‘zbekistonning tibbiyot sohasidagi yutuqlariga havas qilsa arziydi

Toshkent shahrida 25-26 noyabr kunlari “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi. Mazkur xalqaro anjumanda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, qirqqa yaqin mamlakatdan sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, tibbiyot sohasida jahonda tan olingan mashhur olimlar, xalqaro ekspert va tahlilchilar ishtirok etadi.


( Давомини ўқиш )

Qandli diabеt - XXI asrning noinfеktsion epidеmiyasi

Tibbiyotning endokrinologiya soxasiga mansub bo’lgan qandli diabеt kasalligi xozirgi paytda nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo bo’lib xam xisoblanadi. Bunga sabab bu kasallikning asoratlari inson xayoti davomiyligini qisqartirishi va turmush tarziga salbiy ta'sir ko’rsatishiga, ya'ni erta nogironlikka olib kеlishidir. Oxirgi paytlarda butun dunyo bo’ylab qandli diabеt bеmorlari sonini jadal ravishda ko’payishi bu muammoga jamiyatning e'tiborini kuchaytirdi.


( Давомини ўқиш )

Yangi “Chevrolet Captiva” taqdimoti мақола кўрсаткич

Mamlakatimiz avtomobilsozlari Vatanimiz davlat mustaqilligining 20 yilligiga munosib sovg‘a hozirladilar. Toshkentdagi Turin politexnika universitetida 6 sentabr kuni “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan, yangilangan “Chevrolet Captiva” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

kitob.uz - yangi imkoniyatlar sarhadi

27 аvgust kuni Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika Bolalar kutubxonasida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Unda kutubxona jamoasi tomonidan amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar haqida ma'lumot berildi.

( Давомини ўқиш )

AKT olamidagi yoshlarga mo’ljallangan yangi jurnal

Mamlakatimizda yoshlarning yangi jurnali «MEGABYTE» tashkil etildi. Bu jurnal yoshlar uchun mo‘ljallangan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan ta'lim, madaniy-ma'rifiy nashrlar sirasiga kiradi. Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida chop etiladi.
Jurnal asosan 12-18 yoshlardagi maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘jallangan bo’lib, kompyuter va axborot texnologiyalariga qiziquvchi aholi uchun ham manfaatlidir.

( Давомини ўқиш )